Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Ko‘k afg‘on genofondi qo‘chqorlaridan foydalanib olingan ko‘k va qora rangli avlodlarning eksterer va tana tuzilish indeks ko‘rsatkichlari
Х.Н Имомов (Научно-исследовательский институт каракулеводства и экологии пустынь) · У.Х Арипов (Научно-исследовательский институт каракулеводства и экологии пустынь)
Актуальные проблемы пустынного животноводства, экологии и создания пастбищных агрофитоценозов · 2021
Аннотация
In this article, the exterior, index and live weight indicators were determined in the age dynamics of blue and black lambs obtained from the use of Afghan blue Karakol rams brought to “Bobotog Suri Farm”, and conclusions are drawn. Key words: blue and black Karakol lambs, selection, exterior, index, age of lambs, absolute and daily growth. Kirish. Bugungi kunda Respublikamizda qorako‘l qo‘ylarni urchitish, ularning bosh sonini oshirish hamda ularning tirik vazn ko‘rsatkichlarini yaxshilash asosiy maqsadlardan biri sifatida qaraladi, shu bois ushbu talabni qondirish, qorako‘l qo‘ylaridan olinadigan talab darajasidagi, yuqori mahsuldor qo‘zilar salmog‘ini oshirish va ulardan naslchilik ishlarida foydalanish yoʻnalishdagi tadqiqotlar dolzarb hisoblanadi. Tadqiqotning maqsadi. “Bobotog‘ suri xo‘jaligi”ga keltirilgan afg‘on ko‘k qorako‘l qo‘chqorlaridan foydalanish natijasida olingan ko‘k va qora rangli qo‘zilarining yoshi dinamikasida eksteryer, indeks hamda tirik vazn ko‘rsatkichlari aniqlashdan iborat. Tadqiqot usulublari. Tadqiqotlar Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumanining “Bobotog‘ suri” MChJ sharoitidagi mavjud janubiy O‘zbekiston zavod tipi qorako‘l qo‘zilarida bajarildi. Tajribada rang bo‘yicha geterogen Afg‘on ko‘k qo‘chqorlari genofondidan foydalanib, olingan ko‘k va qora rangli qorako‘l qo‘zilarni eksteryer o‘lchamlari hamda tana tuzilish indekslari umumiy qabul qilingan usullar asosida amalga oshirildi [1]. Ma’lumotlarga matematik ishlov berish variatsion statistika usullarida [2] amalga oshirildi. Tadqiqot natijalari. Shuni ta’kidlash joizki, etsterer ko‘rsatkichi qorako‘l qo‘ylari konstitutsiyasining asosiy ko‘rsatkichlaridan hisoblanadi. Eksteryer xususiyatlari bo‘yicha hayvonlarning sog‘-nosog‘ligi, mahsuldorlik yo‘nalishi va darajasi, ayrim tabiiy-xo‘jalik 65 sharoitiga moslashuvchanligi, tipining ifodalanishi to‘g‘risida mulohaza qilish imkoniyatini beradi. Shunga e’tiboran eksteryer ko‘rsatkichlarni aniqlash muhim ahamiyatga ega. Tajribadagi qo‘zilarning o‘sish va rivojlanishini o‘rganish uchun quyidagi eng muhim tana qismlarining chiziqli o‘lchamlari o‘lchanadi. Tadqiqotlar natijasida olingan ko‘k va qora rangli avlodlarning yosh dinamikasida eksteryer ko‘rsatkichlarining natijalari 1-jadvalda keltirilgan. 1-jadval Tajribadagi qo‘zilarning eksteryer o‘lchamlari, sm Juftlash sxemasi Qo‘zilarning eksteryer Yosh Geterogen ♂ ko‘k afg‘on X ♀ qora janubiy o‘lchamalari, sm davrlari O‘zbekiston (X±Sx) Ko‘k n=30 Qora n=30 Tug‘ilganda 38,6±0,10 38,5±0,10 Yag‘rin balandligi 20 kunlikda 46,2±0,21 46,1±0,24 4-4,5 oy 53,6±0,29 53,4±0,10 Tug‘ilganda 34,8±0,15 34,6±0,16 Gavdaning qiya uzunligi 20 kunlikda 39,5±0,18 39,4±0,18 4-4,5 oy 53,8±0,30* 53,2±0,30 Tug‘ilganda 9,8±0,11 9,7±0,12 Ko‘krak kengligi 20 kunlikda 15,0±0,13 14,8±0,13 4-4,5 oy 15,5±0,14 15,3±0,13 Tug‘ilganda 14,7±0,13 14,5±0,13 Ko‘krak chuqurligi 20 kunlikda 16,5±0,12 16,3±0,12 4-4,5 oy 22,9±0,19 22,6±0,21 Tug‘ilganda 40,5±0,10 40,4±0,10 Ko‘krak aylanasi 20 kunlikda 48,2±0,21 48,0±0,13 4-4,5 oy 65,2±0,20 64,9±0,15 Tug‘ilganda 6,0±0,07 5,8±0,05 Kaft aylanasi 20 kunlikda 6,5±0,05** 6,3±0,05 4-4,5 oy 7,5±0,07 7,3±0,09 *P<0,05., **P<0,001 Jadval ma’lumotlaridan ko‘rish mumkinki, tug‘ilgan vaqtdan to 4,5 oylikgacha bo‘lgan vaqtda olingan ko‘k va qora rangli qo‘zilarning eksteryer ko‘rsatkichlari bo‘yicha quyidagilar yag‘rin balandligi, gavdaning qiya uzunligi, ko‘krak kengligi, ko‘krak chuqurligi, ko‘krak aylanasi va kaft aylanasi ko‘rsatkichlari o‘rganildi va quyidagicha farqlanishlar bilan ko‘k rangli avlodlar ustinlik qildi. Yani tug‘ilgandagi holat bo‘yicha 0,1; 0,2; 0,1; 0,2; 0,1; va 0,2 sm ko‘k ranglilarda yuqoriligi aniqlandi. Ushbu natijalar 20 kunlik hamda 4-4,5 oylik vaqtida ham o‘rganildi. Natijalar esa jadvalda to‘liq o‘z aksini topgan. Ushbu vaqt oralig‘ida eksteryer ko‘rsatkichlari jadal ravishda kechishi kuzatildi. Hamda ishonchlilik darajasi o‘rganilganda kaft aylanasi ko‘rsatkichi 20 kunlikda 0,999 ga gavdaning qiya uzunligi ko‘rsatkichi bo‘yicha esa 4,5 oylikda 0,95 ga ega ekanligi tadqiqotlarda o‘z aksini topdi. Eksteryer ko‘rsatkichlaridan tashqari tana tuzilish indekslari ham muhim ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Qo‘ylarning konstitutsional xususiyatlari va mahsuldorlik yo‘nalishini tavsiflash uchun quyidagi indekslarni hisoblandi. Shu nuqtai nazardan o‘rganilgan natijalar quyidagi 2-jadvalda keltirilgan. 2-jadval 66 Tajribadagi qo‘zilarning tana tuzilish indeks o‘lchamlari, % Juftlash sxemasi Qo‘zilarning eksteryer Yosh Geterogen ♂ ko‘k afg‘on X ♀ qora janubiy o‘lchamalari, sm davrlari O‘zbekiston (X±Sx) Ko‘k n=30 Qora n=30 Tug‘ilganda 61,8±0,24 62,2±0,24 Uzunoyoqlilik 20 kunlikda 64,3±0,14 64,6±0,11 4-4,5 oy 57,3±0,18 57,6±0,20 Tug‘ilganda 90,1±0,31 90,0±,030 Cho‘zinchoqlilik 20 kunlikda 85,5±0,41 85,4±0,36 4-4,5 oy 100,3±0,03 99,7±0,43 Tug‘ilganda 66,6±0,25 66,3±0,27 Ko‘krakdorlik 20 kunlikda 90,8±0,23 90,5±0,16 4-4,5 oy 67,6±0,20 67,5±0,11 Tug‘ilganda 116,4±0,41 116,7±0,39 To‘lishganlik 20 kunlikda 122±0,59 122,1±0
Доказательный фрагмент
«In this article, the exterior, index and live weight indicators were determined in the age dynamics of blue and black lambs obtained from the use of Afghan blue Karakol rams brought to “Bobotog Suri Farm”, and conclus…»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, the exterior, index and live weight indicators were determined in the age dynamics of blue and black lambs obtained from the use of Afghan blue Karakol rams brought to “Bobotog Suri Farm”, and conclus… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- blue and black Karakol lambs, selection, exterior, index, age of lambs, mutloq va kunlik o‘sish, indeks,, eksterer,, seleksiya, qo‘zilar yoshi, ko‘k va qora rangli qorako‘l qo‘zilari,, absolute and daily growth
Смежные источники
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026