К содержанию
РецензированоUZ2026

Oliy ta’lim muassasalarida professional ta’lim yo‘nalishining kasbiy tayyorgarligi

OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA PROFESSIONAL TA’LIM · YO‘NALISHINING KASBIY TAYYORGARLIGI · p.f.n., dots. Aliqulov Saloxiddin Turdimuratovich · Usanov Ulug‘bek Abdurauf o‘g‘li (Jizzax politexnika instituti)

Информатика и инженерные технологии · 2026

Аннотация

o‘qitishning zamonaviy didaktik vositalari asosida bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayoni, bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashga qo‘yilayotgan zamonaviy didaktik va metodik talablarni amalga oshiruvchi, umumkasbiy fanlar bo‘yicha o‘quv materiallarini havola etish shakllarini aks ettirish. Kalit so‘zlar: materiallar qarshiligi, mashina va mexanizmlar nazariyasi, mashina detallari, materialshunoslik, konstruksion materiallar texnologiya, transport. Buyuk kelajak yaratish va jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egallashga dadil qadamlar bilan intilayotgan Respublikamiz uchun yuqori malakali, raqobatbardoshli mutaxassis kadrlar tayyorlash muhim va dolzarb masalalar sirasiga kiradi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi umumbashariy qadriyatlar, O‘zbekiston hududida yashovchi halqlarning boy madaniy merosi, fan va texnologiyalar asosida yuksak umumiy va kasbiy madaniyatga ega, ijodiy faol, ijtimoiy - siyosiy hayotda mustaqil holda mo‘ljalni to‘g‘ri ola biladigan, istiqbolli vazifalarni oldindan ko‘ra oladigan va ularni oqilona hal etishga qobiliyatli mutaxassislarni tayyorlashni ko‘zda tutilgan bo‘lsa, kadrlar tayyorlash milliy modeli ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy jihatdan boy shaxsni shakllantirish va yuqori malakali, raqobotbardosh kadrlar tayyorlash uchun shart- sharoit yaratib berish, ya’ni yangi ijtimoiy- iqtisodiy sharoitda yuzaga kelayotgan o‘zgarishlarga mushtarak tarzda ta’lim- tarbiya mazmunini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishga qaratilgan. Belgilangan vazifalar asosida tadqiqotimiz ob’ekti bo‘lgan 60112400 - Professional ta’lim: transport vositalari muhandisligi (avtotransport) yo‘nalishida bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilar tayyorlash o‘quv reja va dasturlari tahlil etildi. Mazkur tayyorlov yo‘nalishi bo‘yicha quyidagi fanlar bloki o‘qitilishi ko‘zda tutilgan: 1. Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bloki. 2. Matematik va tabiiy fanlar bloki. 3.Umumkasbiy fanlar bloki. 4. Ixtisoslik fanlari bloki. 5. Qo‘shimcha ta’lim turlari bloki. Bo‘lajak professional ta’limi o‘qituvchisini kasbiy faoliyatga tayyorlash tizimi bir necha qism tizimlardan iborat bo‘lib, ular ham o‘z navbatida o‘z qism tizimlari va elementlaridan tashkil topgan. Bo‘lajak professional ta’limi o‘qituvchisining gumanitar va ijtimoiy- iqtisodiy fanlar bo‘yicha tayyorgarligi milliy va umuminsoniy madaniyat xususiyatlari, inson hayotining ma’naviy-axloqiy asoslari, oilaviy va ijtimoiy an’analarning madaniy asoslari, inson hayotida fan va dinning roli, ularning inson ongiga ta’siri, turmush va dam olish haqidagi bilimlarni, masalan, bo‘sh vaqtni samarali tashkil etish usullarini 321 bilishini taqozo etadi. Mazkur blok mazmuni “Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar” bloki bo‘yicha tayyorgarlik DTS dagi bakalavrlarning darajasi va zaruriy bilimlari mazmuniga qo‘yilgan talablar asosida belgilanadi. Matematik va tabiiy fanlar bo‘yicha tayyorgarligi - dunyoni bilishning maxsus usuli bo‘lgan matematika, uning tushuncha va qoidalarining birligini bilishni, fizika va nazariy mexanika kurslari esa kimyo, ekologiya kurslarini mukammal egallashni nazarda tutadi. Umumkasbiy tayyorgarlik fanlar bo‘yicha tayyorgarligi - bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchisining ijtimoiy borliqni his eta bilish va tushunish qobiliyati, hayot yo‘lini mustaqil tanlashi, o‘zining jamiyatdagi roli va o‘rnini anglab yetishi, faoliyatini tashkil etishda aniq maqsadni belgilash hamda qaror qabul qilish malakasi, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Ixtisoslik fanlari bo‘yicha tayyorgarligi - bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchisining o‘rganilayotgan aniq ob’ektlar bilan bog‘liq mantiqiy fikrlashi, metodologik va ijtimoiy faoliyati elementlaridan iborat. U mustaqil fikrlash qobiliyatlari majmui bo‘lib, unga maqsadni ko‘ra bilish, faoliyatni rejalashtirish, uning mazmunini tahlil qilish, refleksiya, faoliyatini shaxsiy baholash borasidagi bilim va malakalari kiradi. “Loyihalash – konstruktorlik – texnologik” kursining asosiy vazifa-lari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: zaruriy darajadagi nazariy bilimlar bo‘lgan amaliy ko‘nikmalarni shaklllantirish; mustaqil texnik fikrlash, mustaqil ijodiy ishlash qobiliyatini rivojlantirish; texnik adabiyotlar bilan ishlash ko‘nikmasini rivojlantirish. Umumkasbiy tayyorgarlik fanlari bloki tarkibiga kiruvchi fanlarni esa o‘z navbatida quyidagi integrallashtirilgan o‘quv kurslari bo‘yicha tasniflash mumkin: 1) psixologik-pedagogik turkum o‘quv kursi; 2) loyihalash – konstruktorlik – texnologik o‘quv kurslari; 3) tuzilish va nazariy turkum o‘quv kursi; 4) ekspluatatsion turkum o‘quv kursi. Ushbu turkum o‘quv kurslari o‘z ichiga oladigan o‘quv fanlar ruyxati rasmda keltirilgan. Biz o‘z tadqiqotimizda “Loyihalash - konstruktorlik - texnologik” turkum o‘quv kurslaridagi “Materiallar qarshiligi”, “Mashina va mexanizmlar nazariyasi”, “Mashina detallari”, “Materialshunoslik, konstruksion materiallar texnologiya” o‘quv kurslarining kasb ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlashda ahamiyati va o‘rniga

Доказательный фрагмент

«o‘qitishning zamonaviy didaktik vositalari asosida bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayoni, bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashga qo‘yilayotgan zamo…»

Образец извлечения

Демо-превью

o‘qitishning zamonaviy didaktik vositalari asosida bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayoni, bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashga qo‘yilayotgan zamo… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
материаловедение, transport, konstruksion materiallar texnologiya, resistance of materials, mashina va mexanizmlar nazariyasi, транспорт, theory of machines and mechanisms, machine details, теория машин и механизмов, materials science, materialshunoslik, construction materials technology, materiallar qarshiligi, mashina detallari, сопротивление материалов, детали машин, технология строительных материалов
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники