Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Jaydari zotli qo'chqorchalarni jadal o'stirish va ularning go'sht mahsuldorligi
GO‘SHT MAHSULDORLIGI
Актуальные проблемы пустынного животноводства, экологии и создания пастбищных агрофитоценозов · 2004
Аннотация
Maqolada jaydari zotli qo‘chqorchalarni xo‘jalik sharoitida boqish va qo‘shimcha oziqlantirishdan keyingi go‘sht mahsuldorligi va nazorat so‘yimi natijalari to‘g‘risidagi tajriba ma’lumotlari keltirilgan. Kalit so‘zlar: qo‘chqorchalar, ratsion, oziqlantirish, go‘sht mahsuldorligi, so‘yim, ichki organlar, ovqat hazm qilish a’zolari. Annotation. The article presents experimental data on the results of meat production and control slaughter after fattening and supplementary feeding of Jaidari rams in farm conditions. Key words: rams, ration, feeding, meat productivity, slaughter, internal organs, digestive organs. Kirish. Xo‘jaliklarda qo‘zi go‘shti ishlab chiqarishda yosh organizmning o‘sish energiyasidan unumli foydalanishga asoslangan holda ularni jadal o‘stirish, yayratib boqish, bo‘rdoqilashda qo‘y sig‘imini kamaytirishning samarali tizimini va texnologik uslubini ishlab chiqish muhim hisoblanadi. Jadal usulda qoʻy goʻshti yetishtirish aholining arzon, to‘yimli va parhezbop go‘shtga bo‘lgan talabini to‘laroq qondirish hamda qo‘ychilik xo‘jaliklarining iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda dolzarb hisoblanadi. 266 Qo‘ylarning go‘sht mahsuldorligiga juda ko‘plab omillar ta’sir qiladi. Ularning eng muhimlaridan biri oziqlantirish omili, ayniqsa ratsiondagi to‘yimli moddalarning miqdori va sifati hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Hayvonlarning go‘sht mahsuldorligini baholashda ularning so‘yim sifatini belgilovchi, go‘sht va go‘sht mahsulotlarini qayta ishlash jarayonida olinadigan massaning hajmi, chiqimi va uning sifatiga alohida ahamiyat beriladi. To‘qimalar va yog‘ to‘planishining notekis o‘sishi ularning miqdori va chiqimining bir xilda bo‘lmasligini ifodalaydi. Shu sababli qo‘zilarni 4,5-5 oyligidan boshlab to‘yimli oziqalar bilan qo‘shimcha oziqlantirishda ularning go‘sht mahsuldorligi xususiyatlarini o‘rganish va so‘yim sifati o‘zgarishlarini bilish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa mazkur zotning go‘sht mahsuldorligi, tez yetiluvchanligi bo‘yicha irsiy potensialini, qo‘ylarni go‘shtga so‘yishning biologik jihatdan maqsadga muvofiqliligini va iqtisodiy samarali muddatlarini, qo‘ylarni go‘shtga tayyorlashda o‘tkazilgan tadbirlarning samaradorligini aniqlash imkonini beradi. Tanada shakllangan to‘qimalarning nisbiy o‘sish qonuniyatlarini bilish qo‘ychilikda go‘sht ishlab chiqarishni jadallashtirish, kam xarajat sarflab, ko‘p va sifatli mahsulot yetkazishning samaradorligini oshiradi [1]. Tadqiqot maqsadi. Qo‘ylarning go‘sht mahsuldorligini oshirishda xo‘jalik sharoitida va qo‘shimcha to‘la qiymatli ratsion asosida bo‘rdoqilash orqali goʻsht mahsuldorligini oshirish. Tadqiqot usullari. Tadqiqot uchun jaydari zotli erkak qo‘zilar olinib, nazorat va tajriba guruhi shakllantirildi. Tadqiqotdagi barcha hayvonlarni asrash va oziqlantirish, sharoitlari, mahsuldorlik ko‘rsatkichlari, fiziologik holati va tirik vaznini hisobga olgan holda amalga oshirildi. Tajriba va nazorat guruhidagi qoʻylarga me’yor belgilab ratsion tuzildi [2]. Oziqlantirishning go‘sht mahsuldorligiga ta’siri, qo‘chqorchalarni bo‘rdoqilashda oziqlantirish texnologiyasi qo‘chqorchalarga berilgan ozuqalar ratsionining to‘yimlililigini o‘rganishda (A.A.Vekaminov)ning “Qo‘ylarning mahsuldorligini o‘rganish” bo‘yicha metodik tavsiyalar, oziqlantirishda asosiy ozuqaviy va energiya moddalarni hisoblashdan foydalaniladi. Qo‘ylarning go‘sht sifatini aniqlash uchun bo‘rdoqilangandan so‘ng butun Rossiya Chorvachilik ilmiy-tadqiqot usulida tirik vazni va semizlik darajasi bo‘yicha bir xil va o‘z guruhi uchun tirik har bir guruhdan uch boshdan o‘rtacha ko‘rsatkichlarga ega qo‘ylarda Gost 7595-81. (Qo‘y va echkilarni go‘sht sifatini baholash) bo‘yicha o‘rganiladi [4]. So‘yishda so‘yim chiqimi, nimta go‘shti, ichki yog‘ vazni, go‘shtning morfologik tarkibi aniqlanadi. So‘yim chiqimi so‘yim vaznini so‘yim oldi tirik vazniga nisbatining foizlardagi ifodasi bilan aniqlanadi. Go‘shtning morfologik tarkibi go‘shtni nimtalash yo‘li bilan aniqlanadi. Olingan ma’lumotlar dala daftariga qayd qilinib boriladi. Birlamchi ma’lumotlar A.A.Ploxinskiyning “Zootexniklar uchun biometriya bo‘yicha qo‘llanma”, “O‘rtacha arifmetik qiymat usullaridan foydalangan holda qayta ishlanadi [3]. Tadqiqot natijalari. Qo‘zilarni xo‘jalik sharoitida oziqlantirish tizimini, rejimini hamda qo‘shimcha oziqlantirishning ilmiy asoslangan me’yorlarini va miqdorini aniqlash uchun qo‘ylarning qancha va qanaqa sifatdagi ozuqalarni iste’mol qilishlarini bilish qo‘zilarni oziqlantirishning to‘la qiymatli ratsionini tuzish va hayvonlar organizmini talab etiladigan to‘yimli ozuqa va moddalar bilan ta’minlash imkoniyatini beradi. Nazorat va tajriba guruhidagi onasidan ajratilgan erkak qo‘zilar uchun oziqlantirish ratsioni tuzildi. Jadval ma’lumotlariga ko‘ra, tirik vazni 30-40 kg bo‘lgan bo‘rdoqilanayotgan Jaydari zotli 4,5-5 oylik qo‘zilarga beriladigan ratsion strukturasiga ko‘ra pichanlar 41%, konsentrat ozuqalar 59% ni tashkil etdi. 267 1-jadval Nazorat guruhidagi onasidan ajratilgan qo‘chqorchalar uchun
Доказательный фрагмент
«Maqolada jaydari zotli qo‘chqorchalarni xo‘jalik sharoitida boqish va qo‘shimcha oziqlantirishdan keyingi go‘sht mahsuldorligi va nazorat so‘yimi natijalari to‘g‘risidagi tajriba ma’lumotlari keltirilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada jaydari zotli qo‘chqorchalarni xo‘jalik sharoitida boqish va qo‘shimcha oziqlantirishdan keyingi go‘sht mahsuldorligi va nazorat so‘yimi natijalari to‘g‘risidagi tajriba ma’lumotlari keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- rams, ration, feeding, meat productivity, slaughter, internal organs, digestive, ratsion,, so‘yim,, ovqat hazm qilish a’zolari, go‘sht mahsuldorligi,, oziqlantirish,, qo‘chqorchalar,, ichki organlar,
Смежные источники
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026