Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ИЗУЧЕНИЕ НЕКОТОРЫХ ДРЕВНЕТУРЕЦКИХ ТЕРМИНОВ В РАБОТЕ «ДЕВОНУ ЛУГАТ АТ – ТЮРК»
ATAMALARNING O‘RGANILISHI · Saidova Mahuzna Farhod qizi
Современная наука и исследования · 2 · 2023
Аннотация
In this article, the literary terms in the work "Devonu lug'at at-turk" written by Mahmud Koshgari, an encyclopedic linguist, and their alternatives today are considered. It has been discussed what some ancient Turkish terms meant in the 11th century, how many of them have alternative versions, how many are in use, and how many have changed their meaning. Key words: term, genre, folklore, alternative, linguist, word, literary studies, "Devonu lug'at at - turkish", language. ИЗУЧЕНИЕ НЕКОТОРЫХ ДРЕВНЕТУРЕЦКИХ ТЕРМИНОВ В РАБОТЕ «ДЕВОНУ ЛУГАТ АТ – ТЮРК» Аннотация. В данной статье рассматриваются литературные термины в произведении «Девону лугат ат-тюрк» Махмуда Кошгари, лингвиста-энциклопедиста, и их альтернативы на сегодняшний день. Обсуждается, что значение некоторые древнетурецких терминов в XI веке и сколько из них имеют альтернативные версии, сколко используются и сколко изменили свое значение. Ключевые слова: термин, жанр, фольклор, альтернатива, лингвист, слово, литературоведение, «Девону лугъат – турецкий», язык. Maqolani boshlashdan oldin atama soʻzining mazmuniy jihatiga qisqacha taʼrif berib oʻtsak. Atamalar maʼlum fan yoki kasb - hunar sohasidagi muayyan bir tushunchani aniq ifodalash uchun maʼnosi maxsuslashtirilgan soʻz yoki soʻz birikmalaridir.1 Bugungi kunda atama soʻzining muqobillari sifatida termin, istiloh kabi soʻzlarni isteʼmolda qoʻllashimiz mumkin. Turk tilining serqirra isteʼdod egasi va targʻibotchisi Mahmud Koshgʻariy XI asrda yashab ijod etgan olim hisoblanib, u turkiy xalqlar madaniyati, adabiyoti hamda sanʼati rivojiga oʻzining munosib hissasini qoʻshgan. Mahmud Koshgʻariy umri mobaynida qilgan mashaqqatli mehnati natijasida qomusiy olim va tolmas sayyoh nomlari bilan taniladi. 1 [ Nargiza Erkaboyeva Oʻzbek tilidan maʼruzalar toʻplami - T.: “YOSH KUCH”, 2019. 130 - bet]. 4 43 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Uning “Devonu lugʻat at – turk” asari turkiy xalqlarning bebaho gavhari hisoblanadi. Asar 1072 - 1074 - yillarda yozilgan. Lekin unga kiritilgan maqol, matal, hikmatli soʻzlar, atamalar 15 - 20 yillar mobaynida jamlangan. Muallifning: “Men bu kitobni maxsus alifbo tartibida hikmatli soʻzlar, saʼj (qofiyali nasr) lar, maqollar, rajaz (misralari nisbatan uzunroq boʻlgan sheʼr turi) va nasr deb atalgan adabiy parchalar bilan bezadim... Bu ishda misol tariqasida turklarning tilida qoʻllanib kelgan shodlik va motam kunlarida qoʻllanadigan hikmatli soʻzlardan, maqollardan keltirdim ", - deyishi bejiz emas.2 Mahmud Koshgʻariyni qomusiy olim deyishimizga sabab u oʻzining birgina “Devonu lugʻat at - turk“ asari orqali geografiya, botanika, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, tarix, toponimika kabi bir qancha sohalarni yoritgan va shu sohalardan xabardor boʻlgan. Mahmud ibn al - Husayn qadimgi turkiy xalqlar folklori, yaʼni xalq ogʻzaki ijodining janr xususiyatlarini oʻrganishda birinchi taqdiqotchi hisoblangan. XXI asrga kelib bu masala bilan akademik B. Valixoʻjayev, professor B. Toʻxliyev, N. Rahmonovlar shugʻullanganlar va shu sohada bir qancha ilmiy ishlar olib borganlar. Asarda "Bilig" atamasi "bilim", "hikmat", "aql" degan maʼnolarni izohlagan. Aslida bilig soʻzi hikmat aytuvchi, oqil va olim kishiga nisbatan qoʻllaniladi. Hozirgi kunda bilig soʻzi isteʼmolda mavjud emas, bu soʻzni faqat adabiy, badiiy, tarixiy asarlarda uchratishimiz mumkin. Bu soʻzga muqobil sifatida biz bilimli, dono insonlarni, yaʼni olim terminini qoʻllashimiz mumkin. Oʻtluk soʻzi Turkiy soʻzlar devonida nasihat maʼnosini anglatgan. Nasihat ruhidagi sheʼrlar qadimda oʻtluk nomi bilan yuritilgan. Oʻvoʻt soʻzi ham qadimda shu maʼnoni ifodalagan. Hozirda pand, nasihat, oʻgit soʻzlari oʻtluk soʻzining variantdoshi sifatida qoʻllaniladi. Biz pand - nasihat ruhidagi asarlarni didaktik asarlar deb yuritamiz. Didaktika [ yunoncha didaktikos - ibratli, oʻrgatuvchi, taʼlim beruvchi].3 Ibrat boʻladigan, oʻgit - nasihat beradigan asarlarni biz didaktik asarlar deb yuritamiz. Bunga yaqqol misol sifatida Alisher Navoiy asarlarini, jumladan "Hayrat ul - abror" asarini pand - nasihatga yoʻgʻrilgan didaktik asar deya olamiz. "Devonu lugʻat at - turk" asarida uchraydigan tabzugʻ termini turkiy adabiyotdagi qadimgi janrlardan biridir. Oʻsha davrda bu soʻz topishmoq maʼnosini anglatgan. Hozirgi kunda tabzugʻ soʻzining top - top, jumboq, topmacha, matal kabi mumtoz adabiyotda esa chiston nomli variantdoshlari ham mavjud. "Devonu lugʻat at -turk" dan tashqari topishmoqlarning eng goʻzal namunalari keltirilgan asar bu Yusuf Xos Hojibning "Qutadgʻu bilig" dostonidir. Quyidagi dostonda Kuntugʻdi Oytoʻldini huzuriga chorlab, buyum nomlarining maʼnosini Oytoʻldidan soʻrashi buyum topishmogʻiga yaqqol misol boʻla oladi. Sandush soʻzi asarda tortishuv maʼnosida qoʻllangan. Hozirgi oʻzbek adabiy tilida tortishuv soʻziga sinonim qilib bahs, munozara, nazorat soʻzlarini keltirish mumkin. Yigʻi - Yoʻqlov. Turkiy xalqlarda biror kishining oʻlimi m
Доказательный фрагмент
«In this article, the literary terms in the work "Devonu lug'at at-turk" written by Mahmud Koshgari, an encyclopedic linguist, and their alternatives today are considered.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, the literary terms in the work "Devonu lug'at at-turk" written by Mahmud Koshgari, an encyclopedic linguist, and their alternatives today are considered. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- term, genre, folklore, alternative, linguist, word, literary studies, "Devonu, термин, жанр, фольклор, альтернатива, лингвист, слово, литературоведение, «Девону лугъат – турецкий», язык., term, genre, folklore, alternative, linguist, word, literary studies,, atama, janr, xalq ogʻzaki ijodi, muqobil, tilshunos, soʻz, adabiyotshunoslik,
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014