Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Naslli qorako'l qo'zilari qonining biokimyoviy tarkibiga probiotiklarning ta‟siri
PROBIOTIKLARNING TA’SIRI
Актуальные проблемы пустынного животноводства, экологии и создания пастбищных агрофитоценозов · 3 · 2018
Аннотация
Ushbu maqolada naslli erkak qorako‘l qo‘zilarini oziqlantirishda probiotiklardan foydalanishning ahamyati o‘rni hamda qonining biokimyoviy ko‘rsatkichlarini o‘rganish natijalari keltirilgan. Kalit sozlar: qorako‘l qo‘zi, probiotik, qon, eritrosit, leykosit, gemoglobin, ozuqa. Summary. This article presents the rule of the use probiotics in feeding of breeding male Cormarant lambs, as well as the results of the study of biochemical indicators of blood. Key words: karakul lamb, probiotic, blood, erythrocyte, leukocyte, hemoglobin, feed. Kirish. Qorako‘lchilik chorvachilikning asosiy tarmoqlaridan biri bo‘lib ozuqa bazasini asosiy qismi dag‘al ozuqalardan iborat bo‘ladi, ushbu ozuqalarning energetik qiymati past bo‘lganligi uchun oziqlantirish ratsionlarning umumiy to‘yimliligi va biologik qiymatini oshirish maqsadida ozuqaviy qo‘shimchalardan foydalanish muhim hisoblanadi. Dag‘al ozuqalarning hazmlanishida katta qorin suyuqligi tarkibidagi tirik mavjudotlar ya’ni bakteriyalar muhim ro‘l o‘ynaydi. Ozuqalarning yaxshi hazmlanishi esa organizmning yaxshi o‘sishi va rivojlanishi, mahsuldorlikning yuqori bo‘lishi uchun asosiy manba hisoblanadi. Olimlarning yozishicha eritrositlar organizm uchun ahamyati katta hujayralardir chunki ular tarkibdagi gemoglabin kislorodni hamda aminokislatalarni biriktirib organizmning barcha organ va to‘qimalariga tashib berish hamda karbonat angidridni va chiqindi moddalarni ayiruv organlariga yetkazib berish vazifasini bajaradi. Leykositlar organizmda asosiy himoya vazifasini bajaradi shulardan fogositoz-yod moddalarni yemirish, antitelalarni ishlab chiqarish va oqsil tabiatli toksinlarni chiqarib tashlash vazifalarini bajaradi [4]. Qon tarkibida glyukozaning normada bo‘lishi hayvon organizmida moddalar almashinuvi me’yorda bo‘lishini taminlaydi. Oqsillar miqdori hayvon organizmida ularning yoshiga, jinsiga, yilning fasliga qarab o‘zgarib turadi. Oqsillar organizmda asosiy qurilish funksiyasini bajaradi [6]. 104 Turli mamlakatlarda o‘tkazilgan tajribalarda Baktovit (j-2) va baktovit probiyotigi qo‘shilgan ozuqalarda fermentlanish jarayoni nazorat guruhiga nisbatan ancha tez boshlanishi, fermentatsiya davrida aminokislatalar miqdori 28% gacha oshishi va chiqindilarda to’yimli moddalar qoldiqlarining 4,5-5,5% ga kamayishi aniqlangan [1]. Tadqiqotlarda kavsh qaytaruvchi hayvonlarning oshqozonida ozuqaning hazm bo‘lishida bakteriyalar muhim ro‘l o‘ynaydi ular selluloza (dag‘al asosiy qismi), kraxmal monosaxaridlar, kislotalar (sut kislotasi va qahrobo, chumoli kislotalar) lipidlarni fermentativ parchalanishiga uchratadi va azotli birikmalar kanversiyasida ishtirok etadi [3]. Olimlar takidlashicha, tajribalarda o‘sish bo‘yicha nazorat guruhidan 24,8% 4 oylikka kelib 20,6% ga kuzatilgan. Qon tarkibidagi eritrositlar miqdori 4 oylikda nazorat guruhiga nisbatan 17% ga yuqori bo‘lgan [2]. Probiotiklar hayvon organizmida oshqozon ichaklarda ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilash bilan bir qatorda ularni har xil kassaliklardan himoya qilishi isbotlangan [7]. Qo‘ylar uchun maxsus ishlab chiqarilgan yani eksudirlangan yem hamda probiotiklar qorako‘l qo‘ylariga berilganda qo‘ylarning o‘sish,rivojlanishiga va sovliqlarning sut mahsuldorligiga ijobiy ta’sirini ko‘rsatgan [5, 8, 9]. Tadqiqotning maqsadi. Qorako‘l qo‘zilari qonining tarkibiy qismi bo‘lgan eritrositlar, leykositlar, gemoglabin, umumiy oqsil va glyukozaning miqdoriy o‘zgarishiga probiotiklarning ta’sirini aniqlashdan iborat. Tadqiqot uslublari. Tadqiqotlar Samarqand viloyati Nurobot tumani “Saxoba Ota” MCHJ da amalga oshirildi. Tajriba va nazorat guruhlari bir xil sharoitda saqlandi va oziqlantirildi. Tajriba guruhiga “Aktivil-3” probiotigi qo‘llanmaga asosan bir kunda 300 gr/t miqdorda berildi. Tajriba uchun 6 oylik erkak qo‘zilardan 3 tadan ajratilib belgilangan tartibda probirkalarga 5 ml dan qon namunalari olindi. Qon namunalaridan eritrositlar, leykositlar Goryayev to‘rida, gemoglobin Sally genametrda umumiy oqsil refrektometrda, glyukoza miqdori Glyukometr kabi zamonaviy uskunalarida, Samarqand veternariya meditsinasi chorvachilik va biotexnologiyalar universteti “Hayvonlar ichki yuqumsiz kassaliklari” kafedrasi “Gemotologiya” laboratoriyasida o‘rganildi. Tajribadan olingan ma’lumotlar variyatsion statistika usullarida qayta ishlandi. Bunda har bir belgining o‘rtacha arifmetik ko‘rsatkichi (X), uning xatosi (Sx), o‘zgaruvchanlik koeffsenti (Cv) va guruhlar o‘rtasidagi farqning ishonchliligi (P) aniqlandi [10]. Tadqiqot natijalari. Tadqiqotda probiotik bilan oziqlantirilgan qo‘zilar qonining shaklli elementlari hamda tarkibiy qismi o‘rganildi va quyidagi 1-jadvalda bayon qilindi. 1-jadval Qorako‘l qo‘zilari qonining biokimyoviy ko‘rsatkichlari, n=3 O‘lchov Me’yori Tajriba guruhi Nazorat guruhi Koʻrsatkichlar birliklari o‘rtacha X±Sx Cv,% X±Sx Cv,% Eritrosit Mln/mkl 7,0-12,0 7,98±0,34* 7,39 7,36±0,29 6,9 Leykosit Ming/mkl 6,0-14,0 8,9±0,5* 9,7 8,63±0,26 5,2 Gemoglobin g/l 79-119 80±3,97* 8,1 74,3±1,76 4,1 Umimiy oqsil g/l 65-76 67
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada naslli erkak qorako‘l qo‘zilarini oziqlantirishda probiotiklardan foydalanishning ahamyati o‘rni hamda qonining biokimyoviy ko‘rsatkichlarini o‘rganish natijalari keltirilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada naslli erkak qorako‘l qo‘zilarini oziqlantirishda probiotiklardan foydalanishning ahamyati o‘rni hamda qonining biokimyoviy ko‘rsatkichlarini o‘rganish natijalari keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- karakul lamb, probiotic, blood, erythrocyte, leukocyte, hemoglobin, feed, probiotik,, leukocyte,, qorako‘l qo‘zi,, karakul lamb, probiotic,, hemoglobin,, eritrosit,, qon,, feed., ozuqa, gemoglobin,, erythrocyte,, blood,, leykosit,
Смежные источники
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026