К содержанию
РецензированоUZ2012

Rahbar kadrlarini boshqaruv komretensiyasini rivojlantirishda treninglarni tashkil etish

RAHBAR KADRLARINI BOSHQARUV KOMRETENSIYASINI · RIVOJLANTIRISHDA TRENINGLARNI TASHKIL ETISH · Ganieva Aziza Zayniddin qizi

Информатика и инженерные технологии · 2012

Аннотация

Maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining boshqaruv kompetensiyalari mazmuni, tarkibi, rahbarga qo‘yiladigan kasbiy kompetensiyalar, shaxsiy sifatlar tarkibi keltirilgan, shuningdek maqolada malaka oshirish jarayonida treninglarni tashkil etish va amaliy ta’lim jarayonini takomillashtirishning nazariy va amaliy masalalari yoritilgan. Kalit so‘zlar: ta’lim, pedagogika, texnologiya, sifat, boshqaruv, kompetensiya, innovatsiya. Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalar, avvalambor, o‘quv-bilish faoliyatida tinglovchilarning mustaqil yo‘nalishini, bilim va boshqa qadriyatlarni ta’minlaydi. Ular rahbarga o‘z-o‘zini rivojlantirish, hamkasblar tomonidan tan olinishga intilish; o‘zini o‘zi qadrlashga asoslangan kompetensiyali rahbar maqomi; ichki potensialni ochib berish va boshqalar sifatida o‘zini anglashga erishishga imkon beradi. Zamonaviy o‘qitish texnologiyalari va shakllarining(rasmiy va norasmiy) o‘ziga xos xususiyati ularning bir-biriga nisbatan o‘zaro bir-birini to‘ldirishidir, shuning ushun ularni qo‘llashning eng katta samaradorligi o‘zaro ta’sirda erishiladi. Shunga muvofiq, biz maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlarining boshqaruv kompetensiyasini rivojlantirishda, tinglovchilar faoliyatini faollashtiradigan texnologiyalardan ya’ni treninglardan foydalanishni maqsadga muvofiq deb bilamiz. Trening va biznes trening ingliz tilidan tarjima qilinganda, trening tushunshasi "tarbiya berish yoki o‘qitish" degan ma’noni anglatadi. Asosan, bu faol shaklda o‘qitish usuli bo‘lib, u nafaqat ma’lum bilimlarni rivojlantirish va muayyan ko‘nikmalarni egallashga, balki ularni mustahkamlash va keyinchalik qo‘llashga qaratilgan. Treninglar deyarli barcha faoliyat yo‘nalishlarida olib boriladi, lekin boshqaruvga oid kompetensiyalarni rivojlantirishda treninglar o‘qitishning eng samarali turlaridan biri sifatida ayniqsa mashhurdir. Bunday mashhurlikning sabablaridan biri texnologiyaning o‘ziga xos xususiyati bo‘lib, u nafaqat ma’lumot 311 olish, balki uni mustahkamlash, olingan bilimlarni amalda qo‘llashni o‘rganish imkonini beradi. Trening – bu shaxsni o‘zgartirishga qaratilgan hissiyotlarga boy bo‘lgan mashg‘ulotdir. Trening o‘rganilishi lozim bo‘lgan nazariy g‘oya va fikrlarni amaliy ish, mashqlar davomida o‘zlashtirish, muloqot almashish imkonini beruvchi tashkiliy tadbir hisoblanadi. Trening shaxsda mavjud bo‘lgan yoki vujudga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni hal qilish ushun zarur bo‘lgan ko‘nikma va malakalarni hosil qilish maqsadida turli xil mashqlar orqali o‘tkaziladigan mashg‘ulot hisoblanadi. Trening bu nafaqat ta’lim oluvchilarda shaxslararo o‘zaro hamkorlikning samarali ko‘nikmasini shakllantirishga balki, mutaxassis kasbiy kompetentligining umumiy darajasini oshirishga yo‘naltiriladi. Trening mobaynida o‘qituvchilar nazariy ma’lumotlarni o‘zlashtirish bilan birga, ularda bilish, emotsional va xulq-atvor ko‘nikmalari rivojlanib boradi. Auditoriya mashg‘ulotlarida bilish jarayonlarini faollashtirish uchun bir qancha metodlardan foydalanamiz. Ushbu metodlardan biri an’anaviy va muammoga asoslangan ta’lim elementlarining kombinatsiyasidir. Buning mohiyati ma’ruza darsiga bevosita ma’ruza vaqtida tinglovchilar tomonidan bajariladigan vazifalar va savollarni kiritishdan iborat. Vazifalar har qanday bosqichda ma’ruzaga kiritilishi mumkin, ammo ayni paytda tajribamiz ko‘rsatganidek, darsning ikkinchi yarmi afzalroq. Ular bevosita ma’ruza kursi materialiga - o‘tgan, joriy, keyingi-ga ta’sir qiladi va har bir tinglovchi tomonidan alohida yoki bir-birining yonida o‘tirgan tinglovchilardan tuzilgan mikroguruh orqali bajarilishi mumkin. Bajarilgan topshiriqlar professor-o‘qituvchi tomonidan to‘planadi, tekshiriladi, baholanadi va tinglovchilar e’tiboriga yetkaziladi, keyinshalik test, imtihon va yakuniy bilimlarni nazorat qilishning boshqa shakllarida hisobga olinadi. Boshqaruvga oid strategiyalarni tushunish tinglovchining idrok qilish bosqichida sodir bo‘ladigan taassurotlarni birlamchi qayta ishlashdan, bilimlardan yangi vaziyatda foydalana olishgasha bo‘lgan jarayondir. Tushunish asosan amaliy mashg‘ulotlarda yuzaga keladi va ijodiy amaliy ishlarni bajarishda davom etadi. Amaliy mashg‘ulotlarda tushunishni faollashtirish uchun bilim olishning har uchala darajasi ushun mahsuldor xarakterdagi vazifalar tizimi keng qo‘llaniladi. Amaliy darslarda asosiy kompetensiyalarni shakllantirish jarayoni boshqaruvga oid bilimlarni chuqurlashtirishga qaratilgan bo‘lib, ta’limni rivojlantirishning o‘zaro bog‘liq pedagogik usullari: muammoli vaziyatlarni hal qilish, munozaralar, ishbilarmonlik o‘yinlari, ekskursiyalar, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish va boshqalarni o‘z ishiga oladi. Rivojlantiruvchi mashg‘ulotlarning bir qismi bo‘lmish o‘yinli mashg‘ulotlar ta’lim jarayonida iqtisodiy faoliyatda yuzaga keladigan real ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlarni taqlil qilishga imkon beradi. Tajribamiz shuni ko‘rsatdiki, tinglovchilar boshqaruvga oid bilimlarni ma’ruzalarga qaraganda amaliy mashg‘ulotlarda umumlashtirish uchu

Доказательный фрагмент

«Maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining boshqaruv kompetensiyalari mazmuni, tarkibi, rahbarga qo‘yiladigan kasbiy kompetensiyalar, shaxsiy sifatlar tarkibi keltirilgan, shuningdek maqolada malaka oshi…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining boshqaruv kompetensiyalari mazmuni, tarkibi, rahbarga qo‘yiladigan kasbiy kompetensiyalar, shaxsiy sifatlar tarkibi keltirilgan, shuningdek maqolada malaka oshi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
education, innovation, инновации, competence, sifat, качество, менеджмент, образование, педагогика, technology, компетентность, pedagogika, kompetensiya, технологии, pedagogy, quality, ta’lim, innovatsiya, texnologiya, boshqaruv, management
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники