К содержанию
РецензированоRU2023

ФАКТОРЫ, ОБЕСПЕЧИВАЮЩИЕ ПРИОРИТЕТ СЕМЕЙНОГО ОБРАЗОВАНИЯ СРЕДИ СТУДЕНТОВ

Islomova Nilufar Baxtiyor qizi

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

In this article, pedagogical and psychological features of preparing students for social family life, as well as giving importance to spiritual environment and moral issues in families, ways of reaching maturity based on the traditions of one's nation and universal values, and the factors of ensuring the priority of family education in student youth are described. Key words: Family, neighborhood, students, youth, society, education, innovative ideas, national value, customs, traditions, pedagogical culture. ФАКТОРЫ, ОБЕСПЕЧИВАЮЩИЕ ПРИОРИТЕТ СЕМЕЙНОГО ОБРАЗОВАНИЯ СРЕДИ СТУДЕНТОВ Аннотация. В данной статье рассмотрены педагогико-психологические особенности подготовки учащихся к общественной семейной жизни, а также придание значения духовной среде и нравственным вопросам в семье, пути достижения зрелости, основанные на традициях своего народа и общечеловеческих ценностях, а также факторы описаны вопросы обеспечения приоритета семейного воспитания студенческой молодежи. Ключевые слова: Семья, соседство, студенты, молодежь, общество, образование, инновационные идеи, национальные ценности, обычаи, традиции, педагогическая культура. O‘zbekistonda bugungi kunda barcha sohalarda inson, inson manfaatlari uchun xizmat qiladigan ulkan islohotlar olib borilmoqda. Xususan, ta’lim-tarbiya sohasida ham bir qancha islohotlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida ilgari surilgan innovatsion g‘oyalar mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyalashda oila, mahalla va ta’lim muassasalari hamkorligini takomillashtirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Yoshlarni hamkorlikda milliy va zamonaviy ruhda tarbiyalab, ularga innovatsion g‘oyalarni singdirish bugungi kunning talabi hisoblanadi. Yosh avlodni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash borasidagi ishlarimizni yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun yangi 2 84 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ tahrirda qabul qilindi1. Shu asnoda yangicha yondashuvlar hayotga faol joriy etilmoqda. O‘zbekistonda bugungi kunda barkamol avlod tarbiyasi oila, mahalla va ta’lim muassasi ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy hamkorligining bosh, ustuvor masalasi hisoblanadi. Oila va jamiyat bir-biriga chambarchas bog‘liq tushuncha bo‘lib, jamiyatning o‘zi ham oilalardan tashkil topadi. Oila esa o‘z o‘rnida jamiyat bag‘rida vujudga keladi, rivojlanadi. Jamiyatda oilaning o‘z vazifalari mavjud bo‘lib uning mohiyati va vazifalari dunyodagi barcha xalqlar uchun bir xildir. Lekin uning tashkil topishi, taraqqiy etishi va oiladagi vazifalarni bajarish jarayonlari har bir xalqda alohida, o‘ziga xos xususiyatga egadir. Har bir xalq yaxlit dunyoninig bir bo‘lagidir, inson-insonga, xalqlar-xalqlarga o‘xshamaydi, bir-birini aynan takrorlamaydi, Har bir millat va elatning o‘ziga xos jihatlari mavjud bo‘lib, har bir xalqning o‘z ma’naviyati, milliy qadriyatlari va boy tarixiga egadir. Milliy qadriyatlar, har bir millatning o‘ziga xos xususiyatlari, xossalari, belgilari, alomatlarini ifodalovchi falsafiy tushuncha bo‘lib, o‘sha millat bosib o‘tgan ijtimoiy taraqqiyot jarayonida shakllangan milliy madaniy meros xazinasiga qo‘shgan hissasini, ulushini ifodalaydi. Huddi shu milliy o‘ziga xoslik, millat madaniyatida, urf-odatlarida, rasm – rusumlarida, tarixiy xotirasida, tilida, dinida, yashash va fikrlash tarzida o‘z ifodasini topadi. Milliy qadriyatlar milliy ma’naviy madaniyat ifodasi bo‘lib, har bir millatning insoniylik xazinasiga qo‘shgan munosib hissasining hosilasidir. Ma’lumki, azaldan sharq mamlakat xalqlari ongida oilaning muqaddasligi, farzand tarbiyasida oilaning bеqiyos roli asrlar davomida shakllanib kеlgan. Oilaga nisbatan millatning urf odat va an’analarini saqlash va davom ettiruvchi dargoh sifatida qaralgan. Shunga ko‘ra oilani mustahkamlashga astoydil kirishgan va o‘z naslini pok saqlashga, ta’lim-tarbiya ishlariga jiddiy e’tibor qaratib kelingan. Oiladagi ma’naviy muhit, axloq-odob masalalari katta ahamiyatga ega bo‘lib, inson o‘z millati an’analari va umumbashariy qadriyatlar asosidagina kamolotga erishadi. Xalqimizning axloq, andisha, sharm-hayo, halollik va pokizalik, inson qadr-qimmati, yaxshilik bilan yomonlik o‘rtasidagi muammolar haqida bahs yuritib, insonlarning kamolatga erishish yo‘lini yoritib boradi. Har bir inson bir olam bo‘lgani kabi uning odob-axloqi ham juda murakkab olam desak yanglishmaymiz. Chunki, shaxsning ichki va tashqi olamini o‘rganish, bilish, tahlil qilish g‘oyatda murakkab, bu ruhiyat bilan bog‘liq holatdir. Axloqli, odobli komil insonda odamiylikning eng yaxshi fazilatlari: mehr-muhabbat, rahm-shavqat, adolatu-diyonat, hayoyu- iffat, imon-e’tiqod kabilar mujassam bo‘ladi, ayni paytda shu xislatlarning aksi-beburd, axloqsiz kimsalar fe’lida ko‘rinadi. Har bir xalqning nufuzi va obro‘-shuhrati kishilarning axloq-odobi, yaxshi xislat fazilatlari bilan belgilan

Доказательный фрагмент

«In this article, pedagogical and psychological features of preparing students for social family life, as well as giving importance to spiritual environment and moral issues in families, ways of reaching maturity based…»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, pedagogical and psychological features of preparing students for social family life, as well as giving importance to spiritual environment and moral issues in families, ways of reaching maturity based… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Family, neighborhood, students, youth, society, education, innovative ideas, Oila, mahalla, talaba yoshlar, jamiyat, ta’lim-tarbiya, innovatsion g‘oyalar, milliy qadriyat, urf-odat, an’analar, pedagogik madaniyat., Family, neighborhood, students, youth, society, education, innovative ideas, national value, customs, traditions, pedagogical culture., Семья, соседство, студенты, молодежь, общество, образование, инновационные идеи, национальные ценности, обычаи, традиции, педагогическая культура.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники