К содержанию
РецензированоUZ2026

Turli etologik tipdagi sigirlarning laktatsiya faoliyati

З. Суюнова (Самарқанд давлат ветеринария медитцинаси чорвачилик ва биотехнологиялар университети) · М. Номозов (Самарқанд давлат ветеринария медитцинаси чорвачилик ва биотехнологиялар университети) · А. Боходиров (Самарқанд давлат ветеринария медитцинаси чорвачилик ва биотехнологиялар университети) · Ф. Раимова (Самаркандского государственного университета ветеринарной медицины, животноводства и биотехнологий)

Актуальные проблемы пустынного животноводства, экологии и создания пастбищных агрофитоценозов · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada birinchi tug‘imdagi turli etologik guruhlargan mansub sigirlarning sutdorlik koeffitsienti va mahsulotning ozuqa bilan qoplanishi to‘g‘risida o‘rganilgan ilmiy-tadqiqot natijalari keltirilgan. Калитли сўзлар: sigir, golshtin zoti, faoliyat, sutdorlik koeffitsienti, iydirish, ozuqa. Annotation. The article highlights the results of research work on the study of the coefficient of milk production and the payment of feed products of first heifers of different ethological types. Keywords: Cow, Holstein breed, activity, milk yield coefficient, distribution, feed Kirish. Sigirlarning sut mahsuldorligi ularning laktatsiya faoliyati bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Xo‘jalikda sigirlardan foydalanish darajasiga baho berishda sigirlarning sutdorlik koeffitsienti muhim sanalsa, iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichini sigirlarning iste’mol qilgan ozuqasini sut mahsuloti bilan qoplash darajasi belgilaydi. Ma’lumki, sigirlarda laktatsiyasi davomida sut hosil bo‘lish jarayoni bir xilda kechmaydi. Agar sigirlar me’yor asosida saqlansa va oziqlantirilsa, tuqqanidan so‘ng ularda sut mahsuldorligi laktatsiyasini 1-3 oygacha ko‘tarilib boradi. So‘ngra sekinlik bilan pasayishi kuzatiladi. Sigirlar laktatsiya faoliyati bo‘yicha 4 ta tipga bo‘linadi: 1-tip – yuqori va turg‘un laktatsiya faoliyatiga mansub sigirlar (bunday sigirlar sog‘lom, organizmida moddalar almashinuvi jadal kechadi, yuqori mahsuldorlikni namoyon qiladi); 2-tip- bu tipdagi sigirlarda laktatsiya faoliyati yuqori ammo, turg‘unlik davri qisqa bo‘ladi (konstitutsiya tipi nozik sigirlar); 3-tip- yuqori ammo, keskin pasayuvchi laktatsiya faoliyatidagi sigirlar (laktatsiya davomida kam sut beradigan sigirlar); 4-tip- past laktatsiya faoliyatiga mansub sigirlar (mahsuldorligi past sigirlar) [1, 4]. [2] lar o‘tkazgan tadqiqotlari natijasida, fe’l-atvor ko‘rsatkichlari bilan sut mahsuldorligi orasida bevosita bog‘liqlik mavjud ekanligini ta’kidlashadi. Huddi shunday fikrni [3, 5, 6] lar ham bildirishgan. Таdqiqot maqsadi. Yuqorida keltilrigan ma’lumotlarga asoslanib, O‘zbekiston sharoitida Golshtin zotli birinchi tug‘imdagi turli etologik tiplarga mansub sigirlarning sutdorlik koeffitsienti, oylar bo‘yicha laktatsiya faoliyatining kechish jarayoni va sut mahsulotining ozuqa bilan qoplanishi o‘rganilishi maqsad qilingan. Tadqiqot uslublari. Tajribalar Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumani, “Chortut” naslchilik fermasida, etologiyasi bo‘yicha turli faollik tipidagi golshtin zotli birinchi tug‘imdagi sigirlarda o‘tkazildi. Tajriba uchun har guruhga 10 boshdan, fe’l-atvori bo‘yicha uchta; I-o‘ta faol, II-o‘rta faol va III-sust faol tipdagi sigirlar berkitildi. Sigirlar bir xil saqlash va oziqlantirish sharoitida asraldi. Tajribadagi sigirlarni etologik ko‘rsatkichlari ularning faollik tiplari kesimida V.I.Velikjanin uslubi yordamida o‘rganildi (2000). Sigirlarning laktatsiyasi davomida bergan sut miqdori, har dekadada nazorat sog‘imini tashkil etish orqali aniqlandi. Sigirlarga sarflangan oziqa miqdori har oyda nazorat oziqlantirish orqali aniqlandi. 296 Laktatsiyaning egri chizig‘i, sutdorlik koeffitsienti, ozuqani sut bilan qoplash xususiyatlari zootexniyada umumqabul qilingan usullarda o‘rganildi. Tadqiqot natijalari. Sigirlarning laktatsiya oylari bo‘yicha sog‘im miqdori, ularning mahsuldorligini to‘g‘ri baholashga imkon beradi. Shu maqsadda biz, tajribada sigirlarning laktatsiya oylari bo‘yicha sut mahsuldorligining o‘zgarishi o‘rgandik (1-jadval). Fe’l-atvor xususiyatlaridan qat’iy nazar barcha guruhdagi sigirlarda laktatsiyaning dastlabki II va III oylarida sut mahsuldorlik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘ldi. O‘ta faol tipdagi I guruhdagi sigirlarda eng yuqori oylik sut sog‘imi laktatsiyaning 2-oyida kuzatilib (790,0 kg), qolgan guruhlarda esa laktatsiyaning 3-oyida sut sog‘imi eng yuqori bo‘ldi (tegishlicha 714,0 kg va 681,0 kg). Ushbu oylarda birinchi tug‘imdagi sigirlar iydirib sog‘ildi, ya’ni sut mahsuldorligini oshirishga qaratilgan kompleks zootexnikaviy tadbirlar – sigirlar yelinini massaj qilish, sutiga qarab avans ozuqa berib borish amalga oshirildi. Bu tadbirlar sigirlarning laktatsiyaning kelgusi oylarida ham sut mahsuldorligini yuqori bo‘lishini ta’minladi. Barcha guruhdagi sigirlarda etologik ko‘rsatkichlaridan qat’iy nazar, laktatsiyaning 4-oyidan boshlab laktatsiya oxirigacha sut mahsuldorligining bir tekisda kamayib borishi kuzatildi. 1-jadval Tajribadagi sigirlarning laktatsiya oylari bo‘yicha sut mahsuldorligini o‘zgarishi n-10, (X ±Sx) Guruhlar Laktatsiya I II III oylari Sut sog‘imi, kg Sut sog‘imi, kg Sut sog‘imi, kg I 740,5 ±10,0 630,0 ±12,1 575,0±9,5 II 790,0±11,5 640,5±10,3 580,0 ±8,2 III 773,5±13,2 714,0±12,2 681,0 ±11,0 IV 723,0±11,0 700,0 ±11,0 669,0 ± 7,9 V 700,0 5±9,6 690,0 ±8,5 657,0 ± 11,0 VI 682,0±11,2 674,0 ±9,2 645,0 ±9,1 VII 660,0±9,8 659,9±7,8 631,0±5,8 VIII 615,0±10,3 640,0±9,3 625,0±6,9 IX 470,0±9,5 500,0 ±8,6 584,0 ±9,4 X 410,5 ±7,9 432,0 ±15,0 465,1 ±6,3 Jami: 6564,5 6284,9 6112,1 Bu sigirlarning navbatdagi urug‘lantirilis

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada birinchi tug‘imdagi turli etologik guruhlargan mansub sigirlarning sutdorlik koeffitsienti va mahsulotning ozuqa bilan qoplanishi to‘g‘risida o‘rganilgan ilmiy-tadqiqot natijalari keltirilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada birinchi tug‘imdagi turli etologik guruhlargan mansub sigirlarning sutdorlik koeffitsienti va mahsulotning ozuqa bilan qoplanishi to‘g‘risida o‘rganilgan ilmiy-tadqiqot natijalari keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Cow, Holstein breed, activity, milk yield coefficient, distribution, feed, ozuqa., distribution,, iydirish,, faoliyat, sutdorlik koeffitsienti,, Cow, Holstein breed,, activity, milk yield coefficient,, sigir, golshtin zoti,
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники