Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
Murakkab matematik masalalarni bajarishda “MAPLE” amaliy dasturidan foydalanish
MURAKKAB MATEMATIK MASALALARNI BAJARISHDA “MAPLE” · AMALIY DASTURIDAN FOYDALANISH · Halimov O‘ktam Haydarovich · Yakubxonova Mohira Usanovna
Информатика и инженерные технологии · 2022
Аннотация
Ushbu maqolada iqtisodiyot, mexanika, matematika, fizika, muhandislik masalalarining analitik va sonli yechimlarini bajarishda “MAPLE” dasturining tutgan o‘rni haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar. Kompyuter, matematika, dastur, grafik, talaba. Yurtimizda amalga oshirilayotgan ta’lim sohasidagi islohotlar respublikaning ravnaqini ta’minlaydigan istiqboldagi rejalarini amalga oshirishda muhim o‘rin tutadi. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-madaniy taraqqiyotining asosi, bugungi kunda ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchi-talabalarning bilim darajasi va egallagan ko‘nikmalariga bog‘liq ekanligini e’tirof etmoqda. Hozirgi zamon yoshlari bilimi va tarbiyasi davr talabiga javob beradigan hamda umuminsoniy ta’lim-tarbiya shakl-tamoyillari bilan hamohang bo‘lishi zarur. Mamlakatimizda samarali mutaxassilik ta’limi tizimini joriy etishga qaratilgan tub islohotlar natijasida bo‘lajak mutaxassislar tayyorlashning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari va axborot-metodik imkoniyatlari kengaytirilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” PF-60-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 maydagi PQ-4708- sonli “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Qarorda ta’lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab qo‘yilgan. Bugungi kunda matematik dasturlarning o‘quv jarayonidagi o‘rni va roli ancha sezilarli va samaraliroqdir. Talabalarda matematik paketlardan foydalanish ko‘nikmalari va malakalarini shakllantirish matematika va informatika fanlarining asosiy komponentalaridan biridir. Murakkab matematik masalalarni yechishni osonlashtirish orqali matematikani o‘rganishda yaqindan yordam beradi hamda uni qiziqarli va juda oddiy jarayonga aylantiradi Maple dasturlashsiz katta hajmdagi masalalarni yechish imkoniyatiga ega. Faqat masalalarni yechish algoritmini yozish va uni bir necha bo‘laklarga bo‘lish kerak. Bundan tashqari yechish algoritmlari funksiya va sistema buyruqlari ko‘rinishida hal qilingan minglab masalalar mavjud. Matematik dastur foydalanish uchun ancha qulaydir. Uning interfeysi shunchalik qulay qilinganki, undan foydalanuvchi dastur oynasi bilan xuddi qog‘oz varag‘i singari ishlaydi. Unga sonlar, formulalar, matematik ifodalar va hokazolarni yozadi. Maple tizimi matn muharriri, kuchli hisoblash va grafik prosessoriga ega. Matn muharriri matnlarni kiritish va muharrirlash uchun ishlatiladi. Matnlar izohlardan iborat bo‘lib unga kiritilgan matematik ifodalar bajarilmaydi. Matn so‘zlar, matematik 202 ifoda va formulalar, maxsus belgilar va hokazolardan iborat bo‘lishi mumkin. Maplening asosiy xususiyati matematikada umumiy qabul qilingan belgilarning ishlatilishidadir [1-2]. Hisoblash prosessori keng imkoniyatga ega. U murakkab matematik formulalar boyicha hisoblashlarni bajaradi. Ko‘plab matematik funksiyalarga ega bo‘lish bilan birga, qatorlar, yig‘indi, ko‘paytma, hosila va aniq integrallarni hisoblash, kompleks sonlar bilan ishlash, hamda chiziqli va chiziqli bo‘lmagan tenglamalarni yechish, vektor va matrisalar ustida amallar bajarish imkoniyatini yaratadi. Grafik prosessori loyiha grafiklar yaratish va uni ekranga chiqarish uchun ishlatiladi. Grafik prosessor bo‘lajak muhandisni grafik vositalarining eng qulay va sodda imkoniyatlari bilan ta’minlaydi. Bo‘lajak muhandis oddiy loyiha grafigini tizim bilan ishlashni boshlashdanoq chizishi mumkin. Tradision ko‘rinishdagi grafik bilan birgalikda, fazoviy grafiklar, vektorli maydon grafiklari va hokazolarni yasash mumkin. Grafik qiyin loyihalash masalalarni yechish uchun mo‘ljallangan. Shu bilan birga grafikni tez - tez o‘zgartirish, ularga matnli yozuvlarni qo‘shish va uni hujjatni ixtiyoriy joyiga ko‘chirish imkoniyati mavjud. Bitta ishchi sohaga matnni, grafikani va matematik hisoblashlarni joylashtirish orqali Maple eng murakkab hisoblashlarni tushunishni ham yengillashtiradi [3-4]. , Misol. , parametrik berilgan egri chiziqlarning grafigini ramkada chizish (1-rasm): > plot([sin(2*t),cos(3*t),t=0..2*Pi], axes=BOXED, color=blue); 1-rasm. Maple dasturida yaratilgan ramkadagi egri chiziqlar Misol: Koordinatalar tekisligida koordinatalar grafigini nomi bilan yasash (2-rasm): > plot(1+cos(x), x=0..2*Pi, title="Cardioida", coords=polar, color=coral, thickness=2); 2-rasm. Maple dasturida yaratilgan koordinata tekisligi 203 y = s in 2 t x = c o s 3 t 0 t 2 =1+cos Shunga o‘xshash grafiklarni yasash orqali talabalarda loyhalash va loyihali tadqiqotchilikka nisbatan motivatsiya oshadi. Matematika va unga turdosh fanlar mashg‘ulotlarida maple dasturiy vositalardan foydalanib o‘qitish, darslarning ko‘rgazmaliligi, ta’lim sifati va samaradorligi oshishi hamda mashg‘ulotlarni tashkil etish metodikasini takomillashtirishga xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati: 1. Abduqodirov A... Hisoblash matemat
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada iqtisodiyot, mexanika, matematika, fizika, muhandislik masalalarining analitik va sonli yechimlarini bajarishda “MAPLE” dasturining tutgan o‘rni haqida so‘z boradi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada iqtisodiyot, mexanika, matematika, fizika, muhandislik masalalarining analitik va sonli yechimlarini bajarishda “MAPLE” dasturining tutgan o‘rni haqida so‘z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Компьютер, talaba, программное обеспечение, студент, grafik, matematika, dastur, mathematics, Computer, software, графика, graphics, student, математика, Kompyuter
Смежные источники
ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021
The American Journal of Applied sciencesUsmonova Manzura Isakovna, Umarova Nasiba Erkinovna +22021
The American Journal of Applied sciencesHydrogeological Conditions, J.X. Djumanov +22021