К содержанию
РецензированоRU2023

ЗАЩИТНИК ПРАВ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНОЙ СОБСТВЕННОСТИ МЕЖДУНАРОДНЫЕ ОРГАНИЗАЦИИ

XALQARO TASHKILOTLAR · Xatamova Aziza Maxammatqulovna · INTERNATIONAL ORGANIZATIONS

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

In this article, the right of intellectual property is one of the human rights, which refers to the process of protecting and promoting the product of human creativity. This article analyzes the concept of intellectual property rights, the international and national system that regulates it, and the constitutional and legal foundations of intellectual property rights in Uzbekistan. Key words: intellectual property, patent, invention, copyright, industrial designs, integrated circuit, brand, geographical indication, trade secrets. ЗАЩИТНИК ПРАВ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНОЙ СОБСТВЕННОСТИ МЕЖДУНАРОДНЫЕ ОРГАНИЗАЦИИ Аннотация. В данной статье право интеллектуальной собственности является одним из прав человека, которое относится к процессу защиты и продвижения продукта человеческого творчества. В данной статье анализируется понятие права интеллектуальной собственности, международная и национальная система, которая его регулирует, а также конституционно-правовые основы права интеллектуальной собственности в Узбекистане. Ключевые слова: интеллектуальная собственность, патент, изобретение, авторское право, промышленные образцы, интегральная схема, торговая марка, географическое указание, коммерческая тайна. Bugungi kunda mamlakatimizda innovatsiyalarni rag‘batlantirish va muallif ijodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida intellektual mulk huquqlarini himoya qilish borasida keng ko‘lamli konstitutsiyaviy-huquqiy islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 53-moddasida “Har kimga ilmiy, texnikaviy va badiiy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi. Intellektual mulk qonun bilan muhofaza qilinadi. Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishi haqida g‘amxo‘rlik qiladi”1, deb mustahkamlab qo‘yilishi intellektual mulk 1 Qarang. Oʼzbekiston Respublikasining 2023-yil 30-apreldagi Konstitutsiyasi. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son. 1 17 4 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ huquqining konstitutsiyaviy kafolatlanganligidan dalolat beradi. Yurtimizda intellektual mulk sohasini yanada takomillashtirish, shu jumladan, tadbirkorlik va innovatsion faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan zarur shart-sharoitlarning yaratilishi va intellektual mulkning ishonchli huquqiy himoyasini ta’minlanishi Yangi O‘zbekistonning xalqaro maydondagi imijini yanada yaxshilashga xizmat qiladi. Intellektual mulk huquqi inson huquqlari sohasidagi zamonaviy yo‘nalishlardan biri hisoblanib, xalqaro va milliy darajada tashkil etiladi va tartibga solinadi. Hozirgi kunda, jahon hamjamiyatida intellektual mulk huquqini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlashda muhim rol o‘ynaydigan bir nechta xalqaro tashkilot va shartnomalar mavjud bo‘lib, ulardan bir nechtasini ko‘rib chiqsak maqsadga muvofiq bo‘lar edi: 1. Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (WIPO) (1970-yil 26-aprelda konvensiya kuchga kirgan paytdan boshlab oʻz faoliyatini boshladi) BMTning xalqaro darajadagi intellektual mulk masalalari bilan shug‘ullanuvchi ixtisoslashgan muassasasi hisoblanadi. Tashkilot intellektual mulk sohasidagi xalqaro standartlar va qoidalarni ishlab chiqish va muvofiqlashtirish, shuningdek, ishtirokchi-davlatlarga huquqiy va texnik yordam ko‘rsatishga yaqindan yordam beradi; 2. Yevropa patent idorasi (EPO) (1977) Yevropa davlatlarida patentlarni ro‘yxatga olish maqsadida tashkil etilgan xalqaro tashkilotdir. U innovatorlarga Yevropaning bir qator davlatlarida patent olish va patent muhofazasi bilan shug‘ullanadi. Mazkur idora Yevropa patent konvensiyasi asosida patentlarni haqqoniyligini tekshirib, davlatlarga patent berish masalalarini ko‘rib chiqish bilan shug‘ullanadi; 3. Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) (London 1946-yil) turli sohalarda, jumladan, intellektual mulk sohasida xalqaro standartlarni ishlab chiquvchi maxsus tashkilotdir. ISO standartlarni boshqarish uchun kelishilgan talablar va tartiblarni belgilash orqali biznes yuritish va texnologiya almashinuvini osonlashtirib, intellektual mulk huquqi va uning muallifrining huquqlarini himoya qilish bilan shug‘ullanadi; 4. Jahon savdo tashkiloti (JST) (1995-yil) jahondagi savdo sotiqni tartibga soluvchi xalqaro tashkilotdir. U, TRIPS kelishuviga muvofiq, JST intellektual mulkni umumiy himoya qilish va ushbu sohadagi nizolarni o‘z a’zolari o‘rtasida hal etish bo‘yicha qoida va normativlarni ishlab chiqadi; 5. YuNESKO (BMTning Ta’lim, fan va madaniyat bo‘yicha tashkiloti, 1946) madaniy va an’anaviy intellektual mulk obyektlarini saqlash va himoya qilishda muhim rol o‘ynaydi. YuNESKO an’anaviy meros mahsullarini himoya qilishga, madaniy boyiklardan oqilona foydalanish va tarqatilishiga ko‘maklashishga qaratilgan standartlar va siyosatni ishlab chiqishda muhim rol o‘ynaydi; 6. Institut va tadqiqot markazlari. Dunyo bo‘ylab ko‘plab universitetlar, ilmiy-tadqiqot institutlari va

Доказательный фрагмент

«In this article, the right of intellectual property is one of the human rights, which refers to the process of protecting and promoting the product of human creativity.»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, the right of intellectual property is one of the human rights, which refers to the process of protecting and promoting the product of human creativity. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
intellectual property, patent, invention, copyright, industrial designs, intellectual property, patent, invention, copyright, industrial designs, integrated circuit, brand, geographical indication, trade secrets., интеллектуальная собственность, патент, изобретение, авторское право, промышленные образцы, интегральная схема, торговая марка, географическое указание, коммерческая тайна., intellektual mulk, patent, ixtiro, mualliflik huquqi, sanoat namunalari, integral mikrosxema, brend, geografik ko‘rsatkich, tijorat sirlari.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники