Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ДОВЕРИЕ И ПРЕДАТЕЛЬСТВО В РОМАНЕ «МУВОЗАНАТ»
Nasiba Xo`janova
Современная наука и исследования · 2026
Аннотация
This article analyzes the novel "Muvozanat" by Ulugbek Hamdam. In the novel, the thoughts about the mentality of the people in the first period of independence, the processes in the outer and inner world were described. In addition, thoughts were also expressed about the symbolic meaning of the names in the work. Key words: Yusuf, friend, translation, era, reader, literary critic, independence. ДОВЕРИЕ И ПРЕДАТЕЛЬСТВО В РОМАНЕ «МУВОЗАНАТ» Аннотация. В данной статье анализируется роман Улугбека Хамдама «Мувозанат». В романе описаны мысли о менталитете народа в первый период независимости, процессах во внешнем и внутреннем мире. Кроме того, были высказаны мысли и о символическом значении названий в произведении. Ключевые слова: Юсуф, друг, перевод, эпоха, читатель, литературный критик, независимость. Bugungi kun o`zbek adabiyotida Ulug`bek Hamdamning alohida o`rni bor. Uning “Muvozanat”, “Isyon va Itoat”, “Sabo va Samandar”, “Ota” kabi romanlari, “Yolg`izlik” qissasi, “Uzoqdagi Dilnura” qissa va hikoyalar to`plami kitobxonlarga tanish. Bundan tashqari, “Tangriga eltuvchi isyon”, “Atirgul”, “Seni kutdim” to`plamlarini ham she`riyat ahli quvonch bilan qarshiladi. Serqirra iste’dod egasi bo`lgan Ulug`bek Hamdamning asarlari bugungi kunda boshqa tillarga eng ko`p tarjima qilinyapti. Uning o`zi ham Mavlono Jaloliddin Rumiyning “Ichindagi ichindadir”, professor Usmon Turonning “Turkiy xalqlar mafkurasi” kabi asarlarni turk tilidan o`zbek tiliga tarjima qildi. Uning har bir yozgan asari kitobxonlar e`tiboriga tushdi. 268 Dastlab ilk romani “Muvozanat” e`lon qilinganda har bir tanqidchi, adabiyotshunos bu asarga munosabat bildirdi. Chunki “Muvozanat”da yaqin o`tmishimiz, mustaqillikning ilk yillari, davr fojealari, odamlar ruhiyati tasvirlangan. Bu romanda shaxs e`tiqodi va mana shu e`tiqod qurbonlari haqida so`z boradi. Aslida, adabiyot tarixidagi eng yaxshi asar deb tan olingan romanlarlarga ham e`tibor beradigan bo`lsak, asar qahramoni dramasida ham e`tiqod fojiasi yotadi. Shu ma`noda “Muvozanat”da mana shu mangu muammo boshqacharoq talqinda tasvirlanadi. Yozuvchi roman yozilgan payti ko`pchilikni qiynayotgan, ko`pchilikning ongi qalbida kechib o`tgan yoki kechib turgan holatni qalamga oldi. Bu holat haqida Dilmurod Quronov shunday yozadi: ”Muvozanat” mavzu jihatidan g`oyat dolzarb va muhimi, bir paytlari o`z vaqtida yozilgan roman sifatida dunyoga keldi. Masalaning ikkinchi tomoni dolzarb mavzuning qanday yoritilgani. Roman ko`p jihatidan avtobiografik xarakterga ega. Ulug`bek asarning ko`p o`rinlarini yig`lab yozgan, yurak- bag`rini burda- burda qilib matnga singdirib yuborgan. “Muvozanat”ning bir o`tirishda yozilgandek taaussurot qoldirishi, hatto, asarni yoki muallifni uncha xushlamaydiganlar ham uning samimiy yozilganini beixtiyor e`tirof etishlari shundan”. Asar mavzu jihatidan g`oyat dolzarb muammoga bag`ishlangan. Haqiqatan ham, romanda yangi davr ostonasida turgan inson qalbi mezonlarining davr mezonlariga to`gri kelmasligi yoritilgan. Ya`ni davr evrilishlari natijasida qalb muvozanatining buzilishi va inson fojiasini keng ko`lamda yoritadi. Roman markazida inson, Yusufning taqdiri, uning iztirobli o`y-kechinmalari, davrda kechayotgan voqealar bilan birga tasvirlanadi. Avvalo, u dunyoviy fikrlaydigan, zamon kishisi, hayotini millatning haqiqiy tarixini yaratish yo`liga tutgan bu kimsa davr o`zgarishlarini teran his etadigan tarixiy jarayon, yurt istiqboli istiqboli haqida mustaqil fikrga ega bo`lgan yetuk shaxs. Bozor iqtisodi munosabatlariga o`tish davri to`fonlari girdobida dastlab u o`zini yo`qotib qo`yadi, boshqacha aytganda, muvozanatini yo`qotadi. Buni yozuvchi “Yusufning ichida nimadir qarsillab sindi” deydi. Bu haqida adabiyotshunos olima Marxabo Qo`chqorova shunday yozadi: “Muallif asarda biz eng oliy tuyg`ular deb inongan, gohida unga sajdalar qilgan, emrangan Muhabbat, Do`stlik, Birgalik tuyg`ular ham naqadar omonat ekanligi fosh etiladi. Xususan, bu Yusuf, Mirazim, Saidning o`zaro do`stona munosabatlarida isbotlanadi. Asarda hatto do`stlik ham vaqt o`tishi bilan o`z samimiyatini yo`qotadi, degan falsafa ilgari suriladi. Chunonchi asar qahramoni Yusuf o`z do`stlariga ishongan edi. Ammo do`stlari unga vafo qilishmaydi. Rafiqasi bilan ne umidlarda bir yostiqqa bosh qo`ygan edi, lekin maqsadlar, intilishlar,ehtiyojlar boshqa-boshqa bo`lgani uchun ular ajrashishadi.”. Yozuvchi asar qahramonlariga ism tanlashda ham ramziy ma`nolarni yuklagan. Masalan: Yusuf, Amir, Gulshoda, 269 Oygul… Bu haqida yana biz adabiyotshunos Marxabo Qo`chqorovaning fikrlariga qaytamiz: “ Romandagi barcha voqealarini harakatga keltiruvchi obrazning Yusuf deb atalishi ham bejiz emas, albatta. Chunki Sharq adabiyotida Yoqubning husnda va aqlu kamolotda yetuk ettinchi o`g`li Yusuf. Adib bu qadimiy an`anani nazarda tutgan holda o`z qahramoniga Yusuf deb nom beradi” . U juda ko`p sinovlarni boshidan kechiradi, moddiy qiyinchilik jabrini tortadi, oilasi, farzandidan ajraladi. Shu narsa ahamiyatliki, u ne-ne o`y-xayollarga bormasi
Доказательный фрагмент
«This article analyzes the novel "Muvozanat" by Ulugbek Hamdam.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article analyzes the novel "Muvozanat" by Ulugbek Hamdam. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Yusuf, friend, translation, era, reader, literary critic, independence, Yusuf, friend, translation, era, reader, literary critic, independence., Юсуф, друг, перевод, эпоха, читатель, литературный критик, независимость., Yusuf, do`st, tarjima, davr, kitobxon, adabiyotshunos, mustaqillik.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024