К содержанию
РецензированоRU2023

АНАЛИЗ ФРАЗИЙ В ТРАГЕДИИ «МЕДЕЯ»

Norsafarova Nilufar

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

This article, first of all, talks about the tragedy "Medea" by Euripides, and at the same time about the expressions and proverbs that are very important in the work. About 100 phrases and dozens of proverbs will be analyzed. Key words: Medea, phrase, phrase, proverb, tragephy, exaggeration, phraseology, proverb, simile. АНАЛИЗ ФРАЗИЙ В ТРАГЕДИИ «МЕДЕЯ» Аннотация. В этой статье, прежде всего, говорится о трагедии Еврипида «Медея», а вместе с тем и о выражениях и пословицах, которые очень важны в произведении. Будет проанализировано около 100 фраз и десятки пословиц. Ключевые слова: Медея, словосочетание, словосочетание, пословица, трагедия, преувеличение, фразеология, пословица, сравнение. Avvalo, "Medeya" tragediyasining qisqacha mazmuniga toʻxtalib oʻtamiz. Asarni rus tilidan Asqar Qosimov tarjima qilgan. Asardagi qatnashuvchilar, yaʼni bosh obrazlar Medeya, Yason, Kreont, Yasonning oʻgʻillari, enaga, chopar hisoblanadi. Asar janri tragediya boʻlib, tragediya adabiyotning dramatik tur janrlaridan biri hisoblanib fojia bilan tugaydigan sahna asarlariga nisbatan ishlatiladi. Asarda Medeyaning turmush oʻrtogʻi Yason Medeya va bolalaridan voz kechib, Kreont degan shohning qiziga uylanmoqchi boʻladi. Kreont esa Medeya mening qizimning hayotiga xavf solmasin, deb uni saroydan bolalari bilan birga haydashga buyruq beradi. Ayol esa bir kun qolishga izn soʻraydi. Medeya oʻsha bir kun ichida hammadan qasos olish uchun payt poylaydi. Yason bilan suhbatlashganda, yangi nikoh senga xurramlik olib kelmasin, deb xayrlashadi, ammo asar voqealari rivoji jarayonida oʻzini unga xayrixoh qilib, kelinni, yaʼni shoh Kreontning qizini oʻldirish rejasini tuzadi. Yasonni yoniga chaqirib shunday deydi: Bunda boʻlgan mashmashaga avvalo uzr, Tazarruim qabul ayla, Yason, muhabbat – Bilasanmi, oramizda uzoq yashadi. Qiziqqonlik qilgan boʻlsam sen toʻgʻri tushun. Shoh malomat qilayotir deb oʻylabman men, Men, betavfiq, nega endi shaddodlik qildim? Aslida bu betginamga ursalar agar 2 67 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ U betimni tutib bersam boʻlarkan, axir Erim taxtga chiqmoqda-ya? Bordi-yu erim Shoh qiziga uylansa ham, bolalarimga Orttirsa ham uka-singil, uning bu ishi– Bizlar uchun... Qiziqqonlik hali shungami? Nima boʻldi oʻzi senga, Medeya bonu? Bu hammasi yo yaxshilik sari emasmi? Yo bizlarda bola yoʻqmi? Bormi yurt, shahar? Yo hammamiz biratoʻla quvgʻindimizmi Doʻstu yordan chetda? Ana shularni oʻylab Xomchoʻt qilib, angladimki, aqldan emas Qahru itob qilganlarim. Men endi dildan Seni olqab gʻururlandim. Burch va kamtarlik Seni, Yason, shu koʻylarga solgan aniq. Sen qaytadan uylanmoqni ixtiyor etib Reja tuzding. Xayolimga oʻshanda mening Senga loyiq yoʻl-yoʻriqlar berish kelmabdi, Kelinchakning xizmatlarin qilsam boʻlar-ku! Magʻrurlansam oliy nasab kundoshim bilan. Boʻladi-ku biz hammamiz xotinmiz asli– Sizlarga sal ozor berdik afu etgaysiz [Yevripid. Medeya. Fojia. Toshkent. Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti. 64-65-betlar]. Shunday deya Medeya Yasonning ishonchiga kirib, uning xotiniga zaharlangan sarpo va tillaqosh sovgʻa qiladi. Sovgʻalarni bolalari orqali joʻnatadi: Xotiningga bolalardin berib yuborgum, Men bilaman jahonda yoʻq bu kabi narsa. Toʻxta... Hozir, joriyalar, bittangiz harir Sarpo bilan tillaqoshni olib kelingiz. Bolalariga: Eng muhimi diqqat qiling bu kiyim-boshni Oʻzi olsin, qani boʻling, jadallang tezroq. Javobini zor-intizor kutajakman men Xayrli boʻlsin shak-shubhasiz, xudo yor boʻlsin. Bu voqeadan soʻng Medeya shoh qiziga zaharlangan sarpo va tillaqoshni berib yuboradi. Buni taqqan kelinchak rangi boʻzdek oqarib, yiqiladi. Qazo qiladi. Bundayin musibatga chidolmay shoh Kreont ham jon beradi. Medeya esa oʻgʻillarimni dushmanlarim oʻldirmasin, deya oʻz qoʻllari bilan oʻldiradi. Jasadni Yasonga koʻrsatishdan bosh tortib, aravaga oʻtirib, koʻzdan gʻoyib boʻladi... Qanchalar mudhish holat. Oʻz oilasiga xiyonat qilgan erkak va hamda buni koʻtara olmay kundoshi va bolalarini oʻldirgan ona (Yason taʼbiri bilan aytganda, ilon, urgʻochi arslon) obrazi. Gunohkorlar qoʻlida gunohsiz murgʻak ikkita oʻgʻilning uvol ketishi... 2 68 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Asarning mazmunini yana ham ochib berish uchun yozuvchi hozirgi kunda ham keng foydalanilayotgan maqollar, iboralardan unumli foydalangan. Har bir qahramon tilidan aytilgan hikmatlar, iboralar asar gʻoyasini kengroq ochib berishga xizmat qilgan. Tragediyada qoʻllanilgan ayrim frazemalarni tahlil qilishdan oldin aslida frazemalarning nima ekanligi haqida bilib olamiz. Frazeologiya tilshunoslikning bir boʻlimi boʻlib, u tilning lugʻat tarkibidagi frazemalar haqida maʼlumot beradi. Frazema koʻchma maʼnoli turgʻun konstruksiyadir. Masalan, zoʻraymoq (leksema) –avj olmoq (frazema), qiynalmoq (leksema) – azob chekmoq (frazema) kabi. Demak, frazema ham lek

Доказательный фрагмент

«This article, first of all, talks about the tragedy "Medea" by Euripides, and at the same time about the expressions and proverbs that are very important in the work.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article, first of all, talks about the tragedy "Medea" by Euripides, and at the same time about the expressions and proverbs that are very important in the work. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Medea, phrase, phrase, proverb, tragephy, exaggeration, phraseology, Medea, phrase, Medeya, frazema, Медея, словосочетание
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники