К содержанию
РецензированоUZ2020

Oliy ta’lim muassasalarida strategik qarorlar qabul qilishning o‘ziga xos xususiyatlari

QILISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI · Tashbayev Asliddin Kumakovich · O‘rinboyeva Farangiz Jaloliddin qizi

Информатика и инженерные технологии · 2020

Аннотация

Ushbu maqolada Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash borasida strategik qarorlar qilish va qaror qabul qilish jarayonlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashning o‘ziga xos yondashuvlari va bu borada amalga oshirilayotgan amaliy ishlarning natijadorligi keng yoritilgan. Kalit so‘zlar: Strategiya, Oliy ta’lim, strategik rejalashtirish, M.V.Karkavin, I.Ansoff, rejalashtirish, konsepsiya, menejment, jamoatchilik kengashi, Ochiqlik, Zamonaviy ta’lim, raqobatbardoshlik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida “Oliy ta’limning qamrovi va sifatini oshirishga alohida e’tibor qaratish”, “Barcha davlat organlarida qaror qabul qilish jarayonlari, ochiq va faqat ochiq bo‘lishini ta’minlash” kabi vazifalar belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-son Qarori va uning ilovasi bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ga muvofiq, Jamoatchilik kengashining (keyingi o‘rinlarda Kengash deb yuritiladi) maqsad va vazifalari, huquq va majburiyatlari hamda uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. Bugungi kun talabidan kelib chiqib oliy ta’lim muassasalarida har tomonlama sifat va raqobatbardoshlikka erishish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Oliy ta’lim tizimida budjetdan tashqari mablag‘larga qaram bo‘lib qolishi, ayniqsa moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarida bu jarayon yanada yorqinlashmoqda. Shundan kelib chiqib o‘z-o‘zini moliyalash mexanizmining yangi usullarini qo‘llashga majbur bo‘lishi zamonaviy oliy ta’limda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan oddiy haqiqatga aylangan. Shu boisdan oliy ta’lim muassalari zamon talabi darajada faoliyat yuritishlari uchun strategik boshqaruvni o‘zlariga kasb qilib olishlari talab etiladi. Strategiya – bu maqsadni aniq belgilab, vositalar va usullarni bilib, ular o‘rtasidagi mustahkam munosabatni yo‘lga qo‘ymoq demakdir. Strategik rejalashtirish bu-kelajak haqidagi tasavvurni yaratish va mazkur kutilgan taxmin borasida boshqaruv. 316 Bu qisqa muddatli qarorlarni uzoq muddatli maqsadlar bilan muvofiqlashtirish bo‘yicha samarali jarayon bo‘lib, strategik rejalashtirish hujjatlari uchta darajada ishlab chiqiladi. Bular; Birinchidan - qisqa muddatli strategik hujjatlar bunda rejalar bir yildan ikki yilgacha bo‘lgan muddatda tuziladi. Ikkinchidan - o‘rta muddatli strategik hujjatlar bunda rejalar uch yildan besh yilgacha bo‘lgan muddatda tuziladi. Uchinchidan - uzoq muddatli strategik hujjatlar bunda rejalar besh yil va undan ortiq bo‘lgan muddatda tuziladi. Shunga muvofiq Oliy ta’lim muassasalarining bosh maqsadi — kam mablag‘ sarflab, yuqori natijalarga erishishdan iborat. Strategik rejalashtirish sifati ham ana shu bosh maqsadning qanchalik to‘g‘ri tanlanganligi va qabul qilinganligiga bog‘liq. Shundan kelib chiqib, Oliy ta’lim muassasalari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, fuqarolik jamiyati institutlari bilan aloqalarini mustahkamlash, jamoatchilikka axborot taqdim etishning tezkor va zamonaviy shakllarini joriy etilishi, malaka oshirish, ilmiy tadqiqot ishlarini tayyorlash va amaliyotga tatbiq etish, nazorat- monitoring, xodimlarni ishga qabul qilish va lavozimga tayinlash, oliy ta’lim muassasalari faoliyatini o‘rganish va tizimdagi boshqa jarayonlarda shaffoflikni ta’minlanishi, professor-o‘qituvchilarning o‘quv yuklamalarini optimallashtirish, kasbiy faoliyatga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish asosida oliy ta’lim tizimi xodimlarining mehnat unumdorligini oshirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bugungi kunga kelib ko‘plab sohalarda qo‘llanilayotgan rejalashtirish va boshqaruv apparatining katta qismi 19-asrda yaratilgandir. Biroq, rejalashtirish va unga mos holda boshqaruv sohasining kengaya borishi, direktiv rejali topshiriqlarga muqobil variantlarning mavjud emasligi, shu jumladan, mos holdagi axborot va metodik asoslarning mavjud emasligi shunga olib keldiki, uzoq muddatli rejalashtirish g‘oyalari XX asrning 80-yillari boshlariga kelib amaliyotda namoyon bo‘lganidek, iqtisodiyotda va ishlab chiqarishda yangi trendlarning shiddat bilan kirib kelishi natijasida yaroqsiz holga kelib qoldi. Bunda uzoq muddatli rejalashtirish o‘rniga strategik rejalashtirish kirib kelib, u bora-bora strategik menejment konsepsiyasiga aylandi. Rejalashtirish apparatining rivojlanishi va o‘sa borishi, shuningdek, zamonaviy axborot texnologiyalarining paydo bo‘lishi bilan birga har bir menejer strategik rejalashtirish maqsadlarida ma’lumotlarni tahlil qilishning juda mura

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash borasida strategik qarorlar qilish va qaror qabul…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash borasida strategik qarorlar qilish va qaror qabul… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
strategik rejalashtirish, Стратегия, jamoatchilik kengashi, planning, Modern education, Zamonaviy ta’lim, концепция, Openness, M.V.Karkavin, Высшее образование, M.V. Karkavin, competitiveness, конкурентоспособность, менеджмент, I.Ansoff, raqobatbardoshlik, menejment, public council, Oliy ta’lim, планирование, Современное образование, concept, Открытость, Strategiya, М. В. Каркавин, общественный совет, стратегическое планирование, rejalashtirish, I. Ansoff, Higher education, Ochiqlik, Strategy, konsepsiya, И. Ансофф, strategic planning, management
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники