К содержанию
РецензированоUZ1966

Choʻl osimliklarini shoʻrlanishni oldini olishdagi ahamiyati

Л.С. Ортиков · Э.Р. Орипов

Актуальные проблемы пустынного животноводства, экологии и создания пастбищных агрофитоценозов · 1966

Аннотация

In this article, bioecology of desert plants, biological adaptations of desert plants, forage and nutritional properties of desert plants are studied in field conditions. Key words: desert, desertification, plant, fodder, seed, species, genus Oʻzbekistonda bugungi vaqtda choʻl hududlarini rivojlantirish, undagi tabiiy resurslardan to`gri, oqilona va samarali foydalanish maqsadi qo`yilgan ekan, cho`l geo majmualarining mavjud imkoniyatlarini taxlil qilish va baxolash, dolzarb muammolarni aniqlash va ularni ilmiy va amaliy asosda xal etish yo`llarini ishlab chiqish muhumdir. Shuning uchun xam mamlakatimiz cho`l xududlarini geografik nuqtai nazardan tatqiq etish muhum masalalardan biri xisoblanadi. Hozirgi ekologiya va kamayib borayotganligi muammosi jiddiy tus olgan ayni paytda cho„l hududining tabiiy resurslari bo„lmish tuproq va o„simliklarni ham kerakli turlaridan unumli foydalanish, iloji boricha uni manzarali tarzda qo„llash ayni muddao bo„lar edi. Hozirgi kunda dunyoning 75 mamlakatning cho„l mintaqasida iqlim sharoitlarni keskin o„zgarishi oqibatida qumli cho„llarni degradatsiyaga uchrashi hamda tuproqlarni sho„rlanish darajasi ortib, minglab gektar maydonlarning ekologik holati yomonlashiga olib kelmoqda. Birgina Afrika va Janubiy Osiyodagi mamlakatlarda 183 mln gektar maydon turli darajada sho„rlangan. Bundan tashqari, cho„l mintaqasi yaylovlaridan tartibsiz foydalanish natijasida o„simlik qoplamining muhim ozuqabop turlari kamayib, payhon bo„lmoqda, ularning hosildorligi hamda biologik xilma-xilligi pasaymoqda. Dunyo cho„l mintaqasidagi qishloq xo„jaligi amaliyotida galofitlardan keng foydalanishda, degradatsiyaga uchragan cho„l yaylov maydonlarini qayta tiklash hamda istiqbolli, yuqori oqsilli galofitlarni tanlab yetishtirishdan iborat. Iqlimning global o„zgarishida galofitlarning tabiiy florasidan foydalanish, ularni genplazma asosida tanlash, kolleksiyasini shakllantirish, kolleksion namunalarni baholash hamda galofit buta, yarim buta va o„tchil ekotip, mahsuldorlik va ekologik chidamli bo„lgan turlarni tanlash, ularni yetishtirishning yuqori samarali texnologiyasini qo„llash orqali o„simliklarning ozuqabopligiga erishish mumkin. Respublikamizda keyingi yillarda Qizilqum cho„lining sho„rlangan tuproqlari holatini yaxshilash va shu mintaqaga mos, chorvachilik uchun yuqori ozuqabop fitomassa (pichan) to„plashga qodir, yangi to„yimli galofit turlarini tanlash hamda ularni yetishtirish agrotexnologiyalarini yanada takomillashtirish borasidagi ilmiy izlanishlar dolzarb bo„lib hisoblanadi. Aholining go„sht va go„sht mahsulotlariga bo„lgan talabini qondirishda har yili chorva bosh sonini oshirish zarur. Biroq, ozuqa yetishmasligiga 257 barham bermay turib, ushbu masalani hal qilib bo„lmaydi. Yaqin yillargacha chorvachilikning rivojlanishi o„zlashtirilmagan yaylovlarni o„zlashtirish hisobiga bo„lgan bo„lsa, endi buning iloji yo„q. Bir qator olimlarning fikricha (Noviskiy, 2017; Raximov va boshqalar, 2011), mazkur yaylovlarda o„simliklar qoplamini boyitish, yangilash, ularni kengaytirish evaziga chorvachilikni rivojlantirish hisoblanadi. Hozirgi kunda O„zbekiston florasi yangi yem-xashak, ozuqabop, manzarali o„simliklar introduksiyasi tufayli boyitilib, o„simlik turlarining umumiy soni 4500 tadan oshib ketdi. Mazkur turlardan to„yimlilik va yeyilish (iste‟mol qilinishi) xususiyatiga ega bo„lgan va chorva mollar tomonidan yeyilishi uchun yaroqli hisoblangan turlarni yetishtirib, yem-xashak muammosini bartaraf etish va ozuqabop ekinlar hosildorligini kamida 6-7 tonna ozuqa birligiga yetkazish ta‟minlanishi kerak (Umirzoqov, 2017). Jahonda 2000-2500 turdan ortiq galofit o„simliklar mavjud bo„lib, Markaziy Osiyo tabiiy florasida ularning 700 turdan ortig„i qayd qilingan (Akjigitova, 1982). Dunyo florasida galofitlarning 120 oila, 550 turkum, 2000 dan ortiq turi mavjud bo„lib, eng ko„p turdagi galofitlar asosan 10 ta oilaga – Chenopodiaceae (370 tur), Poaceae (137 tur), Asteraceae (69 tur), Plumbaginaceae (57 tur), Aizoaceae (53 tur), Cyperaceae (49 tur), Papilionaceae (46 tur), Tamariceae (46 tur), Areaceae (28 tur), Zygophylluceae (27 tur)taalluqli (Shamsutdinov, 2006). Cho„l mintaqasi o„simlik qoplami hayotiy formalar va turlarning xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Masalan, Mavlyanovning (1973) olib borgan tadqiqotlariga ko„ra, Qarnabcho„l florasida 238 tur gulli o„simliklar qayd etilgan. Bu o„simlik turlari 138 turkumga mansub bo„lib, shulardan 216 turi o„tchil o„simliklar (90,8%), 12 turi yarim butalar (5,0%) va 10 turi (4,2%) buta o„simliklardir. Yaylov ekotizimida bir yilda o„sadigan o„simliklar massasidan to„liq foydalanish mumkin emas, bunda yaylov ekotizimining barqarorligi buziladi (Boboqulov, Ismailov va boshqalar, 2011). O„rta Osiyo sharoitida yaylovlarda o„sadigan o„simliklar fitomassasidan bir yilda 60- 70%gacha foydalanish mumkin (Ismailov va boshqalar, 2011). Sho„rlangan maydonlarning meliorativ holatini yaxshilash respublikamiz dehqonchiligi uchun dolzarb muammo bo„lib, uni ijobiy hal qilis

Доказательный фрагмент

«In this article, bioecology of desert plants, biological adaptations of desert plants, forage and nutritional properties of desert plants are studied in field conditions.»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, bioecology of desert plants, biological adaptations of desert plants, forage and nutritional properties of desert plants are studied in field conditions. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
desert, desertification, plant, fodder, seed, species, genus, cho’llanish,, yem- hashak,, tur,, turkum, o’simlik,, urug’,, cho’l,
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники