К содержанию
РецензированоUZ2010

Xizmatlar sohasini raqamlashtirishning samaradorligini oshirish

XIZMATLAR SOHASINI RAQAMLASHTIRISHNING · SAMARADORLIGINI OSHIRISH · Bo‘ltakov Sardor Oqbo‘ta o‘g‘li

Информатика и инженерные технологии · 2010

Аннотация

Ushbu maqolada restoran xizmatlari sohasida raqamli transformatsiyalashuvning zamonaviy yo‘nalishlarini rivojlantirish Samarqand viloyati samarqand shaxri kesimida ko‘rib chiqilgan. Kalit so‘zlar: Restoran formati, restoran konsepsiyasi. Restoran xizmatlari sohasi bugungi kunda xizmatlar sohasining jozibador sohalaridan biri hisoblanadi. Uning o‘sish surati 2010-2020 yillar mobaynida o‘rtacha 9,2-12,4 foizni tashkil qilgan. Pandemiyaning salbiy oqibatlari tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy vaziyatda uning o‘sish sur’ati 23,2 foizga kamaygan. O‘sish tendensiyasining ijobiy ko‘rsatkichi mamlakatdagi ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlik, aholi daromadlarining muntazam ortib borishi va jamiyatda o‘rta toifadagi aholi ulushining shakllanib borayotganligi bilan izohlanadi. Shuningdek, restoran xizmatlari ‒ xizmatlar bozorining shunday segmentiki, deyarli barcha segmentlar uchun hayotiy zarur bo‘lgan mahsulot va xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi. Bugungi kunda mamlakatimizda aholining o‘rtacha real daromadi jon boshiga o‘rtacha 8,3 mln. so‘mni tashkil etdi. Aholi jon boshiga o‘rtacha umumiy daromadlar bo‘yicha Toshkent shahri (16,4 mln. so‘m), Navoiy (13,5 mln. so‘m), Buxoro (10,5 mln. so‘m) va Toshkent (8,8 mln. so‘m) viloyatlarida o‘rtacha respublika darajasidan yuqori ko‘rsatkichlar qayd etildi. Samarqand viloyatida bu ko‘rsatkich 7,5 mln. So‘mni (7,2 ming AQSh dollari) tashkil qiladi va bu ko‘rsatkich o‘sishi respublika darajasidan yuqorini tashkil etdi. Bundan tashqari turli referent guruhlar tomonidan restoran xizmatlari nafaqat utilitar ehtiyojlarni qondirish vositasi, balki ularning ikkilamchi ehtiyojlarining ham qondirilishini ta’minlab beruvchi muhitga aylanganligini e’tirof etishimiz zarur. Jamiyatning aynan shu toifasi restoran xizmatlari ko‘rsatuvchi sub’ektlar uchun iqtisodiy salohiyat hisoblanadi. Chunki iste’molning shakllanishi mahsulot va xizmatlarning differensiallashuvini rag‘batlantiradi va bozor ko‘lamining kengayishini ta’minlaydi. Restoran xizmatlarining differensiallashuv darajasidan kelib chiqqan holda xulosa qilishimiz mumkinki, uning rivojlanishiga bozor segmentlari bilan bog‘liq ko‘plab omillar to‘sqinlik qilmoqda. Bularning eng asosiylari iste’molchilar hohish- istaklari, ijtimoiy qatlamlarning mental xususiyatlari yetarli darajada e’tiborga olinmasligi, restoran xizmatlarini tashkil etishning tizimli tashkil etilmaganligidir. Ammo mamlakatimizda xizmatlar sohasi, ayniqsa, turizm va ijtimoiy-madaniy servisning jadal suratlar bilan rivojlanayotganligi, aholi turmush darajasi va sifatining o‘sishi ularning restoranlarga takroriy tashrifini rag‘batlantirishda juda katta ahamiyatga ega. Shuning uchun, bizning fikrimizcha, restoran xizmatlarini tashkil qilish va xizmatlarning differensiallashuvida eng muhimi aholining mental 165 xususiyatlarini e’tiborga olinishi, aholining ijtimoiy qatlamlarini chuqur tahlil qilgan holda yondashish zarur. Bunday yondashuv kelgusida har bir individning restoran xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojini to‘laqonli qondirish, iste’molchilarning sodiqlik darajasining ortishiga, bozor segmentining har bir segmenti reprezentativligining ta’minlanishiga imkon beradi. Restoran xizmatlari sohasi jahon hamjamiyati, mintaqalar, mamlakat va hududlarda global, ijtimoiy, iqtisodiy muammolarni hal qiladi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi iste’mol sarflari bo‘yicha dunyoda yuqori o‘rinlardan birini egallaydi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlariga 2020 yilda mamlakatimiz aholisining iste’mol savatida oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi oylik daromadi 2-4 mln. so‘m bo‘lgan aholi guruhida 58 foizni, 4-6 mln bo‘lgan aholi guruhida 51 foizni, 6 mln. so‘mdan ortiq daromadga ega aholi guruhida 43 foizni tashkil etgan. Ushbu ko‘rsatkichni YeI mamlakatlari bilan taqqoslaganda, Luksemburgda 8,4 foiz, Gollandiyada 10,6 foiz, Rossiyada 29,7 foiz, Turkiyada 20,3 foiz, Qozog‘istonda 47,6 foizni tashkil etadi. Shu bilan birga aholi iste’mol sarflari tarkibida go‘sht va go‘sht mahsulotlari – 33 foizni, meva va sabzavotlar - 19,6 foizni, non va non mahsulotlari - 12,8 foizni tashkil etishi ham uydan tashqarida ovqatlanish jarayonining istiqbolli ekanligidan dalolat beradi. Ushbu tarmoqni rivojlantirish uchun restoranlarning moliyaviy sarflarini va soliq yukini kamaytirish zarur. Masalan, Samarqand shahrida restoran xizmatlariga sarflar boshqa aholi soni jihatidan katta va aholi turmush darajasi yuqoriroq bo‘lgan shaharlarga nisbatan yuqoriroq. Zamonaviy iste’molchilar uchun restoran xizmatlari kundalik ehtiyojga aylanib bormoqda. Restoran xizmatlari iste’moliga shuningdek gegorafik omillar ham ta’sir ko‘rsatadi. Keyingi yillarda restoran xizmatlari bozori jadal suratlar bilan rivojlanib, ommaviy xizmatlar taqdim etishga ixtisoslashgan serdaromad biznesga aylanib ulgurdi. Restoran xizmatlari sohasining kelgusi rivojlanish tendensiyalari sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin: kichik biznes va tadbirkorlikning rivojlanishi; hududlarda restoran biznesining

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada restoran xizmatlari sohasida raqamli transformatsiyalashuvning zamonaviy yo‘nalishlarini rivojlantirish Samarqand viloyati samarqand shaxri kesimida ko‘rib chiqilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada restoran xizmatlari sohasida raqamli transformatsiyalashuvning zamonaviy yo‘nalishlarini rivojlantirish Samarqand viloyati samarqand shaxri kesimida ko‘rib chiqilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
концепция ресторана, restaurant concept, restoran konsepsiyasi, Restoran formati, Restaurant format, Формат ресторана
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[2]ТехникаENРецензированоОткрытый доступ
RESEARCH RESULTS CLEANING GRAIN HARVEST COMBINE HARVESTER

ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021

5