К содержанию
РецензированоRU2023

СИНТАКСИЧЕСКАЯ СИНОНИМИЯ В ПОЭЗИИ ЗУЛФИИ

Azizova Feruza Rejavaliyevna

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

In this article, excerpts from examples of syntactic synonymy containing connotative meaning are analyzed in Zulfia's work. Synonyms helped to illuminate the situation and inner experiences of the lyrical hero. Also, it has been determined that synonyms are important in increasing expressiveness and expressiveness. Key words: Syntactic synonymy, concept, objective existence, synonymy. СИНТАКСИЧЕСКАЯ СИНОНИМИЯ В ПОЭЗИИ ЗУЛФИИ Аннотация. В статье анализируются выдержки из примеров синтаксической синонимии, содержащей коннотативное значение, в творчестве Зульфии. Синонимы помогли осветить ситуацию и внутренние переживания лирического героя. Также установлено, что синонимы имеют важное значение в повышении экспрессивности и экспрессивности. Ключевые слова: Синтаксическая синонимия, понятие, предметное существование, синонимия. Fikrni to'g'ri va ta'sirchan ifodalanganda sintaktik sinonimiya imkoniyatidan keng foydalaniladi. Sintaktik sinonimiya nutq uslublarini farqlashda muhim uslubiy vositadir. Tushuncha yoki fikrning u yoki bu ifoda varianti nutq uslubining ma'lum turi uchun tipik bo'lsa, boshqasi uchun tipik bo'lmasligi mumkin. Sintaktik sinonimiya konnonativ, bir xil ma'noli sintaktik birliklardir. Bular tizmasiga ko'ra bir xil bo'lishi shart emas. Bunda sodda gap bilan qo'shma gap, bir xil sostavli gap bilan ikki sostavli gap bo'laklariga ajralmaydigan gaplar bilan ajraladigan gaplar va tipik kostruksiyalarnig sinonimiya hosil qilishi mumkinligi ko'zda tutiladi. Stilistikada sinonim va variant tushunchalari farq qilinadi. Sinonimlarning eng muhim va o'ziga xos belgisi unda ma'no asosiy va yetakchi o'rin tutishidadir shuning uchun sinonimlar so'zlarning ma'no kategoriyalaridan biri hisoblanadi. Tushuncha predmet, belgi, voqea, hodisa, harakat, jarayon va shu kabilar haqida kishilarning tasavvuri bo'lib, so'z shakllarining va so'z tushunchalarining ma'lum tovush kompleksi vositasida tilni reallashuvi demakdir. Tushunchaning boshqa tamoni va boshqa hususiyatlari boshqa so'zlar bilan ifodalaniladi. Shu sababli tilda ma'nodosh so'zlar yuzaga keladi. Obyektiv borliq kishi ongida bir xilda aks etadi va yaxlit tushuncha hosil qiladi. Yaxlit tushunchani har tomonlama ifodalab berish uchun bir qancha so'z yoki so'zning turli ma'no 5 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ ottenkalari bo'lshi mumkin. Ma'nolari bir xil yoki o'zaro yaqin bo'lgan, tallaffuz va yozilishi har xil bo'lgan so'zlar sinonimlar deb ataladi. Sinonimlik hodisasi badiiy matnlarda keng qo’llaniladi. Yuqorida ta’kidlab o'tganimizdek, sinonimlarning ma'nolari bir biriga yaqin bo'lsa ham, ular o'ziga xos ma'no nozikliklari farq qiladi. Badiiy matn tarkibida uchraydigan sinonim so'zlarni tahlil qilish jaroyonida bunga yan bir bor ishonch hosil qildik. Masalan: Maktublar yozding sen, maktublar bitdim, Goh ko‘zga nam qalqib, gohida xushbaxt. She’r bilan, so‘z bilan qalbingga yetdim, O‘sha qalb men uchun eng sharafli taxt. (Xalqimga aytar so’zlarim.) Keltirilgan parchada yozding, bitdim kesimlari o’zaro sinonimlik hosil qilgan. Bu yerda bir so’zning takrorlanishi uslubiy g’alizlikni keltirib chiqarar edi. Solishtiring: maktublar yozding sen, maktublar yozdim. Shuning uchun shoira yozmoq fe’lining sinonimidan foydalangan. Shuningdek, mazkur bandda yana bir gap bo’lagi-to’ldiruvchi sinonim so’zlar orqali ifodalangan: she’r bilan, so’z bilan qalbingga etdim. Ushbu o’rinda qo’llangan sinonimlarni kontekstual sinonim deb atash o’rinli. Chunki she’r va so’z leksemalari alohida olinganda sinonim hisoblanmaydi. Shoira matn talabiga ko’ra bu leksemalarni sinonim sifatida qo’llab o’z mahoratini namoyon etgan. Shu choqqacha ishqin qiz faqat, Dildan so‘rab aytgandi dilga. Ilk, musaffo, katta muhabbat Qiz dilidan kelmasdi tilga. (Muhabbat tongi kulganda.) Yuqorida keltirilgan ikkinchi misolda aniqlovchilar sinonimlar bilan ifodalangan. Bu o’rinda muhabbat so’ziga aniqlovchi sifatida ilk, musaffo, katta so’zlari keltirilgan. Mazkur so’zlar shu she’r tizimidagina ma’nodoshlik hosil qilgan. Sinonimlik hodisasi fe’l so’z turkumi doirasida keng uchraydi. Zulfiya she’rlarida ham kesimlarning sinonimligini ko’plab uchratdik: Mening sevganimni hali bilmasding, Tanho o‘rtanishdan men oldim lazzat. Dilimni kemirgan muhabbat sirin, O‘zim ardoqladim, ham qildim izzat. (Sening maftuning.) Mazkur bandda kesimlar sinonimligini ko’rishimiz mumkin: ardoqladim-izzat qildim. Bu sinonimlaring ishlatilishi lirik qahramon tuyg’ularining asl holatini ochib berishga xizmat qilgan: lirik qahramon hisoblangan qiz qalbidagi muhabbatni sevganiga aytolmaydi, qalbidagi muhabbat dardi unga azob bersa-da, qiz bu shirin azobni ardoqladi, izzat qildi. Uzoq men axtardim, ammo o‘zimda Bir kuch topolmadim sevgidan ustun! Men seni sevaman, sehrgar yigit, Butun borlig‘im-la men senga maftun. (Sening maftuning.) She’rning keying satrlarida ham muhabbatning go’zal tuyg’u ekanligi, uning qalblarga mehmon bo’lishi kat

Доказательный фрагмент

«In this article, excerpts from examples of syntactic synonymy containing connotative meaning are analyzed in Zulfia's work.»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, excerpts from examples of syntactic synonymy containing connotative meaning are analyzed in Zulfia's work. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Syntactic synonymy, concept, objective existence, synonymy, Sintaktik sinonimiya, tushuncha, obyektiv borliq, sinonimlik., Syntactic synonymy, concept, objective existence, synonymy., Синтаксическая синонимия, понятие, предметное существование, синонимия.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти