К содержанию
РецензированоUZ2023

Bobotog‘ suri xo‘jaligidagi qorako‘l qo‘ylarining biologik va mahsuldorlik xususiyatlari

MAHSULDORLIK XUSUSIYATLARI

Актуальные проблемы пустынного животноводства, экологии и создания пастбищных агрофитоценозов · 2023

Аннотация

The article describes the factors affecting the biological and productivity characteristics of blue and gray Karakul sheep, and the genetic possibilities of increasing productivity. Key words: Karakol sheep breed, homogeneous and heterogeneous mating, color and color variations, climate, temperature, productivity, genetic potential Kirish. Qorako‘l qo‘y zoti dunyodagi eng mashhur qo‘y zotlaridan biridir. U Yevropa, Osiyo va Amerikaning 50 dan ortiq mamlakatlarida urchitiladi. Qorako‘l qo‘ylarining keng tarqalgan hududi, turli iqlim, saqlash, asrash va ozuqa sharoitlari, seleksiya va naslchilik ishlarining darajasi va yo‘nalishlari – bularning barchasi ularning biologik va mahsuldorlik xususiyatlariga ta’sir qilgan. O‘rta Osiyo va Qozog‘istonning tabiiy omillari ichida iqlim omili eng kuchli hisoblanadi. Iqlim tushunchasiga kiruvchi quyosh radiatsiyasi, atmosfera bosimi, havo va tuproq harorati, yog‘ingarchilik va boshqalar bu iqlimda yashovchi qo‘ylarga nafaqat bevosita, balki asosan tuproq, o‘simlik, suv rejimi orqali ham ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbekiston iqlimi ko‘p jihatdan o‘ziga xos o‘simlik shakllarining rivojlanishi va o‘ziga xos tuproqlarning shakllanishini belgilaydi. Yuqori harorat, quruqlik, haroratning keskin o‘zgarishi va shamolning birgalikdagi ta’siri yer va havo namligining sifatiga keskin ta’sir qiladi va hayotning ushbu tashqi omilini minimallashtiradi. Shuning uchun qorako‘l qo‘ylari tabiiy sharoitda doimiy ravishda iqlim omillarining ta’siriga duchor bo‘ladi. Organizmning atrof-muhitga bo‘lgan reaksiyasi va sun’iy tanlash zot ichida har xil turlarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Qorako‘l zotida quyidagi konstitutsiya turlari ajralib turadi - mustahkam, qo‘pol, nozik. Shu bilan birga, ayrim konstitutsiya tipidagi qo‘zilar va qo‘ylar bir qator biologik va iqtisodiy jihatdan qimmatli belgilari bilan bir-biridan farq qiladi. 23 Qorako‘l qo‘y zotlari ekstereri (gabitus) va tirik vazni bo‘yicha qo‘pol, nozik va mustahkam konstitutsiyaga, mustahkam suyaklarga, kuchli mushaklarga, harakatchanlik va chidamlilikka ega. Qorako‘l qo‘ylari tabiiy va sun’iy tanlash natijasida nihoyatda yuqori moslashuvchanlikka ega bo‘ladi. Qo‘ylar yurish paytida yuqori moslashuvchanlikka ega, iste’mol qilinadigan suvning sho‘rlanishi va havo haroratining keskin o‘zgarishiga toqat qiladi. Adaptiv xususiyatlarning ishlab chiqilishi nafas olish turini o‘zgartirish, kunlik ventilyatsiyani oshirish, eritrotsitlar tarkibi va qondagi quruq moddalarni kamaytirish orqali erishilganligi alohida ahamiyatga ega. Biroq, ekstremal sharoitlarning hayvonlar uchun chegarasi mavjud bo‘lib, hayoti uchun halokatli bo‘lishi mumkin. Qorako‘l qo‘y zotlari mahsuldorlik xususiyatiga ko‘ra teri-sut yo‘nalishidagi zotlarga, morfologik belgilariga ko‘ra, birinchi navbatda, dumining shakli va o‘lchamiga ko‘ra yog‘- dumbali qo‘ylarga mansub. Qorako‘l qo‘ylari boshqa qo‘y zotlariga qaraganda kech yetiluvchan qo‘y zotlariga kiradi. Ularning birinchi juftlashishi 1,5 yoshiga to‘g‘ri keladi, lekin 6-7 oyligida aksariyat qo‘zilarning jinsiy voyaga yetganligi yaqqol namoyon bo‘la boshlaydi. Turli rang va rangbaranglikdagi qorako‘l qo‘ylari moslashuvchanlik qobiliyati, pushtdorligi, jun mahsuldorligi, noqulay sharoitlarda boqish va semizligini saqlash qobiliyati bilan farqlanadi. Qorako‘l qo‘ylari tabiatan juda murakkab va serqirradir. Murakkabligi mahsuldorlik sifatlarini belgilovchi biologik belgilarning xilma-xilligi, belgilarning organizmga bog‘lanish darajasi va organizmning atrof-muhit omillari bilan turli o‘zaro ta’siri bilan bog‘liq ekanligidadir. Shuning uchun qorako‘l qo‘ylarining mahsuldorlik sifatlarini oshirish bo‘yicha naslchilik ishlarini olib borishda mahsuldorlik belgilarining shakllanishini, ularning muayyan ekologik va iqtisodiy sharoitlarda namoyon bo‘lishini belgilovchi barcha omillarni hisobga olish kerak. Bozor iqtisodiyoti sharoitida qorako‘l qo‘ylarining ko‘p qirrali mahsuldorligi, yuqori biologik, xo‘jalik va tovar belgilari O‘zbekiston cho‘l qorako‘lchiligini qishloq xo‘jaligining yuqori rentabelli, ekologik toza tarmog‘iga aylantirish imkonini beradi. Yuqoridagilardan kelib chiqgan holda tadqiqotlar olib borilgan xo‘jalikdagi o‘rganilgan qorako‘l avlodlarining ma’lumotlari keltirildi. Tadqiqot maqsadi. Surxondaryo viloyati “Bobotog‘ suri qorako‘lchilik” MChJ da Afg‘onistondan keltirilgan ko‘k qorako‘l qo‘chqorlar bilan ushbu xo‘jalikdagi qorako‘l qo‘ylarini geterogen hamda sur qo‘chqorlar bilan ushbu xo‘jalikdagi sur qorako‘l qo‘ylarini ♂sur X ♀sur juftlash natijasida olingan avlodlarni biologik va mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini o‘rganish tadqiqotning maqsadi hisoblanadi. Tadqiqot manzili, manba va usullari. Tadqiqotlar Surxondaryo viloyati, Qumqo‘rg‘on tumanining “Bobotog‘ suri qorako‘lchilik” MChJ sharoitidagi mavjud janubiy O‘zbekiston zavod tipi qorako‘l qo‘ylarida bajarildi. Tajribada rang bo‘yicha geterogen hamda gomogen juftlash natijasida olingan qo‘zilarni baholash “Qorako‘lchilikda naslchilik ishlarini yuritish va qo‘

Доказательный фрагмент

«The article describes the factors affecting the biological and productivity characteristics of blue and gray Karakul sheep, and the genetic possibilities of increasing productivity.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article describes the factors affecting the biological and productivity characteristics of blue and gray Karakul sheep, and the genetic possibilities of increasing productivity. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Karakol sheep breed, homogeneous and heterogeneous mating, color and, harorat, mahsuldorlik,, rang va rang barangliklar,, Qorako‘l qo‘y zoti,, productivity, extreme climate, hot weather, livestock farming, food security, desert region, genetic potential, gomo va geterogen juftlash,, temperature, iqlim,, Karakol sheep breed,, genetik imkoniyat, color and color variations
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники