Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TURIZM SOHASIGA OID TERMINLARNI O‘ZLASHMA QATLAMDAGI MIQDORIY KO‘RSATKICHLARI. Ashurov Nurbek Oybek o‘g‘li TDTUOF “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi Ingliz tili o ‘qituvchisi
MIQDORIY KO‘RSATKICHLARI. · Ashurov Nurbek Oybek o‘g‘li
Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada ilmiy bilimlar taraqqiyoti jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlari olamning lisoniy manzarasida, xususan, terminologiyada yorqin aks etadi. Shuning uchun ham mutaxassislar antropolingvistik tadqiqotlarning obyekti turli tillarning leksik tizimlari, birinchi navbatda terminologiya bo‘lmog‘i lozimligini ta’kidlaydilar. Kalit so‘zlar: conductor, booking, commute, Pullman car, liner, room, excursion, , aircraft, aircraft carrier, shuttle. Ilmiy bilimlar taraqqiyoti jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlari olamning lisoniy manzarasida, xususan, terminologiyada yorqin aks etadi. Shuning uchun ham mutaxassislar antropolingvistik tadqiqotlarning obyekti turli tillarning leksik tizimlari, birinchi navbatda terminologiya bo‘lmog`i lozimligini ta’kidlaydilar. 1 Ingliz va rus tillarida turizm terminosistemasining shakllanishi insonning kasbiy faoliyat sohasi sifatida rivojlanishi bilan muvofiq ravishda kechgan. Iqtisodiy faoliyat turi sifatida turizmning vatani Angliya hisoblanadi. Ingliz tilida turizm terminologiyasining soha bilan shakllab borishi quyidagi davrlarga ajratilgan: 2 1-bosqich.Antik davrdan XIX asr boshigacha bo‘lgan davr. Bu paytda inglizlar sayohatining asosiy maqsadi savdo, ziyorat, ta’lim, davolanish kabilar bo‘lgan. Ayni shu bosqichda harakatlanish vositalari, yashash sharoitlariga doir tushunchalarni ifodalovchi terminlar to‘planishi kuzatilib, ular umumadabiy tildagi miqdoran uncha ko‘p bo‘lmagan leksik birliklar asosida hosil bo‘lgan: carriage (yengil arava), board (ijara), excursion (ekskursiya), hotel (mehmonxona), resort (dam olish joyi), itinerary (ko‘chuvchi) va boshqalar. Inglizcha turistik terminlarning 6 foizi shu davrda paydo bo‘lgan. 2-bosqich. XIX asr oxirigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu davrda turizmning ommaviy rivojlanishi kuzatiladi. Turizmni tashkil qiluvchi tashkilotlar boshqaruvi, ishlash usuli va moddiy-texnik bazasiga asos solindi. 105 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference Taxminan 45 foiz turistik terminlarga shu davrda asos solinganligi kuzatiladi. Ular, asosan, turistik xizmatlarni ifodalovchi terminlar hisoblangan: conductor, booking, commute, Pullman car, liner, room, a la carte, table d’hote, buffet, safari, attraction kabilar. Turizm terminologiyasi shakllanishining bu bosqichida fransuz (coupon, bivouac, maitre d’hotel), nemis (Baedeker), shved tillaridan (smorgasbord) terminlar o‘zlashtirish boshlangan. 3-bosqich XX asr boshlaridan Ikkinchi jahon urushiga qadar bo‘lgan davr. Bu davrning o‘ziga xos jihati turizm rivojining transport modernizatsiyasi rivoji bilan parallel ravishda kechganligidir. Turistlarni tashish xizmati bilan bog`liq terminlar shu davrda paydo bo‘ldi: leg, aircraft, aircraft carrier, shuttle, airline va boshqalar. Shuningdek, mehmonxona bisnesi bo‘y ko‘rsata boshladi, shunga muvofiq ravishda joylashtirish va xonalar (motel, penthouse, duplex), shaxslar (hotelier, receptionist), xizmatlar ko‘rinishi (reservation, room-service)ni ifodalovchi yangi terminlar vujudga keldi. Bu bosqichda transport va mehmonxona terminlari hisobiga inglizcha turistik terminlarning 25 foizi shakllandi. 4-bosqich. Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrlardan to bugungi kungacha. Bu davr maxsus turizm turlarining paydo bo‘lganligi (agrotourism, disaster tour, nostalgie tourism, familiarization trip), mehmonxona (condominium, check-in, check-out, boutique hotel), ijtimoiy ta’minot (brunch, catering, stand-up, buffet), turoperator va turagentlik orasidagi oraliq xizmatlar (catchment area, last minute tour, reservation system) sohalarida turizm infrastrukturasiga bog`liq ravishda yangi terminlarning, vujudga kelganligi bilan xarakterlanadi. Shuningdek, turizm terminosistemasi tushunchalar tizimida paydo bo‘lgan yasama va tarkibli nominatsiyalar (tour leader/tour operator/ tour participant) bilan boyidi, ichki jihatdan murakkablasha bordi. G`arbiy Yevropa tillari asosida shakllangan xalqaro turizm terminologiyasining muhim jihatini quyidagicha izohlash mumkin. Yevropa tillaridagi terminlarning asosini yunon-lotin tillari birliklari, yunoncha-lotincha terminoelementlar tashkil etadi. Mutaxassislar yunoncha-lotincha terminoelementlar o‘ziga xos neytral terminologik fondni tashkil etishini qayd etadilar. “Haqiqatan ham, ular kunimizda biron-bir tirik tilga mansub emasligi uchun barcha tillarga (kamida, Yevropa lingvomadaniy arealiga mansub tillarning barchasiga) birday tegishlidir.3 106 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference Ayni paytda yunon-lotin tillarining o‘lik tillar ekanligi bu tillar materiallari asosida yaratilgan terminlarning stabilligi, bir ma’noliligining saqlanishi, o‘zgarmasligi uchun muhim omildir. Avvalo, shuni aytish kerakki, yunon-lotin tili materiallari asosidagi termin yasalishining barchasi qachonlardir shu tillarda voqe bo‘lgan hodisalar emas, balki fan texnika rivojida paydo bo‘lgan yangi tushunchalarni
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada ilmiy bilimlar taraqqiyoti jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlari olamning lisoniy manzarasida, xususan, terminologiyada yorqin aks etadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada ilmiy bilimlar taraqqiyoti jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlari olamning lisoniy manzarasida, xususan, terminologiyada yorqin aks etadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- commute, Pullman car, conductor, shuttle., room, booking, aircraft carrier, aircraft, liner, excursion
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025