Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
СТРУКТУРА СЕРДЕЧНО-СОСУДИСТОЙ СИСТЕМЫ, ВИДЫ ВРОЖДЕННЫХ ПОРОКОВ СЕРДЦА И ИХ ПРИЧИНЫ.
Qodirov Farrux Ergash o’g’li · Neʼmatova Sevinch Azamatovna (Shahrisabz davlat pedagogika instituti “Matematika va ta’limda axborot texnologiyasi)
Современная наука и исследования · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada simsiz aloqa yaʼni Wi-Fi texnologiyasining rivojlanish tarixi, uning asosiy turlari va zamonaviy qo‘llanilish sohalari tahlil qilinadi. Wi-Fi texnologiyasi bugungi kunda global miqyosda eng keng qo‘llaniladigan simsiz aloqa texnologiyalaridan biri bo‘lib, u internetga ulanishni tez, qulay va samarali amalga oshirish imkonini beradi. Shuningdek, Wi-Fi turlarining farqlari, jumladan, Wi-Fi 4 (802.11n), Wi-Fi 5 (802.11ac), Wi-Fi 6 (802.11ax) va Wi-Fi 6E texnologiyalarining imkoniyatlari, tezligi va samaradorlik jihatlari o‘rganiladi. Maqolada Wi-Fi 7 texnologiyasining kelajakdagi istiqbollari ham yoritilib, uning internet tezligi va tarmoq sig‘imi bo‘yicha kutilayotgan yutuqlari haqida fikr yuritiladi. Bundan tashqari, Wi-Fi texnologiyasining zamonaviy qo‘llanilish sohalari, jumladan, uy tarmoqlari, korporativ infratuzilma, sanoat tizimlari, aqlli shaharlar va jamoat joylarida qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Wi-Fi xavfsizligi, muammolari va ularni bartaraf etish usullari haqida ham ma’lumot beriladi. Maqola yakunida simsiz texnologiyalarning kundalik hayotimizdagi oʼrni, ularning afzalliklari va kelajakdagi istiqbollari bo‘yicha umumiy xulosalar keltiriladi. Kalit soʻzlar: Wi-Fi, simsiz aloqa, router, 802.11 standarti, Wi-Fi 4, Wi-Fi 5, Wi-Fi 6, Wi- Fi 6E, Wi-Fi 7, internet texnologiyalari, simsiz tarmoq, IoT, chastota diapazoni, ma’lumot uzatish tezligi, xavfsizlik, tarmoq samaradorligi, kelajak texnologiyalari. Kirish. Axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan birga insonlarning kundalik hayoti va ish faoliyatida simsiz aloqa tizimlarining ahamiyati ortib bormoqda. Biz hozirgi kunda ularsiz hayotimizni tasavvur qila olmaymiz. Wi-Fi texnologiyasi ushbu jarayonda asosiy o‘rin tutadi. Wi-Fi tushunchasi ancha rivojlanib ketdi, bu haqida har xil fikrlar, tortishuvlar bo'ldi va bo'lmoqda. Ba'zilar bu terminni noto'g'ri tushunishi yoki noto'g'ri joyda ishlatishini siz ham sezgan bo'lsangiz kerak. Bu tushuncha internet tushunchasi bilan sinonim bo'la olmaydi. Bu bir texnologiya, ya'ni simsiz aloqa o'rnatish texnologiyasi bo'lib, internet, tarmoq qurish uchun vosita hisoblanadi. Wi-Fi texnologiyasining rivojlanish tarixi 1990-yillarga borib taqaladi. WiFi dastlab «Wireless Fidelity» ya'ni, «simsiz aniqlik» deb yuritilgan, hozirda bu termin o'rniga, oddiy WiFi deb yuritilish odat tusiga kirgan. Dastlabki yillarda ushbu texnologiya cheklangan tezlik va qamrov maydoni bilan ajralib turgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib yuqori tezlik, barqarorlik va keng ko‘lamli qo‘llanilish imkoniyatlariga ega bo‘ldi. Wi-Fi tarmog‘ining rivojlanishi 802.11 standartlariga asoslangan bo‘lib, har bir yangi avlod avvalgisiga nisbatan yaxshiroq natijalarni ta’minlashga qaratilgan. Wi-Fi simsiz aloqa texnologiyasi bo'lganidan keyin, ma'lum bir tashuvchisiga ega bo'lishi kerak, bu tashuvchi chastota deb yuritiladi. Chastota orqali har xil signallar uzatiladi va qabul qilinadi. Signallarning bir biriga halaqit bermasligi uchun, umumiy standart bo'lib, bu standartda qaysi signal qaysi chastotada uzatilib, qabul qilinishi belgilab qo'yilgan. Wi-Fi texnologiyasi ishlatish uchun, uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilma kerak bo'ladi. Bular o'rtacha 2.4 Ggs chastotadagi signallarni qabul qiladi va uzatadi. Bu yerdan texnologiyaning dastlabki kamchiligi paydo 116 bo'ladi, ya'ni bu chastotada boshqa qurilamalar ham ishlaydi, yaʼni bluetooth. Demak bir- biriga biroz halaqit berishi mumkin. 2000-yillar boshida 802.11b va 802.11a standartlari joriy qilindi. 802.11b 11 Mbps tezlikni qo‘llab-quvvatlasa, 802.11a esa 5 GHz chastota diapazonida 54 Mbps tezlikni ta’minladi. 2003-yilda esa 802.11g standarti taqdim etildi va u 54 Mbps tezlikda ishlash imkoniyatini berdi. Mavzuga doir adabiyotlar tahlili. Wi-Fi texnologiyasining rivojlanishi va uning turli avlodlari haqida ilmiy maqolalar, texnik hujjatlar va amaliy qo‘llanmalar ko‘plab tadqiqot institutlari, IT kompaniyalari hamda xalqaro standartlashtirish tashkilotlari tomonidan chop etilgan. Quyida ushbu sohadagi muhim adabiyotlar tahlil qilinadi.Quyida "Wireless (Wi-Fi) texnologiyasining rivojlanishi va turlari" mavzusiga oid asosiy adabiyotlar keltirilgan. Ushbu manbalar Wi-Fi texnologiyasining tarixi, rivojlanish bosqichlari, zamonaviy standartlari va qo‘llanilish sohalarini o‘rganishda foydali bo‘ladi, albatta. Kurose J., Ross K. "Computer Networking: A Top-Down Approach" – Pearson Education, 2021. Ushbu kitob kompyuter tarmoqlari bo‘yicha eng mashhur darsliklardan biri bo‘lib, top- down (yuqoridan pastga) yondashuv asosida tarmoqlarni tushuntiradi. Ya’ni, dasturiy ilovalar va yuqori darajadagi protokollardan boshlab, pastroq darajadagi tarmoq va jismoniy darajagacha tushuntiriladi. Stallings W. "Wireless Communications & Networks" – Pearson, 2005. Bu kitob simsiz aloqa va tarmoqlarning asosiy tushunchalarini, texnologiyalarini hamda standartlarini o‘rgatuvchi muhim manbalardan biridir. Kitobda asosan simsiz aloqa asoslari, mobil aloqa tizimlari, Wi-Fi va WLAN texnologiyalari, Bluetooth va bo
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada simsiz aloqa yaʼni Wi-Fi texnologiyasining rivojlanish tarixi, uning asosiy turlari va zamonaviy qo‘llanilish sohalari tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada simsiz aloqa yaʼni Wi-Fi texnologiyasining rivojlanish tarixi, uning asosiy turlari va zamonaviy qo‘llanilish sohalari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Серце, сосуды, ткани, Heart, vessels, tissues,, Yurak, tomirlar, to’qimalar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024