Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
Искусственный интеллект в информационном обществе: социально-философский анализ
Нодирбек Мирзахолов (Наманганский государственный университет)
Информатика и инженерные технологии · 46 · 947–949 · 2020
Аннотация
Maqolada axborotlashgan jamiyatda sun’iy intellektning muvaffaqiyati natijasida yuzaga keladigan jarayonlar, jumladan, mehnat, aqlli 21 mashinalarning inson mehnatini yengillashtirish bilan birga, insonning o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatini qaytadan ko‘rib chiqish, mehnatning intellektuallashuvining ishlab chiqarish sifati va samaradorligiga ta’siri, axborotlashgan jamiyat muammolari ijtimoiy-falsafiy aspektda ochib berilgan. Kalit so‘zlar: sun’iy intellekt, axborot, axborotlashgan jamiyat, mehnat, axborot inqilobi, noosfera, kompyuter, robot, texnika, axborot texnologiyalari, axborot xavfsizligi. XXI asr zamonaviy tamaddun rivojining o‘ziga xos bosqichi va shunga mos holda jamiyat qiyofasining o‘zgarishi davri bo‘lib bormoqda. Ijtimoiy rivojlanishda bilimning ahamiyati oshib borayotgani yangi model – sun’iy intellektning hosilasi bo‘lgan axborot kommunikasiya texnologiyalarining keng miqdorda yo‘lga qo‘yilishi asoslangan bilim jamiyati paydo bo‘lishiga olib keldi. Sun’iy intellekt dunyoni butunlay o‘zga qiyofaga soldi. Ayni vaqtda sun’iy intellekt salomatlikdan toki nanotexnologiyalargacha, aqlli “market”dan tizimli ishlab chiqarishgacha bo‘lgan jarayonlarda faol qo‘llanilmoqda. Sun’iy intellekt sarhadi shu darajada katta doirani qamrab olganki, ijtimoiy hayotning biror sohasini sun’iy intellektsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu, bir tarafdan, potensial imkoniyatlarning barqarorligini namoyon etsa, ikkinchi tarafdan, o‘z-o‘zidan kelib chiqadigan obyektiv va subyektiv muammolarni ijtimoiy-falsafiy tahlil qilish hamda ularni bartaraf etishning kreativ yo‘llari va vositalarini ishlab chiqishni taqozo etadi. Tarix guvohlik berishicha, inson va uning qiziqishlari ustuvor qadriyatga aylanib, ijtimoiy institutlarning faollashuvi, xususiy manfaat va intilishlarga ega bo‘lgan insonning mavjud tizim bilan aloqasi, o‘zaro ta’siri kuchayishi, zamonaviy fuqarolik jamiyati qiyofasi va tizimini belgilovchi yangi, bunyodkor jarayonlar rag‘batlantirilishiga zamin bo‘lmoqda. Axborotlashgan boshqaruv va tashkillashuv, ijtimoiy taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi sifatida jamiyat taraqqiyotini yangi sivilizatsiya tomon yuksaltiradi. Industrial jamiyatning asosi bo‘lgan kapital va mehnat axborotlashgan jamiyatda o‘z o‘rnini axborot va bilimga bo‘shatdi. 1981 yilda ilk shaxsiy kompyuter paydo bo‘lishi bilan boshlangan axborot inqilobi dunyoning aksariyat mamlakatlarida inson turmush tarzi va mehnati xususiyatini tubdan o‘zgartirdi. 1991 yilda internet paydo bo‘lganidan so‘ng kompyuter inqilobi va internet tarmog‘ining rivojlanishi chegaralardan boshqa hamma narsa mavjud bo‘lgan yangi axborot maydonini vujudga keltirdi. Mehnatni avtomatlashtirish davrida informatika insonni turg‘un, katta mehnat sarfini talab etuvchi, og‘ir jismoniy va aqliy mehnatdan xalos etdi, inson tafakkurini kuchaytirdi. Informatika mehnatning juda ko‘p turlari samaradorligini keskin oshirish imkonini berdi, insonni yangi hodisalar doirasiga, yangi bilim sohalariga, jumladan, noosfera olib kirdi. Inson mehnati intellektual mazmun kasb etib, mehnatning intellektuallashuvi axborotlashgan jamiyatdagi mehnatning o‘ziga xos jihatlaridan biriga aylandi. Axborot jamiyatining ishchilari mashinaga tobe bo‘lmay, ishga erkin, oqilona yondashdi, muayyan mahorat va bilimga ega bo‘ldi. Bu jarayon hozir ham davom etmoqda. Inson mehnatining intellektuallashuvi uning “ilmiy”lashishida aks etib, 22 ishlab chiqarishda foydalaniladigan bilimlar tarkibida ilmiy bilimlar salmog‘i oshib bordi. Mehnat jarayonida ilmiy bilimlardan foydalanilishi, mehnatning intellektuallashuvi, ishchining bevosita texnologik jarayondan erkinligi darajasining ortishi insonning ijodkorlik qobiliyatini namoyon etishiga imkoniyat yaratdi va uning mehnatiga ijodiy mazmun baxsh etdi. Mehnat sharoiti yaxshilanib, ishlab chiqarishni axborotlashtirish va avtomatlashtirishning rivojlanishiga qarab, ishchining ijodi ham takomillashdi. Qayta tuzish qiyin bo‘lgan dasturlar yordamida boshqariladigan robotlar faoliyat ko‘rsatgan davrda inson ish joyidan erkin bo‘lmagan va uning ijodiy yondashuvi cheklangan bo‘lsa, adaptiv boshqaruvli robotlar ish tizimlarini tez tuzatish imkonini berdi. Natijada ishchilar o‘z ijodiy salohiyatini erkin namoyon etishlari uchun bo‘sh vaqtga ega bo‘lishdi. Intellektual funksiyalarni texnik boshqarish vositalariga ega robotlarning yaratilishi xodimlarning yangi texnologiyalar va texnika vositalarini takomillashtirish va kashf etish bo‘yicha ijodiy qobiliyatlarini namoyon etishlari hamda ishlab chiqarish jarayonini oqilonalashtirilishi uchun sharoit yaratdi. Aqliy mehnatning ahamiyati va salmog‘i oshib, axborot texnikasi insonni og‘ir va mazmunsiz jismoniy mehnatdan insonni ozod qildi. O‘tmishda mehnat inson ehtiyojlarini qondirish uchun tabiiy va ijtimoiy kuchlarni o‘zgartirish jarayoni sifatida, insonning mehnat predmeti bilan bilvosita aloqasi kuchayishi bilan tavsiflangan bo‘lsa, axborot texnologiyasining rivojlanishi mehnatkashlar ma’lumot va malaka darajasining o‘sishiga, ishlab
Доказательный фрагмент
«Maqolada axborotlashgan jamiyatda sun’iy intellektning muvaffaqiyati natijasida yuzaga keladigan jarayonlar, jumladan, mehnat, aqlli 21 mashinalarning inson mehnatini yengillashtirish bilan birga, insonning o‘z-o‘ziga…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada axborotlashgan jamiyatda sun’iy intellektning muvaffaqiyati natijasida yuzaga keladigan jarayonlar, jumladan, mehnat, aqlli 21 mashinalarning inson mehnatini yengillashtirish bilan birga, insonning o‘z-o‘ziga… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- kompyuter, information society, труд, information, информация революция, artificial intelligence, axborot texnologiyalari, axborot xavfsizligi, robot, компьютер, информационное общество, technique, texnika, labor, техника, information revolution, noosfera, information technology, информация безопасность, информация, axborot inqilobi, noosphere, искусственный интеллект, робот, information safety, mehnat, информационные технологии, computer, axborot, ноосфера, axborotlashgan jamiyat, sun’iy intellekt
Смежные источники
ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021
The American Journal of Applied sciencesHydrogeological Conditions, J.X. Djumanov +22021
The American Journal of Applied sciencesAtoeva Mehriniso Farhodovna, Eshmirzaeva Matluba Abdishukurovna2021