Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
International scientific-online conference SELEKSIYA JARAYONINIDA QO‘LLANILADIGAN USLUBLARNING METODIK TAHLILI Odashev Muhammadusmon Ulug‘bek o‘g‘li
METODIK TAHLILI · Odashev Muhammadusmon Ulug‘bek o‘g‘li
Наука и инновации в системе образования · 2026
Аннотация
Duragaylash uchun ota va ona juftlarini tanlash usullari. Kimyoviy eritmalarda chang donasi rangining o’zgaruvchanligi. Tajribada chang donasining urug’chi tumshuqchasida o‘stirish. Kalit so’zlar: chang, urug‘chi, duragay, changlanish, seleksiya, ekologiya. Duragaylash seleksiyada, dastlabki, material yaratishning asosiy usullaridan biridir. Duragaylash dastavval ota-ona juftlarini tanlashdan boshlanadi. Duragaylashning muvaffaqiyati ota-ona juftlarini to’g’ri tanlashga bog‘liq.Duragay organizm o‘z ota-onasining irsiyati asosida vujudgakeladi, lekin belgi va xususiyatlari bilan ma’lum darajada farq qiladi. Buning qonuniyatlarini tushunish uchun chatishtirishga olingan o’simliklaming belgilari muayyan sharoitda bo’g’indan bo’g’inga qanday o’tishini bilish kerak. Seleksiyada chatishtirish uchun ota-ona juftlarini tanlash prinsiplari: 1. Ekologo-geografik prinsip. 2. Hosil elementlariga qarab tanlash. 3. Ayrim rivojlanish fazalarining davomiyligiga qarab. 4. Kasallik va zararkunandalarga chidamliligiga qarab. 5. Diallel chatishtirishlar asosida. Bu usullar yordamida ota- ona juftlari tanlangach,chatishtirishlar o’tkaziladi. Buning uchun chatishtirish tartibini bilish kerak.Chatishtirish tartibi o‘simlik gulining tuzilishi (bir yoki ikki jinsli, oddiy gul yoki tupgul), gullash biologiyasi (ochiq yoki yopiq gullash) va changlanish xiliga (o£zidan yoki chetdan changlanish) bog’liq. Chatishtirish uchun birinchi navbatda o'simlikning gullash davri davomiyligi, gulning ochilish xossasini, changchi va urug‘chining hayotchanligi, changning qancha vaqt saqlanishini hisobga olish lozim. Chunki bu xususiyatlar turli navlarda tuproq- iqlim hamda ob-havo sharoitiga qarab har xil bo’ladi. Sun’iy chatishtirish tartibi bir-biri bilan uzviy bog‘liq ravishda va ketma-ket bajariladigan 3 xil ishdan iborat: — gulni chatishtirish uchun tanlash va changlashga tayyorlash; — ona sifatida olingan o'simlik gulini bichish (kastratsiya); — changlash. Chatishtirish uchun eng yaxshi rivojlangan navga xos sog‘lom o‘simliklar tanlab olinadi. Har bir o‘simlikda chatishtirish uchun yaxshi rivojlangan gullar qoldiriladi, boshqalari yulib tashlanadi (daraxt ekinlarida novdadagi). Ushbu ishda bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik, obyektivlik usulidan foydalanilgan bo‘lib, mavzuni yoritishda tavsifiy, qiyosiy metodlardan foydalanilgan. Tadqiqot jarayonida meva va rezavor meva ekinlarida seleksiya 52 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference ishlari obyektiv yoritilgan holda, mavzuning dolzarbligini bayon qilishda . D.T.Abdukarimov, T.S.Safarov, T.E. Ostonaqulovlarning “Dala ekinlar seleksiyasi, urug‘chiligi va genetika asoslari” nomli asari metodologik manba sifatida olindi. Ko‘pchilik o‘simliklarda gullar gulto‘plamlarda joylashgan bo‘ladi va har xil rivojlangan bo‘ladi, bir vaqtda ochilmaydi, ulardan hosil bo‘lgan urug‘lar ham bir xil sifatli bo‘lmaydi. Shuning uchun ham ulardan yuqori sifatli duragaylar olish uchun chatishtirish vaqtida barcha choralami ko‘rish kerak. Ana shunday tadbirlardan biri tupgulni chatishtirishga tayyorlashdir. Meva ekinlarining to’pgulida markaziy gul (yaxshi rivojlanadi) qoldirilib, keraksiz gullar qaychi yoki qisqich (pinset) yordamida olib tashlanadi. So‘ngra gul o‘zidan changlanib qolmasligi uchun ona o‘simlikdagi gulning changdonlari terib olinadi. Changdonlarni yulish vaqtida urug‘chiga shikast yetkazmaslik choralarini ko‘rish kerak.Novdadagi kerakli gullar bichib bo‘lingach, unga darhol suvda ivimaydigan, yorug‘likni yaxshi o‘tkazadigan yupqa pergament qog‘ozlardan yasalgan xaltacha (izolyatorlar) kiygiziladi. Xaltachaga qalam bilan gul bichilgan kun va bu ishga mas’ul kishining familiyasi yozib qo‘yiladi.Bichilgan gullar voyaga yetgan, yaxshi rivojlangan sog‘lom ota o'simlikdan yig‘ib olingan changlar bilan changlatiladi.Changlar silkitish usuli bilan, changdonlarni yig‘ish usulida, ba’zi o‘simliklarda esa novda bilan kesib olinib, suvga solib qo‘yish usullari bilan yig‘iladi (shisha idishlarda) va quruq, quyosh tegmaydigan sharoitda 18—22 ° S haroratda saqlanadi.Gullar yetilgach, changlar ularga uchi kengaytirilgan ignalar, cho‘tkalar, yumshoq rezinalar orqali solinadi.Changlatilgandan keyin izolyatorlar yana kiygizib qo‘yiladi va tushib ketmasligi uchun mis simlardan paxta qo‘yib, asta bog‘lab qo‘yiladi.Changlanish (urug‘lanish) bo‘lgan yoki bo‘lmaganligini bilish uchun 3—6 kundan keyin qog‘oz xaltachaga ustidan gullar yonboshidan sekin barmoqlar bilan bosib ko‘riladi. Agar barmoq novdaga tegmasa changlanish o£tgan hisoblanadi. Aksincha bo‘lsa,changlanish takrorlanadi. Changlash turlari: 1. Erkin changlash. 2. Majburiy changlash. 3. Cheklangan erkin changlash. Ikki jinsli gulli o‘simliklarda (anor, anjir, yong‘oq) chatishtirishlar bichishsiz amalga oshiriladi.Hasharotlar yordamida changlanadigan o‘simliklarda umumiy izolyator ichiga hasharotlar qo‘yiladi, shamol yordamida changlanadigan o‘simliklarda maxsus puflanadigan moslamalar qo‘yiladi. Izolyatsiya usullari:
Доказательный фрагмент
«Duragaylash uchun ota va ona juftlarini tanlash usullari.»
Образец извлечения
Демо-превьюDuragaylash uchun ota va ona juftlarini tanlash usullari. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- chang, urug‘chi, ekologiya., seleksiya, changlanish, duragay
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026