Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
Tarelkali skrubberlarda qo‘llaniladigan tarelkalarning zamonaviy turlari.
TARELKALI SKRUBBERLARDA QO‘LLANILADIGAN · TARELKALARNING ZAMONAVIY TURLARI. · dots. Isomiddinov Aziz Salomidinovich · Qobiljonov Axmadillox Qurbonali o‘g‘li
Информатика и инженерные технологии · 2021
Аннотация
Maqolada sanoat ikkilamchi tashlama gazlarini yuvib tozalovchi qurilmalar ishchi organlarini nazariy tadqiqot etish ishlari keltirilgan. Ishchi suyuqlikni purkovchi mehanizmni jarayonga qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar yoritilgan. Tayanch so‘zlar: yo‘naltiruvchi quvir, konussimon tiqin, tarelkalar, suyuqlik purkovchi mehanizm, tashlama gaz, gaz taqsimlagich, suv quvuri. XXI asr boshiga kelib insoniyat tomonidan erishilayotgan ilmiy yangiliklar, texnika taraqqiyoti, amalga oshirilayotgan har xil texnologik jarayonlar tabiiy jarayonlardan ustunlik qilmoqda. Ya’ni, bugungi kunga kelib insoniyatning tabiiy va sun’iy yo‘llar bilan olinadigan mahsulotlarga bo‘lgan talabi kundan kunga o‘sib borishi natijasida sanoat korxonalari tomonidan yangi turdagi mahsulotlarni yaratish va ularni ishlab chiqarish bilan bir qatorda atrof muhitning ifloslanishi qo‘lami ham tezlashib bormoqda [1]. Atrof-muhitning sanoat chiqindilari bilan ifloslanishini kamaytirish maqsadida ishlab chiqarish korxonalaridagi barcha chiqindi manbalari aniqlanmoqda va tegishli mashinalar va apparatlar qayta jihozlanmoqda. Yaratilayotgan yangi loyihalarda chiqindisiz texnologiyalardan amalda keng foydalanilmoqda; ekologik toza jarayonlar 231 qo‘llanilmoqda; mashina va apparatlarning eng mukammal, eng zamonaviy tuzilmalari joriy etilmoqda. Atrof muhitni himoya qilish ishlarini rivojlantirish maqsadida ilmiy asoslangan yechimlarga tayangan holda talablarga javob beraoladigan sanoat apparatlari ham yaratilgan va muvaffaqiyat bilan ishlatilmoqda. Hozirda sanoat chiqindilarini ushlash, neytrallash yo‘nalishida ko‘plab ilmiy izlanishlar olib borilmoqda, sanoat ishlab chiqarishning har bir sohasi bo‘yicha aniq bir tasniflangan, yuqori samara bilan maqsadga erishish imkonini beruvchi ilmiy jihatdan puxta asoslangan ko‘plab ilmiy yechimlar, tavsiyalar ishlab chiqilgan. Sanoatda ikkilamchi gazlarni tozalashning quruq va ho‘l usullari mavjud bo‘lib, bu turdagi qurulmalar kichik gidravlik qarshilik va yuqori ish unumdorligiga ega hisoblanadi. Ho‘l usulda chang va gazlarni tozalash qurulmalarining konsturksiyalari turlicha bo‘lib, bu qurulmalar ichida eng ko‘p tarqalgani tarelkali qurlilmalardir. Oqimchali (yoki plastinali) tarelkalar. Bu turdagi tarelkalar qiya, parallel plastinalar ko‘rinishida tayyorlanadi. Qalpoqchali, klapanli va oqimchali tarelkalarda fazalarning yo‘nalishi o‘zaro kesishgan bo‘ladi. Gaz yoki bug‘ tarelkadagi teshiklardan o‘tadi, suyuqlik esa gorizontal harakatlanib, tarelkadan tarelkaga quyilish moslamasi 5 orqali o‘tadi. 1-gidravlik zatvor: 2-to‘kilish to‘sig‘i, 3-tarelka; 4-plastinalar, 5-quyilish patrubkasi 1-rasm. Oqimichali tarelka Boshqa tarelkalarga qaraganda, ushbu tarelkalar fazalarning parallel harakatida ishlaydi, ya’ni har bir seksiyada gaz va suyuqlik fazalari bir xil yo‘nalishda bo‘ladi. Bu esa, suyuqlik va gaz fazalari bo‘yicha yuklamani keskin ravishda oshirish mumkinligidan dalolat beradi. Lekin kolonna miqyosida esa fazalar qarama-qarshi, ya’ni suyuqlik tepadan pastga, gaz faza esa pastdan yuqoriga qarab harakatlanadi. Gazning tezligi 20÷40 m/s gacha bo‘lishi mumkin. Plastinalarning qiyalik burchagi kichik bo‘lgani uchun (α=10÷15°) u orqali o‘tayotgan gaz tarelka tekisligiga parallel yo‘nalishga yaqin harakatlanadi. Shunda suyuqlik ejeksiyaga uchraydi va gaz oqimi yordamida mayda dispers tomchilarga aylanib, tarelka bo‘ylab va keyingi tirqishga uloqtiriladi. Bu yerda gaz va suyuqlik fazalarining o‘zaro ta’siri yana qaytariladi. Natijada suyuqlik yuqori tezlikda tarelka ustidan parallel yo’nalishda quyilish trubkasi tomon harakat qiladi. Gaz yoki bug‘ni suyuqlik bilan to‘qnashuvini amalga oshirish uchun turli konstruksiyadagi tarelkalar qo‘llaniladi: klapanli, qalpoqchali, elaksimon, panjarali, 232 tirqishli, plastinali va h.k. Yuqorida qayd etilgan tarelkalardan faqat bittasi, qalpoqchali tarelka barbotajli rejimda ishlay oladi. Neftni qayta ishlash korxonalarida tunnelli qalpoqchali tarelkalar rektifikasion kolonnalarda ishlatiladi (2 a,b-rasm). Bu turdagi tarelkalarning shtamplangan tarnov 1 lari tayanch burchak 2 larga o‘rnatiladi va ustiga qalpoqcha 3 lar qo‘yilib yig‘iladi. Bug‘ fazani bir tekisda taqsimlash uchun qalpoqcha 2 ning ostki qismida trapetsiya shaklidagi teshiklar qilingan. Qalpoqchalar gorizontal taxtaga shpilka 4 yordamida mahkamlanadi. Suyuq fazani bir me’yorda taqsimlash uchun quyilish tarelka plankasi 5 ham to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi teshikli qilib tayyorlanadi. 1-tarnis; 2-tayanch burchak, 3-qalpoqcha 4-shipilka. 5- quyilish tarelka plankasi 2-rasm. Tunnelli qalpoqchali tarelka Bu turdagi tarelka afzalliklari-qalpoqchalar soni kam va ularni tozalash oson Tarelkaning qolgan ko‘rsatkichlari past, shu sababli ular boshqa konstruksiyadagi tarelkalarga almashtirilmoqda. S-shaklidagi elementli tarelka 1 lar ham absorbsion va rektifikatsion kolonnalarda keng ko‘lamda ishlatilmoqda (3-rasm). a) b) a-umumiy ko‘rinish; b-sxema. 1-S-simon element, 2-plastinalar. 3-rasm. S- cimon elementli tarelka Ushbu element
Доказательный фрагмент
«Maqolada sanoat ikkilamchi tashlama gazlarini yuvib tozalovchi qurilmalar ishchi organlarini nazariy tadqiqot etish ishlari keltirilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada sanoat ikkilamchi tashlama gazlarini yuvib tozalovchi qurilmalar ishchi organlarini nazariy tadqiqot etish ishlari keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- suv quvuri, guide tube, plates, направляющая трубка, suyuqlik purkovchi mehanizm, водопровод, tashlama gaz, yo‘naltiruvchi quvir, gas distributor, waste gas, water pipe, konussimon tiqin, fluid sprinkler mechanism, коническая пробка, жидкость спринклерный механизм, газораспределитель, tarelkalar, conical plug, gaz taqsimlagich, пластины, отходящие газы
Смежные источники
Каталог авторефератовЎРОҚОВ АСЛИДИН ХУШВАҚТОВИЧ, Содиқов Иброхим Салихович +22009
The American Journal of Engineering and TechnologyO CLC -, Coefficient Of A Frequency Inverter +22020
in LibraryЭКАНОМИКА И ОРГАНИЗАЦИЯ СТРОИТЕЛЬСТВО, QURILISHDA TAVAKKALCHILIKNI BOSHQARISHNING BIZNESDAGI AHAMIYATI2021