К содержанию
РецензированоRU2023

ОПЫТ РАЗВИТЫХ СТРАН В БОРЬБЕ С КОРРУПЦИЕЙ

Oripova Mexriniso Murodjonovna

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

This article analyzes corruption, the concept of combating corruption, issues of responsibility for corruption-related crimes in developed foreign countries, and their experience in preventing corruption. In particular, the legislative documents of Singapore, Malaysia, New Zealand, China, South Korea, Germany, Great Britain, USA, Georgia, Spain and a number of other countries were studied and analyzed. Key words: corruption, corrupt crimes, fight against corruption, abuse of power, bribery, official crimes. Bugungi kunda jamiyat va davlatning rivojlanishiga erishish bir tomondan sohalardagi muammolarni aniqlash hamda uni izchillik bilan bartaraf etish choralarini ko‘rish bilan bog‘liq bo‘lsa, boshqa tomondan bu vazifalarning amalga oshirilishi kadrlar siyosati shaffofligini ta’minlash hamda uni korrupsiyadan holi qilish zaruriyatini taqozo etadi. Davlat organlari yoki huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning ish faoliyatida favoritizm, nepotizm, urug‘-aymoqchilik, tanish-bilishchilik yoki hokimiyatni suiiste’mol qilish kabi korrupsiyaning bir necha shakllari ko‘zga tashlanishi mumkin. Ko‘pgina xorijiy mamlakatlarda boshqa tarmoqlardagi singari kadrlar bilan ishlash masalasida ham korrupsiyaga qarshi kurashishga oid mexanizmlar amaliyotga joriy etilgan. Xususan,- ishga qabul qilishda ta’lim 1 39 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ jarayonida olingan baholar (Germaniya) yoki ishga kirish imtihonlaridan a’lo darajada o‘tishga asosiy e’tibor qaratiladi (Janubiy Koreya);- korrupsiya jinoyatini sodir etgan shaxsning ushbu lavozimda qayta ishlashiga cheklov o‘rnatilgan;- ish vaqtidan tashqari ishlash taqiqlanadi;- xususiy kompaniyalarga egalik qilish soni cheklangan;- korrupsiyaviy omillar haqida xabar berish (whistle blowing) va boshqalar. Inson resurslarini boshqarishda mansabni suiiste’mol qilish alomatlariga barham berishda o‘ziga xos tendensiyalarni amalga oshirgan davlatlardan biri AQSH bo‘lib, ushbu davlatda korrupsiyaga qarshi qonunchilik anchayin murosasiz xarakterga ega.AQSHda davlat xizmatchilari orasida korrupsiya profilaktikasini ta’minlash maqsadida, “Ma’muriy axloq” qoidalari ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, davlat xizmatchisi lavozim maoshi summasining 15 foizidan yuqori bo‘lgan haq evaziga tashqi o‘rindoshlik asosida boshqa joyda ishlashi taqiqlanadi. Bu cheklov AQSH senati a’zolaridan tashqari barcha mansabdor shaxslarga taalluqli hisoblanadi. AQSHning korrupsiyaga qarshi kurashish strategiyasining yana bir muhim qoidasi bu – mansabdor shaxsning sovg‘a olishiga nisbatan taqiq qo‘yilganligidir. Qoidaga muvofiq, barcha davlat idorasi xodimlarining bir kalendar ish yili mobaynida umumiy qiymati 100 AQSH dollardan oshadigan sovg‘alarni qabul qilishi taqiqlanadi (AQSH Kongressi xodimlari 250 AQSH dollargacha). Bundan tashqari, Ma’muriy axloq qoidalariga binoan, sayohat bileti shaklida sovg‘a olishga ham cheklov bor. Bunda, mamlakat ichida sayohat qilishda 3 kun (ikki kecha), chet elga esa, 7 kungacha (olti kecha) chegara belgilangan. Bunday cheklov hattoki senatorning oila a’zolariga ham tatbiq qilinadi. Buyuk Britaniyada xodimlar va ish beruvchilar o‘rtasida korrupsiyaviy omillar urchishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida “Davlat xizmati kodeksi” ishlab chiqilgan. Ushbu kodeks normalariga amal qilish barcha davlat xizmatchilari ish faoliyatining asosiy sharti hisoblanib, halollik, haqgo‘ylik, obyektivlik va xolislik tamoyillariga asoslangan. Qoidalarga ko‘ra, barcha vazirlik xodimlari o‘z faoliyatida manfaatlar to‘qnashuviga duch kelganligi yoxud sovg‘a-salom olgan yoki olmaganligidan qat’iy nazar har 6 oyda elektron deklaratsiyani to‘ldirishi lozim. O‘z navbatida deklaratsiya to‘ldirilishi bilanoq tashkilot rahbari avtomatik ravishda xabardor qilinadi va rahbarlar 5 ish kunida deklaratsiya ma’lumotlarini ko‘rib chiqishi hamda tegishli choralarni ko‘rishi joiz. Shuningdek, Buyuk Britaniyada xodimlarning tengligi va ish haqi to‘lanishida shaffoflikka erishish maqsadida “Rahbar xodimlar ish haqini tekshirish organi (Review Body on Senior Salaries)” tashkil etilgan. Ushbu organ yuqori lavozimli davlat xizmatchilari, sud tizimi, harbiylar, politsiya xodimlari va Angliya sog‘liqni saqlash xizmatining yuqori martabali xodimlari uchun mehnatga haq to‘lash borasida maslahat beradi. Shu bilan birga, barcha vazirlik va idoralarda faoliyat yurituvchi xodimlarning qancha maosh olishi Hukumatning veb-saytida muntazam ochiq e’lon qilib borilishi qoida tariqasida amal qiladi. Aytish joizki, Buyuk Britaniyada ish samaradorligiga erishish va korrupsiyani oldini olishda shuningdek, tashkilotlarda ichki audit tomonidan xarajatlar auditi nazoratga olingan. Bunda har bir tashkilotda ish vaqtida amalga oshirilgan barcha xarajatlar jumladan, xodimlarning xizmat safarlardagi xaridlarining cheklari ham 3 yilgacha saqlanishi talab etiladi. Ichki audit istalgan paytda korxonaning yoki xodimning xarajatlarini tekshirish huquqiga ega. Ko‘plab d

Доказательный фрагмент

«This article analyzes corruption, the concept of combating corruption, issues of responsibility for corruption-related crimes in developed foreign countries, and their experience in preventing corruption.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes corruption, the concept of combating corruption, issues of responsibility for corruption-related crimes in developed foreign countries, and their experience in preventing corruption. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
corruption, corrupt crimes, fight against corruption, abuse of power, bribery, corruption, corrupt crimes, korrupsiya, korrupsiyaviy jinoyatlar, коррупция, коррупционные преступления
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники