К содержанию
РецензированоUZ1969

Qorako‘l qo‘ylari avlodlarida tana tuzilish koʻrsatkichlari

Каракулеводство. Т. · Вып. . С. -.

Актуальные проблемы пустынного животноводства, экологии и создания пастбищных агрофитоценозов · 121-124 · 1969

Аннотация

Ushbu maqolada qorako‘l qo‘ylarining tirik vazn ko‘rsatkichlari va eksteryer xususiyatlari tahlili to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so‘zlar: sovliqlar, suruv aylanmasi, eksterer, qarchig‘ay balandligi, ko‘krak qafasi, ko‘krak chuqurligi. Summariy. This article provides information on changes in live weight and exterior characteristics of Karakol lambs. Key words: ewes, herd turnover, exterior, withers height, chest, chest depth. Kirish. Zamonaviy qorako‘lchilik sub’ektlarida suruv aylanmasi mahsulotlar ishlab chiqarish jarayonlarini rejalashtirish va tashkillashtirishda, qo‘ylarning biologik imkoniyatlaridan oqilona foydalanishda, pirovard natijada sub’ektning iqtisodiy samaradorligini yaxshilashda eng ahamiyatga ega ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Ammo, so‘nggi yillarda qorako‘lchilik bilan shug‘ullanuvchi sub’ektlarda naslchilik ishlarining asosi bo‘lgan suruv tarkibini shakllantirish hamda suruv aylanmasini to‘g‘ri tashkil qilish tadbirlariga yetarlicha e’tibor berilmayapdi. Suruv aylanmasini ilmiy asoslangan holda to‘g‘ri tashkil etish sohaning dolzarb muammolaridan biri hisobanadi [4; 5]. Suruv aylanmasi suruv tarkibining ajralmas qismi bo‘lib uni tarkibida mavjud, turli texnologik guruhlardagi qo‘ylar bosh soni uning tirik vazni suruvga kirim bo‘lgan va olingan qo‘zilarning taqsimoti yosh guruhlardan katta yoshli guruhga ko‘chirish, suruv tarkibidagi chiqarilgan qo‘ylarning bosh soni sababi va maqsadi ko‘rsatiladi hamda yil oxirida hisob kitob qilinadi [1; 3]. 60 Suruvdagi asosiy qayta urchuvchi va ishlab chiqaruvchi birlik sovliq ekanligini ko‘rsatib, suruvdagi sovliqlar salmog‘ini yuqoriligi tarmoqni intensifikatsiyalashning asosiy omili hisoblanib, qo‘ylar bosh sonini jadal ko‘paytirish, mahsulot ishlab chiqarishni oshirish, suruv aylanmasini tezlashtirib uning tarkibiy sifatini yaxshilash imkonini beradi. Bu haqda qator olimlar o‘z izlanishlarini olib borganlar [2; 6; 7]. Tadqiqot maqsadi. Qorako‘l qo‘ylarining suruv tarkibi va aylanmasini to‘g‘ri tashkil etishning qorako‘lchilik mahsulotlariga ta’sir etuvchi omillarini o‘rganish, qorako‘lchilik sub’ektlarida ishlab chiqarish jarayonlarini to‘g‘ri tashkil etishda suruv aylanmasining ahamiyatini ilmiy asoslab berish. Tadqiqot usullari. Tajribalarimiz tasdiqlangan rejaga asosan Samarqand viloyati Nurobod tumanidagi “Saxoba ota qorako‘l nasl” MChJ da olib borildi. Bunda I-guruhga sifati boʻyicha 80 foiz elita va I sinfga mansub sovliqlar suruvidan olingan 120 bosh qoʻzilar tanlandi. II guruhga esa sifati bo’yicha 60 foiz elita va I sinfga mansub sovliqlar suruvidan olingan 103 bosh qoʻzilar tanlandi. Har xil yoshdagi qorako‘l qo‘ylari avlodlarining tirik vazn o‘sish dinamikasi aniqlandi. Qorako‘l qo‘ylar avlodlarining 12 va 18 oylik yoshida tirik vazni aniqlanib, o‘sish tezligi jadalligi hamda tana o‘lchamlari olinib, ular asosida tana tuzilish indekslari hisoblandi va guruhlararo farq aniqlanib xulosa qilindi. Olingan natijalarni biometrik tahlil qilishda N.A.Ploxiniskiyning variatsion statistika usullaridan foydalanildi. Tadqiqot natijalari. Tadqiqotlarda sifati bo’yicha shakllantirilgan qorako‘l sovliqlari suruvlaridan olingan avlodlarining tirik vazn o‘sish dinamikasi, tana o‘lchamlari aniqlanadi. Tadqiqotlarda qo‘ylarning ekstererni belgilovchi asosiy tana o‘lchamlari va tana tuzilishi indekslarini 12 oylikdan 18 oylikkacha bo‘lgan davrdagi dinamikasi o‘rganildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, I guruh sovliqlardan olingan qo‘zilar tana o‘lchamlari va tirik vazn o‘sishi bo‘yicha nisbatan II guruh sovliqlardan olingan qo‘zilar ko‘rsatkichlaridan yuqori. Jumladan, 1-jadval ma’lumotlariga ko‘ra I guruh qo‘zilari II guruhga nisbatan 12 va 18 oylik davrlarda ham sezilarli ustunlikga ega bo‘lgan. Olingan natijalar 1- va 2- jadvallarda keltirildi. 1-jadval Tajribadagi qorako‘l qo‘ylarining o‘sish ko‘rsatkichlari Guruhlar Davrlar I (n=120) II (n=103) M±m C M±m C v v Qarchig‘ay balandligi, sm 12 oyligida 61,9±0,19 2,08 61,1±0,18 2,17 18 oyligida 64,4±0,19 2,09 64,1±0,20 2,21 Gavda qiya uzunligi, sm 12 oyligida 61,8±0,17 1,94 61,2±0,20 2,28 18 oyligida 67,1±0,21 2,22 66,7±0,17 1,79 Ko‘krak qafasi aylanasi, sm 12 oyligida 78,7±0,19 1,72 78,2±0,17 1,53 18 oyligida 84,6±0,23 1,92 84,3±0,20 1,68 Ko‘krak chuqurligi, sm 12 oyligida 28,5±0,07 3,46 28,1±0,06 1,51 18 oyligida 30,4±0,08 1,88 30,1±0,08 1,87 Poycha aylanasi uzunligi, sm 12 oyligida 7,5±0,04 3,87 7,3±0,05 4,78 18 oyligida 7,4±0,05 4,65 7,7±0,05 5,58 Eksterer xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot natijalariga ko‘ra I guruhdagi qorako‘l qo‘zilar eksterer o‘lchamlari bo‘yicha II guruhdagi qorako‘l qo‘zilardan ma’lum darajada statistik ishonchli ravishda ustunlik qilishi va ushbu ustunlikning qarchig‘ay balandligi bo‘yicha 0,7 smni (Р˂0,01), gavdaning qiya uzunligi bo‘yicha 0,6 smni (Р˂0,01), ko‘krak 61 aylanasi uzunligi bo‘yicha 0,5 smni (Р˂0,01), ko‘krak chuqurligi bo‘yicha 0,4 smni (Р˂0,01), poycha aylanasi uzunligi bo‘yicha 0,2 smni tashkil etishi aniqlandi. Tahlillar 18

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada qorako‘l qo‘ylarining tirik vazn ko‘rsatkichlari va eksteryer xususiyatlari tahlili to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada qorako‘l qo‘ylarining tirik vazn ko‘rsatkichlari va eksteryer xususiyatlari tahlili to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ewes, herd turnover, exterior, withers height, chest, chest depth, sovliqlar, suruv aylanmasi, eksterer,, ewes, herd turnover,, qarchig‘ay balandligi, ko‘krak qafasi, ko‘krak chuqurligi., exterior, withers height,, chest, chest depth
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники