К содержанию
РецензированоUZ2021

Maktabgacha yoshdagi bolalarning intelektual qobilyatlarini rivojlantirishda mobil ilovalar ishlab chiqish

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING INTELEKTUAL · QOBILYATLARINI RIVOJLANTIRISHDA MOBIL ILOVALAR ISHLAB · Aynaqulov Tohir Turg‘un o‘g‘li

Информатика и инженерные технологии · 2021

Аннотация

Maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsining shakllanishi bog‘cha yoshidagi bolalar shaxsining shakllanishiga ko‘ra, bu davrni uch bosqichga ajratish mumkin Birinchi davr: Bu 3-4 yosh oralig‘ida bo‘lib, bola emotsional jihatdan o‘z- o‘zini boshqarishning mustahkamlanishi bilan bog‘liqdir; Ikkinchi davr: - Bu 4-5 yoshni tashkil qilib axloqiy o‘z-o‘zini boshqarish; Uchinchi davr: - shaxsiy ishchanlik va tadbirkorlik xususiyatining shakllanishi bilan xarakterlanadi. Mana shu uch davrda bola rivojlanishi asosiy kasb etadi ya’ni bolaning o‘ynashi, ko‘p savollar berishi va bu savollari orqali bola o‘zining bilim saviyasini oshirib boradi.Biz ota-onalarga yengillik bo’lish maqsadida Babby alphabet degan mobil ilova ishlab chiqmoqdamiz. Bu bolalarga maktabgacha bilim va salohiyatini yuksaltirib borishda xizmat qiladi. Vazirlar Mahkamasining 03.08.2021 yildagi “Mobil guruhlar bazasida maktabgacha ta’lim хizmatlarini koʻrsatish tizimini yanada rivojlantirish chora- tadbirlari toʻgʻrisida”gi 494-son qarori qabul qilindi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ingliz tili sohasidagi taʼlim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, Ingliz tili sohasidagi taʼlim sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish va ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy qilishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi. Kalit so‘zlar: Android studio, Java dasturlash, mobil ilova,platforma,Android qurilma,kompyuter va telefon qurulmalari. Asosiy qism. O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida, o‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda o‘sib borayotgan avlodni sog‘lom va har tomonlama yetuk voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etishga qaratilgan maktabgacha ta’limning samarali tizimini tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari sonini yanada oshirish va ular ko‘rsatadigan xizmat turlarini kengaytirish uchun mustahkam poydevor bo‘ldi. Shu bilan birga, olib borilgan tahlil, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrovini ta’minlash, maktabgacha ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv-metodik materiallar va badiiy adabiyotlar bilan to‘ldirish, sohaga malakali pedagog va boshqaruv kadrlarini jalb 259 qilish masalalarini hal etish zarurligini ko‘rsatmoqda. Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, bolalarning sifatli maktabgacha ta’limdan teng foydalanishini ta’minlash, maktabgacha ta’lim xizmatlarining nodavlat sektorini rivojlantirish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018- yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3955-son qaroriga muvofiq: a) O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq, quyidagilarni nazarda tutgan holda: b) maktabgacha ta’lim sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish; c) maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish; d) bolalarning sifatli maktabgacha ta’lim bilan qamrovini oshirish, undan teng foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash, mazkur sohada davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish; e) maktabgacha ta’lim tizimiga innovatsiyalarni, ilg‘or pedagogik va axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish. Bugungi kun dolzarb masalalaridan biri, bu maktabgacha yoshdagi bolalarning ilmiy salohiyatini oshirish hisoblanadi. Men bu maqolamda, makatabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanish bosqichlari 4 qismdan iborat ekanligidan maktabgacha yoshdagi bolalarning pisixik taraqqiyoti, 3-7 yoshgacha bo‘lgan davr bog‘cha yoshi davri yoki maktabgacha yosh davri hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasida juda tez sifat o‘zgarishlari bo‘lishini inobatga olgan holda 3 davrga: a) kichik maktabgacha davr (3-4 yosh) , b) (kichik bog‘cha yoshi), (4-5 yosh) c) o‘rta maktabgacha davr, (o‘rta bog‘cha yoshi) , d) katta maktabgacha davr (6-7 yosh) (katta bog‘cha Yoshi)ga ajratish mumkin. Bola rivojlanish jarayonida kishilik avlodi tomonidan yaratilgan predmet va hodisalar olami bilan munosabatga kirishadi. Bola insoniyat qo‘lga kiritgan barcha yutuqlarni faol ravishda o‘zlashtirib, egallab boradi. Bunda predmetlar olamini, ular yordamida amalga oshiriladigan xatti-harakatlarni, tilni, odamlar orasidagi munosabatlarni egallab olishi, faoliyat motivlarining rivojlanishi, qobiliyatlarning o‘sib borishi, katta yoshli kishilarning bevosita yordamida amalga oshirilib borilishi kerak. Asosan, shu davrdan boshlab bolaning mustaqil faoliyati kuchaya boshlaydi. Bog‘cha yoshidagi bolalar kattalarning yordami bilan suratlarni analitik ravishd

Доказательный фрагмент

«Maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsining shakllanishi bog‘cha yoshidagi bolalar shaxsining shakllanishiga ko‘ra, bu davrni uch bosqichga ajratish mumkin Birinchi davr: Bu 3-4 yosh oralig‘ida bo‘lib, bola emotsional jih…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsining shakllanishi bog‘cha yoshidagi bolalar shaxsining shakllanishiga ko‘ra, bu davrni uch bosqichga ajratish mumkin Birinchi davr: Bu 3-4 yosh oralig‘ida bo‘lib, bola emotsional jih… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
игра, оптическое распознавание символов, development., design, mobile application, ishlab chiqish, разработка, проектирование, optik belgilarni aniqlash, mobil ilova, optical character recognition, dizayn, game, мобильное приложение, o'yin
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники