К содержанию
РецензированоUZ2011

“Barokat” yemini qorako'l qo'zilar o'sish ko'rsatkichlariga ta'siri

“BAROKAT” YEMINI QORAKO‘L QO‘ZILAR O‘SISH (Вологодский научный центр Российской академии наук, 2022. – С. 219-223.) · KO‘RSATKICHLARIGA TA’SIRI (Вологодский научный центр Российской академии наук, 2022. – С. 219-223.)

Актуальные проблемы пустынного животноводства, экологии и создания пастбищных агрофитоценозов · 3 · 2011

Аннотация

Maqolada ekstruderlangan “barokat” yemining qorako‘l qo‘ylarining tugʻilgandan 4,5 va 6 oylikkacha boʻlgan davrda o‘sish koʻrsatkichlariga ta’sirini aniqlash boʻyicha tadqiqot natijalari keltirilgan. Kalit so‘zlar: qorako‘l qo‘ylari, o‘sish, , ekstruderlangan, tugʻilganda, 4,5 oylik, 6 oylik Summary. The article presents the results of studies to determine the effect of extruded feed “barakat” on the growth performance of Karakol sheep in the period from birth to 4.5 and 6 months. Key words: karakul sheep, growth, extruded feed, birth, 4.5 months, 6 months. Kirish. Bugungi kunda faoliyat olib borayotgan qorako‘lchilik sub’ektlari, jumladan ma’suliyati cheklangan jamiyatlar va fermer xo‘jaliklarida sifatli va eksportbop qorako‘l teri va boshqa qorako‘lchilik mahsulotlari yetishtirishda innovatsion usullarda tayyorlangan ozuqa vositalaridan foydalanmoqda. Qorako‘lchilik sub’ektlarida innovatsion usullarda tayyorlangan ozuqa vositalaridan foydalanish mahsulotlar ishlab chiqarish jarayonlarini rejalashtirish va tashkillashtirishda, qo‘ylarning biologik imkoniyatlaridan oqilona foydalanishda, pirovard natijada sub’ektning iqtisodiy samaradorligini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega. 120 Shu bilan birgalikda qorako‘l qo‘ylarining o‘sish va rivojlanish xususiyatlarini hamda mahsuldorligini innovatsion usullarda tayyorlangan ozuqa vositalarini ratsionga qo‘shish orqali oshirish imkoniyatlari mavjud. Qo‘ylarning o‘sish va rivojlanishiga boshqa omillar bilan bir qatorda ularning etologiyasi ham ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqotlarda barcha yosh davrlarida birinchi etologik tip qo‘ylari avlodlari yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishi kuzatilgan. Bunda ozuqaga bo‘lgan faol reaksiyasi ularining o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan [4] Turli xil gidropon ozuqalar bilan oziqlantirilgan bo‘g‘oz qo‘ylardan olingan qo‘zilar, keyinchalik shunday ozuqalar bilan 8 oylik davrgacha qo‘shimcha oziqlantirish sharoitida eng yuqori natija bug‘doy maysasi bilan oziqlantirilgan qo‘ylardan olingan qo‘zilarda kuzatilgan ya’ni boshqa guruhlardan 4,8-5,1 kg yuqori tirik vaznga ega bo‘lgan [1]. Tadqiqotlarda innovatsion usulda tayyorlangan ozuqalar bilan oziqlantirilgan qorako‘l qo‘ylari tirik vazni, o‘sish va rivojlanish, sutdorlik xususiyatlari va boshqa mahsuldorlik ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan [5, 6, 7, 8] Tadqiqot maqsadi. Qorako‘l qo‘ylarining ratsioniga ekstruderlangan yem kiritish orqali o‘sish va rivojlanish xususiyatlarini o‘rganish tadqiqotning maqsadi qilib olindi. Tadqiqot uslublari. Turli yoshdagi qo‘ylarning (4-4,5 oylikda, 6 oylikda) tirik vazni va uning dinamikasi elektron tarozilarda o‘lchash yordamida aniqlandi [2]. Tajribadan olingan ma’lumotlar variatsion statistika usullarida qayta ishlandi. Bunda har bir belgining o‘rtacha arifmetik ko‘rsatkichi (X), uning xatosi (Sx), o‘zgaruvchanlik koeffitsienti (Cv) va guruhlar ko‘rsatkichlari orasidagi farqlanishlarning ishonchlilik darajasi (P) aniqlandi [3]. Tadqiqot natijalari. Tadqiqotlar davomida turli qorako‘l qo‘ylarining o‘sish ko‘rsatkichlari o‘rganildi. Tadqiqot natijalari asosida olingan ma’lumotlar 1-jadvalda keltirildi. 1-jadval Tajribadagi qorako‘l qo‘zilarining tirik vazn dinamikasi Qo‘zilarning tirik vazni Guruhlar Tug‘ilganda 4-4,5 oylikda 6 oylikda X±S C X±S C X±S C x v x v x v Tajriba (n=30) 3,72±0,3 5,3 28,9±0,3 5,8 33,3±0,4 6,2 Nazorat (n=30) 3,72±0,4 6,7 25,6±0,32 7,03 29,8±0,42 7,6 Ushbu ma’lumotlar tahlilidan tajriba va nazorat guruhidagi qorako‘l qo‘zilarining tug‘ilgandagi tirik vazni o‘rtasida deyarli farq bo‘lmaganlari analoglar prinsipi asosida tanlab olindi. 4-4,5 oylikda tajriba guruhi nazorat guruhidagi qo‘zilardan tirik vazn ko‘rsatkichi 3,3 kg 12,8%, 6 oylikda esa 3,5 kg 11,7% yuqori o‘sish ko‘rsatkichlariga ega bo‘ldi. 2-jadval Qo‘zilarning o‘sish xususiyatlari, n=30 Tug‘ilgandan 4-4,5 oylikkacha 4-4,5 oylikdan 6 oylikkacha Davr Mutloq Davr Mutloq Guruhlar Kunlik Kunlik davomiyligi, o‘sish, davomiyligi, o‘sish, o‘sish, g o‘sish, g kun kg kun kg Tajriba 135 25,18 187 45 4,4 98,0 Nazorat 135 21,88 162 45 4,2 93,0 Tajriba davomida qo‘zilarning mutlaq o‘sish ko‘rsatkichi 4-4,5 oylikda tajriba guruhida 25,18 kg ni tashkil qilib, kunlik o‘sish tajriba guruhida nazorat guruhidan 25,0 gram 15,4% yuqori bo‘ldi. 121 6 oylikda tajriba guruhi, nazorat guruhidan kunlik o‘sish 5,0 gram, 3,1% ga yuqori ko‘rsatkich namoyon qildi. Xulosa. Tadqiqot natijalariga ko‘ra ekstruderlangan qo‘shimcha ozuqalar bilan oziqlantirilgan qorako‘l qo‘ylari nazorat guruhiga nisbatan yuqori ko‘rsatkich namoyon qildi. Ekstruderlangan ozuqalar bilan oziqlantirilgan qorako‘l qo‘ylari tirik vazni qo‘zilarining yosh davrlari bo‘yicha tirik vazn dinamikasi ijobiy ko‘rsatkichlar namoyon qildi. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati 1. Fayzullayev O.B., Shaptakov E.S., Qo‘ylarni turli gidropon ozuqalar bilan oziqlantirib burdoqilash samaradorligi. Chovachilik va naslchilik ishi №2.2023 20-21 b. 2. Кравченко Н.А. Разведение селскохозяйственных животных. Изд-во селхоз литератур

Доказательный фрагмент

«Maqolada ekstruderlangan “barokat” yemining qorako‘l qo‘ylarining tugʻilgandan 4,5 va 6 oylikkacha boʻlgan davrda o‘sish koʻrsatkichlariga ta’sirini aniqlash boʻyicha tadqiqot natijalari keltirilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada ekstruderlangan “barokat” yemining qorako‘l qo‘ylarining tugʻilgandan 4,5 va 6 oylikkacha boʻlgan davrda o‘sish koʻrsatkichlariga ta’sirini aniqlash boʻyicha tadqiqot natijalari keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
karakul sheep, growth, extruded feed, birth, 4.5 months, 6 months, qorako‘l qo‘ylari,, tugʻilganda,, 4,5 oylik,, o‘sish, , ekstruderlangan,, 6 oylik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники