Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ДИАЛЕКТНЫЕ ПРОБЛЕМЫ, ВСТРЕЧАЮЩИЕСЯ В РЕЧИ СТУДЕНТОВ СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННОГО ОБРАЗОВАНИЯ
UCHRAYDIGAN DIALEKTAL MUAMMOLAR · Yusufjonova Orzugul Husan qizi · OF AGRICULTURAL EDUCATION (Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti)
Современная наука и исследования · 2026
Аннотация
In this article, the dialectal problems and certain conclusions that occur in the speech of students of the agricultural field of education are described. Key words: development, agricultural sector, literary language, agriculture. ДИАЛЕКТНЫЕ ПРОБЛЕМЫ, ВСТРЕЧАЮЩИЕСЯ В РЕЧИ СТУДЕНТОВ СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННОГО ОБРАЗОВАНИЯ Аннотация. В данной статье описаны диалектные проблемы и некоторые выводы, возникающие в речи студентов аграрного направления образования. Ключевые слова: развитие, аграрный сектор, литературный язык, сельское хозяйство. Aksariyat, rivojlangan davlatlari taraqqiyot tendensiyasiga qarasak, barcha sohadagi islohotlar qatorida milliy til rivojiga ham alohida ahamiyat berganiga guvoh bo’lamiz. Ular tilni rivojlantirishda ichki va tashqi konsepsiyaga asoslanadi. Ya’ni, birinchi bosqichda mamlakat ichida ona tilining ustuvorligiga, sofligiga, barcha tomonidan hurmat qilinishiga urg’u beriladi.1 Ikkinchi bosqichda esa o’z tillarini boshqa davlatlarda keng yoyilishiga va obro’ qozonishiga harakat qilishadi. Ta’kidlash joizki, o’tgan yillar davomida mazkur ikki yo’nalish bo’yicha ona tilimiz ravnaqi yo’lida qilingan ishlar imkoniyatlarimizdan ancha past. Ayniqsa, o’zbek tilini xorijiy 1 Yaponiya, Janubiy Koreya, Turkiya va b. 323 davlatlarda o’rganilishi, qo’shni davlatlarda yashovchi o’zbek diasporasi vakillarining o’z ona tillarida ta’lim olishlari borasida etarlicha muammolar mavjud.2 Bu yo’nalishda, Prezidentimiz tomonidan oxirgi yillarda qabul qilingan bir qator qaror va farmonlar sohada yig’ilib qolgan muammolarni hal qilishda asos bo’lib xizmat qilmoqda. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21 oktabrdagi пф-5850- sonli “O’zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora tadbirlari to’g’risida”gi qarori asosida barcha OTMlarda o’zbek tili fani o’qitilishi belgilandi. Mana ikkinchi yildirki, barcha yo’nalishlar qatori agrar sohada ta’lim olayotgan talabalarga ham o’zbek tilining sohada qo’llanilishi fani o’qitilmoqda. Fanning namunaviy dasturi asosida tashkil etilayotgan o’zbek tili darslarida fanning bo’limlarini o’qitish orqali talabalarda ona tilga bo’lgan mas’uliyatni oshirish, og’zaki va yozma nutqni takomillashnirish, hamda sohaga oid atamalarni o’zlashnirish ko’zda tutilgan. Albatta, o’zbek tili darslarini tashkil etishda bir qator muammolar ham mavjud. Xususan, fan dasturlarini imkon qadar sohaga yaqinlashtirish zarur. Mashg’ulotlarning katta qismini amaliy darslar tashkil etishini hisobga olib, ko’proq talabalar faolligini taminlash, zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanish zarur. 3 Ozbek tili darslarida duch kelayotgan asosiy muammolardan biri talabalar nutqidagi dialektal nuqsonlardir. Ular muloqot jarayonida sof adabiy tilda gapirishga qiynalishadi. Aksariyatida, nutqiy faollik past darajada, so’zlashish jarayonida varvarizmlarni4, mahalliy sheva so’zlarni faol ishlatadi. Shu kabi omillarni hisobga olib fan dasturlariga adabiy til va shevalar munosabatiga oid mavzular ham kiritilsa yaxshi bo’lardi. Zero, o’zbek tili darslarini tashkil etishdan ko’zlangan asosiy vazifalardan biri ham yoshlarimizni sof adabiy tilda ravon va burro so’zlashish malakasini hosil qilishdan iboratdir. Dialektlar haqida gap ketganda nozik bir jihatga etibor qaratish zarur. Talabalarni sof adabiy tilda so’zlashishga o’rgatishda, ularning ongiga shevalarni adabiy til “dushmani” sifatida singdirmaslik kerak. Aksincha shevalar ham milliy tilimizning ajralmas bir qismi ekanligi, uni ham adabiy tilda so’zlash talab etilmaydigan joylarda bemalol ishlatish mumkinligini ta’kidlash zarur. Agrar sohada tahsil olayotgan talabalarga shevalarning boshqa aloqador jihati ham bor. Ya’ni, qishloq xo’jaligi bilan bog’liq ko’plab so’z va atamalar dialektal xususiyatga ega. Ko’plab sohaga oid ilmiy terminlar mahalliy nomiga ham ega. Ayrimlari esa faqat shevaviy ko’rinishda. 2 Kun.uz telegram kanalida tilshunos olim I.Azimovning 2021 yil 13 oktabrda e’lon qilgan maqolasiga qarang 3 Ko’proq tanqidiy tafakkurni rivojlantiruvchi texnologiyalarni qo’llash maqsadga muvofiq 4 Boshqa tildagi so’zlarni qo’llash. Masalan, I, prostoy, otdelni, znachit kabi. 324 Masalan, chorvachilikka oid to’xli, axta, shishak, tuvcha, ushaxmol, to’l olmoq kabi leksemalar hali adabiy tilga to’la o’zlashgani yo’q. Lekin chorvadorlar nutqida ishlatiladi. Yoki qotqorin, moyukol, o’tkasal, qorao’pka, uchma, pitari kabi veterinariyaga oid so’zlar ilmiy nomlanishi bilan birga ishlatiladi. Polizchilikka oid; itqovun, dostoroshkadi, amirqovun, novvotqovun. Uzumchilikka oid; olomonto’ydi, osma, kishmish, jovuz. Hashorat turlari; boyqo’ng’iz, itchivin, zambur, govzambur, bingak, toshbingak kabi. Xulosa qilib aytganda, agrar ta’lim yo’nalishlarida o’zbek tili fanini o’qitish bilan bog’liq quyidagi masalalar hal qilinishi lozim deb hisoblaymiz. 1. Talabalar nutqidagi dialektal nuqsonlarni bartaraf etish. 2. Agrar sohaga oid bir tushunchani ifodalaydigan ammo ilmiy nomi boshqacha, mahalliy nomi boshqacha ataladigan
Доказательный фрагмент
«In this article, the dialectal problems and certain conclusions that occur in the speech of students of the agricultural field of education are described.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, the dialectal problems and certain conclusions that occur in the speech of students of the agricultural field of education are described. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- development, agricultural sector, literary language, agriculture, taraqqiyot, agrar soha, adabiy til, qishloq xo’jaligi., development, agricultural sector, literary language, agriculture., развитие, аграрный сектор, литературный язык, сельское хозяйство.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026