Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
О ТРАДИЦИОННЫХ ФОРМУЛАХ В ЭПОСЕ «ЭДИГО»
Eshchanova Gavhar Otajonovna
Современная наука и исследования · 2026
Аннотация
In this article, the basic formula “Edigo”, widespread among the Turkic peoples, is used, which reflects the traditional basis of the epic, its organization, their closeness to the traditions of the epic, in particular, to the formulas of the Azerbaijani and Turkmen epic. Key words: Dastans of Khorezm, epic, “Edigo”, stable formulas, expressiveness and artistry, Tulumkhoja, tradition of oral epic, Azerbaijani and Turkmen epic, Kungirot region, dastan “Sayod and Hamro”, dastan “Ashik Garib and Shahsanam”, dastan “ Asli and Kerem" О ТРАДИЦИОННЫХ ФОРМУЛАХ В ЭПОСЕ «ЭДИГО» Аннотация. Этой статье освещены распространенные среди тюркских народов традиционные формулы дастана «Эдиго», которые отражают традиционную основу эпоса, его организацию, их близостьк традициям эпоса, в частности, к формулам азербайджанского и туркменского эпоса. Ключевые слова: Дастаны Хорезма, эпос,«Эдиго», устойчивые формулы, выразительность и художественность, Тулумходжа, традиции устного эпоса, азербайджанский и туркменский эпос, Кунгиротский край, дастан «Саёд и Хамро», дастан «Ашик Гариб и Шахсанам», дастан «Асли и Керем» Eposning shakllanishi va yashab qolishi uning shakliy komponentlarining barqaror an’analar asosiga qurilganligi bilan xarakterlanadi. 271 Dostondagi voqealar tasviridagi barqaror formulalarning roli nihoyatda katta. Chunki, har qanday eposda barqaror formulalalar o‘zining originalligi va ixchamligi bilan ko‘zga tashlanib turadi. Ularning ifodaviyligi va yuksak badiiyligi ham ana shunda. [1.178] Ular asrlar bo‘yi shakllangan formulalar bo‘lib, eposning an’anaviy negizini, o‘zagini tashkil etadi. [2.209] Folklorshunos S.Ro‘zimboyev Xorazm dostonlarida qo‘llanilgan an’anaviy formulalar haqida fikr bildirar ekan, ularning alohidalik xususiyatlaridan birini o‘g‘uz eposidagi formulalar bilan adekvat xususiyatga egaligida, deb belgilaydi. [3.37] Turkiy xalqlar orasida keng tarqalgan «Edigo» dostonida ham turli vaziyatlar bilan bog‘liq rang-barang barqaror formulalar ishlatilgan bo‘lib, ularning xarakter-xususiyati haqiqatan ham o‘g‘uz eposi an’analari, xususan, ozarbayjon va turkman eposidagi formulalarga yaqin keladi. Negaki, dostonchilik an’anaviylik tamoyillariga bo‘ysunadi. «Kollektivlik an’anaviylik va individuallik doirasini belgilaydi. Dostonchining shaxsiy mahorati faqat ro‘yobga chiqqan an’ana doirasidagina namoyon bo‘lishi mumkin». [4.437] An’anaviy formulalar epik vaziyat yaratishda katta rol o‘ynaydi. «Ular doston kompozitsiyasi bilan mustahkam aloqada bo‘lib, baxshiga voqealar silsilasini mustahkam esda saqlab qolishda katta yordam beradi, uni asar syujetidagi asosiy nuqtalar sari etaklab boradi». [5.39 -43] An’anaviy formulalar zimmasiga tushadigan ana shu omillar baxshilar yoki qissaxonlardan ushbu vositalarga ko‘proq e’tibor berishni taqozo qiladi. Qolaversa, bu vositalar tinglovchida yuksak badiiy-estetik zavq uyg‘otadi. Chunki formulalarning birortasi ham vaziyatdan tashqarida voqe bo‘la olmaydi. Voqealar bilan aloqador vaziyatni ochib berishda ushbu vositalar o‘ziga xos ochqich vazifasini o‘tashadi. «Edigo» dostonida ishlatilgan an’anaviy formulalarni vaziyat va idrok vazifasi nuqtai nazaridan quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 1.Tulumxo‘janing oilasi Edigoni qush uyasidan topib olganda Navbahor bibi tilidan berilgan misralardagi ushbu satrlar shukronalik vaziyatini yuzaga keltiradi. Qish kunlaring bo‘ldi emdi lolazor, Bu bachchani ro‘zi qildi birubor. [6.195.] 2.Tulumxo‘janing o‘z el-yurtidan ayrilib, darbadar holda ketib borishidagi qalb nidosini ifoda etuvchi iztirob vaziyatini yuzaga keltiruvchi misralar: Baxt yulduzim maning erga urildi, Bukun manga ro‘zi-mahshar qurildi.[6.177.] 272 3. Edigoning qalmiq eliga ketishi oldidan ota-onasining uni yo‘ldan qaytarish uchun qilgan yolborishlari asosida yuzaga kelgan iltijo vaziyatini ro‘yobga chiqaruvchi misralar: Sansan maning jon bog‘imda targulim. Oy bulbulim, xush ovozim ketmagil [ 6.208.] Edigoning qalmiq eliga ketishidan ota-ona qalbidagi afsuslanish vaziyatini ifodalovchi satrlar: G‘afil bo‘lib olg‘ir qushim qochirdim, Ohu nolam etti ko‘kdin oshirdim, Dargohingda omon tutg‘ul, xudoyim.[6.211.] Navbahorbibining Tulumxo‘jaga nisbatan tasalli berish vaziyatini vujudga keltiruvchi misralar: Saringdin do‘nayin , mehribon xo‘jam, Kimsa holin yaratgandin ko‘rmasmi.[6.179.] Edigoning omon-eson qaytib kelishidan umidvorlik vaziyatini ifodalovchi satrlar: Ochilur bog‘imning gulu gulzori, Bukun erta kelur og‘am xabari.[6.256.] Sog‘inch girdobida to‘lg‘angan ota-onaning alamdiydalik vaziyatini ochib beruvchi iboralar: Endi oqar bo‘ldi ko‘zimdin qonim, Hasratingdin chiqar tanimdin jonim.[6.255.] Edigodek xushbichim yigitning qaddi-qomatidan faxrlanish vaziyatini yaratuvchi iboralar: Qaysi bir bog‘ning gulisan, Ne chamanning bulbulisan, Ey to‘ram, qaydin kelursan?[6.221.] Foniy dunyodan shikoyat vaziyatini ifodalovchi misralar: Bu dunyo deganing sayri-sayrondur, 273 Inson g‘aflatdadur, mudom hayrondur [6.171.]. Murodi hosil bo‘lgandan keyingi shodlik va visol,ko‘ri
Доказательный фрагмент
«In this article, the basic formula “Edigo”, widespread among the Turkic peoples, is used, which reflects the traditional basis of the epic, its organization, their closeness to the traditions of the epic, in particula…»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, the basic formula “Edigo”, widespread among the Turkic peoples, is used, which reflects the traditional basis of the epic, its organization, their closeness to the traditions of the epic, in particula… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Dastans of Khorezm, epic, “Edigo”, stable formulas, expressiveness and, Xorazm dostonlari, Дастаны Хорезма
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026