Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Turli xil gul tipiga mansub sur rangli qo‘zilarining terisida gul uzunligi va kengligi ko‘rsatkichlari
M.A. Назарова (Самарқанд давлат ветеринария медитцинаси чорвачилик ва биотехнологиялар университети)
Актуальные проблемы пустынного животноводства, экологии и создания пастбищных агрофитоценозов · 2026
Аннотация
In the article, parameters obtained from lambs with differences and changes in flower length and width of yellow lambs belonging to different. Key words: color, flower type, variegation, flat flower, ribbet, semicircular, flower width, length, wool cover. Kirish. Qorako‘lchilik chorvachilikning cho‘l hududlarida rivojlanadigan muhim tarmoqlaridan biri bo‘lib, uning asosini tashkil etuvchi qorako‘l qo‘y zoti yetishtiriluvchi mo‘ynabop qorako‘l terilari rang va rangbarangliklarining, gullar hamda jun-tola qoplami sifat ko‘rsatkichlarining xilma-xilligi bo‘yicha tengsiz hisoblanadi. Zot tarkibida 10 dan ortiq ranglar mavjud va ularning ichida eng ko‘p sonlilari qora (60%), sur (30%) va ko‘k (8%) rangli qorako‘l qo‘ylari bo‘lib qolgan 2% qismini oq, guligaz, qambar, zarmalla, xalili, shaturi va boshqa rangli qo‘ylar tashkil etadi. Ular orasida sur rangi o‘zining jun qoplami va uchki qismining ochroq bo‘lishi bilan ajralib turadi va sur qorako‘l terilarning rangbarangligini va xilma-xilligini ta’minlaydi. Sur terilarning bunday xususiyati ularning yuqori narxda sotilishi va keng iste’mol talabini belgilaydi. Shu bilan birga ta’kidlash joizki, yetishtirilayotgan bunday qorako‘l terilari nafaqat sifatiy, balkim miqdoriy jihatdan ham bozor, ayniqsa tashqi bozor talabini qondira olmayapti, ushbu tiplardagi qorako‘l qo‘ylarining yuqori mahsuldor genotiplari respublika miqyosida yetarli emas. Qorako‘lchilikda sur rangli yassigul tipli qorako‘l qo‘ylarining nasliy va mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini o‘rganish, undan sohada qo‘ylarning naslini yaxshilash va sifatli mahsulot etishtirishni ko‘paytirish yo‘nalishlarida samarali foydalanish yo‘llarini aniqlash dolzarb va muhim muammolardan biri bo‘lib, vazifalarni yechimini topishga muayyan darajada xizmat qiladi. Bu yo‘nalishda tanlash ishlari, asosan gullarning tip va shakllari, uzunligi, eni, mustahkamligi, joylashish rasmi kabi muhim seleksion belgilar bo‘yicha olib boriladi. Ushbu ko‘rsatkichlar qanchalik yuqori darajada namoyon bo‘lsa qo‘ylarning nasliy qimmatliligi shunchalik ortadi. Tadqiqotlarda qo‘zilarda ushbu belgilarning namoyon bo‘lish darajalari o‘rganildi. Olingan natijalarda turli gul tipiga mansub qo‘zilar gullarining uzunligi va kengligi bo‘yicha ma’lum farqlanish va o‘zgaruvchanlikka ega. Gullarning uzunligi bo‘yicha olingan ma’lumotlar ko‘rsatadiki, uzun gulli avlodlar chiqimi bo‘yicha qovurg‘asimon tipli qo‘zilarning yuqori (62,2±6,83 %) ko‘rsatkichga ega bo‘lib, bu ko‘rsatkich yassi tipli qo‘zilarda ham yetarli darajada yuqori (58,6±6,22) ekanligi aniqlandi. Yarim doira qalamgul tipli qo‘zilarda uning 52,3±5,98 foizni tashkil etganligi qayd etildi. 92 1-jadval Turli gul tipiga mansub qo‘zilarning gul uzunligi va kengligi bo‘yicha taqsimlanishi Gul uzunligi, % (X±Sx) Gul kengligi, % (X±Sx) Gul tipi n uzun o‘rta uzun kalta mayda o‘rta katta Yassi 62 58,6±6,22 30,1±5,67 14,2±4,42 - 72,4±5,66x 27,3±5,64 Yarim doira 70 52,3±5,98 35,4±5,66 15,1±4,14 14,6±3,92 72,5±5,41x 15,1±4,31 qalamgul Qovurg‘a- 50 62,2±6,83 28,2±6,82 12,4±4,45 - 73,2±6,24x 25,1±6,26 simon O‘sikgul 50 - 47,9±7,46 50,2±7,46 18,7±5,70 45,6±7,45 36,4±7,13 X-P<0,05 Bu borada yetarli nasliy qimmatlikni ko‘rsatuvchi gullarning o‘rta uzunligiga ega qo‘zilar salmog‘i yassi tipida (30,1±5,67) foizni, yarim doira qalamgul tipida 35,4±5,66 foizni, qovurg‘asimon tipida 28,2±6,82 foizni tashkil etganligi aniqlandi. O‘siqgul tipli qo‘zilar asosan kalta (50,2±7,46%) va o‘rta uzunlikdagi (47,9±7,46%) gullar bilan xarakterlanishi kuzatildi. O‘rta uzunlikdagi gullar bo‘yicha birinchi uch tipdagi qo‘zilar ko‘rsatkichining o‘siqgul tipi ko‘rsatkichidan statistik ishonchli (P<0,05) ustunligi qayd etildi. Gullarning kengligini o‘rganish natijalari yassi va qovurg‘asimon tiplariga gullarning o‘rta (72,4-72,5%) va katta (27,3-5,64%) kengligi, yarim doira qalamgul tipiga mayda (14,6±3,96%) va o‘rta (73,2±6,26%) kengligi, o‘siqgul tipiga qisman mayda (18,7±5,70%), asosan qovurgʻasimon o‘rta (45,6±7,45%) va katta (36,4±7,13%) kengligi xosligini ko‘rsatdi. O‘rta kenglikdagi gullar bo‘yicha tahlillar bu ko‘rsatkichning yarim doira qalamgul tipida 5-7 millimetrni, yassi va qovurg‘asimon tiplarida 7-9 millimetrni, o‘siqgul tipida esa 6-9 millimetrni tashkil etganligini ko‘rsatdiki, bu borada yarim doira qalamgul tipi eng optimal, qolgan tiplar esa nisbatan yirikroq gullar bilan xarakterlanishi aniqlandi. Xulosa. Yassi va qovurg‘asimon tipli qo‘ylarni seleksiyalashda gullarning kengligini biroz ensizlantirishga, ya’ni yarim doira qalamgul tipi ko‘rsatkichi darajasiga yetkazishga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Базаров С.Р. Селексионно – генетические основы разведения каракулских оветс в условиях Кызылкумов. Дисс. на соискание учёной степени доктора с/х наук, Самарканд, 2015, 218 с. 2. Yusupov S. YU. va boshq. Qorako‘lchilikda naslchilik ishini yuritish va qo‘zilarni baholash (bonitirovka qilish) bo‘yicha qo‘llanma. Toshkent, 2015, 31 bet. 3. Yusupov S.YU., Gaziev A., B
Доказательный фрагмент
«In the article, parameters obtained from lambs with differences and changes in flower length and width of yellow lambs belonging to different.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn the article, parameters obtained from lambs with differences and changes in flower length and width of yellow lambs belonging to different. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- color, flower type, variegation, flat flower, ribbet, semicircular, flower width, variegation,, gul tip,, uzunligi, jun qoplami, ribbet,, flower width,, length, wool cover., semicircular,, rangbaranglik, yassigul, qovurg‘asimon, yarim doira, gullar eni,, color,, flower type,, Sur rang,, flat flower,
Смежные источники
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026