Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
O‘zbekiston respublikasida qurilish soxasidagi investitsion muhit
.Xoljigitov D. · Isroilov I. GRAFLAR NAZARIYASI YORDAMIDA · O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA QURILISH SOXASIDAGI · INVESTITSION MUHIT · Usmonova Vasila Botirovna
Информатика и инженерные технологии · 2020
Аннотация
Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasida investitsiyalar soxasida amalga oshirilayotgan isloxatlar, soxalarga jalb qilinayotgan xorijiy, to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar shu qatorda qurilish soxasiga jalb qilinayotgan investitsiylar yuzasidan tahliliy ma’lumotlar hamda muallif takliflari keltirib o’tilgan. Kalit soʻzlar: xorijiy investitsiyalar, qurilish, investitsion muhit. Butun dunyoda har qanday zamonda iqtisodiyotga yangi texnologiyalarni jalb qilish, soxalarga investitsiyalarni jalb qilish, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish asosiy yo’nalishlaridan xisoblangan. Ayni shu sababli mamlakatning turizm soxasida, ijtimoiy-iqtisodiy soxasida, asosiy yo’nalishlaridan xisoblangan qurilish soxasiga ham albatta keng qamrovli kapital jalb qilish lozim. Yurtimizda ham jahon miqiyosidagi talablarga javob beradigan investitsion muhit yaratilgan. Hukumat tomonidan investorlar uchun barcha qulayliklar yaratib berilgan. Shu sababli ham, yurtimizda 2022-2026 yillarga mo’ljallangan O’zbekiston Respublikasini kompleks rivojlantirish dasturi bo’lmish “Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”ni uchinchi yo’nalishi ham aynan ushbu soxaga yo’naltrilgan bo’lib, davlat va jamiyat qurilishiga keng imkoniyatlar yaratishga e’tibor qaratilishi ko’zda tutilgan edi. 2023- yilning yanvar oyida, O‘zbekiston Respublikasida jami 5 011,9 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o’sish suratlari 2022- yilning yanvar oyida hududlar kesimida xususan, Toshkent shahri (1721,7 mlrd. so‘m), Toshkent viloyati (480,0 mlrd. so‘m) va Farg‘ona viloyatida (344,5 mlrd. so‘m) qurilish ishlarining yuqori hajmi qayd etildi. 2023- yilning yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasida bajarilgan qurilish ishlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha: 191 - binolar va inshootlar qurish yo‘nalishi 67,1 % ulushni tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 66,5 % ni tashkil etdi; - fuqarolik obyektlarini qurish yo‘nalishi 19,9 % ulushni tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 70,9 % ni tashkil etdi; - ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari yo‘nalishi 13,0 % ulushni va 2022- yilning mos davriga nisbatan 56,1 % ni tashkil etdi. Bajarilgan qurilish ishlarining katta qismi yangi bino va inshootlarni qurishga tegishli. Jami qurilish ishlarining 65,8 % i yoki 3 296,7 mlrd. so‘m qurilish ishlari aynan iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar-joy va boshqa jtimoiy obyektlarni yaratishga qaratilgan. Yirik qurilish tashkilotlari bo‘yicha yangi qurilish hisobidan 302,7 mlrd. so‘mlik ishlar bajarildi yoki jami yirik qurilish tashkilotlarining yangi qurilish ishlaridagi ulushi 9,2 % ni tashkil etdi. Kichik korxona va mikrofirmalar bo‘yicha yangi qurilish hisobidan 1 988,6 mlrd. so‘m yoki jami kichik korxona va mikrofirmalarning yangi qurilish ishlaridagi ulushi 60,3 % ni tashkil etdi. Yangi qurilish ishlari hajmida norasmiy sektor hissasi 1 005,4 mlrd. so‘m yoki ularning jamiga nisbatan ulushi 30,5 % ni tashkil etdi. Yuqoridagi raqamlardan ham ko’rishimiz mumkinki yildan-yilga yurtimizdagi investitsion muhit yaxshiliki hamda aholining daromadlari oshganini xulosa qilib olishimiz mumkin Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida investitsiya jarayonlarini tartibga solish, yo’nalishi va taqsimlanishini to’g’ri aniqlashning iqtisodiy asoslarini yaratish, ishlab chiqilgan siyosatni amalga oshirishga imkon tug’diruvchi shart-sharoitni ta’minlash investitsiya siyosatining muhim vazifalaridan biri bo’lib, iqtisodiy o’sishga aynan shu yo’l bilan erishish mumkin. Kichik korxonalar va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi joriy davrda qurilish ishlarini bajargan boshqa tashkilotlarga nisbatan keskin oshganligi kuzatildi. Iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha qurilish ishlarining asosiy qismi qurilish loyihalarini ishlab chiqish, turar joy va yashash uchun mo`ljallangan binolar qurish hamda yashash uchun mo`ljallanmagan binolarni qurish bo`yicha amalga oshirilgan qurilish ishlaridan tashkil topdi. 2023- yil yanvar oyida hududlar kesimida yangi qurilish ishlari bo‘yicha yuqori hajm, Toshkent shahri (988,9 mlrd. so‘m), Toshkent viloyati (357,1 mlrd. so‘m), Farg‘ona viloyati (250,3 mlrd. so‘m) va Qashqadaryo viloyatida (207,3 mlrd. so‘m) qayd etildi. Amaldagi statistik kuzatuv shakllarida 2015- yilning 1- yanvaridan boshlab, “O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha mahsulotlar (mahsulot, ish, xizmat) statistik tasniflagichi (MST)”ga muvofiq “Qurilish” faoliyati bo‘yicha “faoliyat turi bo‘yicha o‘z kuchi bilan amalga oshirilgan ishlar hajmi” ko‘rsatkichi qo‘llaniladi. Bino va inshootlarni qurish bo‘yicha qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 7,2 % ni tashkil etib, 2022- yilning mos davridagi ko‘rsatkichga nisbatan 0,1 % punktga ko‘paydi. Ushbu faoliyat turida kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri kelgan ulush 2022- yilning mos davriga nisbatan 8,0 % punktga kamayib, 59,0 % ni tashkil etdi. Norasmiy sektorning ulushi
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasida investitsiyalar soxasida amalga oshirilayotgan isloxatlar, soxalarga jalb qilinayotgan xorijiy, to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar shu qatorda qurilish soxasiga jalb qilinayot…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada O’zbekiston Respublikasida investitsiyalar soxasida amalga oshirilayotgan isloxatlar, soxalarga jalb qilinayotgan xorijiy, to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar shu qatorda qurilish soxasiga jalb qilinayot… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- qurilish, инвестиционная среда, xorijiy investitsiyalar, construction, иностранные инвестиции, foreign investments, investment environment, строительство, investitsion muhit
Смежные источники
Каталог авторефератовЎРОҚОВ АСЛИДИН ХУШВАҚТОВИЧ, Содиқов Иброхим Салихович +22009
The American Journal of Engineering and TechnologyO CLC -, Coefficient Of A Frequency Inverter +22020
in LibraryЭКАНОМИКА И ОРГАНИЗАЦИЯ СТРОИТЕЛЬСТВО, QURILISHDA TAVAKKALCHILIKNI BOSHQARISHNING BIZNESDAGI AHAMIYATI2021