К содержанию
РецензированоRU2023

ДИСЛАЛИЯ И ЕЕ ВОЗНИКНОВЕНИЕ

Nasiba Jumayevna Yarashova

Современная наука и исследования · 2 · 2023

Аннотация

One of the areas of attention today is considered to be children's speech, and the field of study of Child speech ontolinguistics is one of the disciplines with a new historical basis. This branch of linguistics, along with its development, also has certain problems within its framework. That is, in this it is possible to indicate phonetic, lexical, psychological and social problems in children's speech. Key words: ontolinguistics, speech ontogenesis, speech problems, individual speech, external factor. ДИСЛАЛИЯ И ЕЕ ВОЗНИКНОВЕНИЕ Аннотация. Одной из сфер, на которой сегодня сосредоточено внимание, является детская речь, область изучения детской речи, которая считается онтолингвистика является одной из дисциплин, имеющих новую историческую основу. Эта отрасль лингвистики, наряду со своим развитием, имеет в своих рамках и определенные проблемы. То есть в этом можно указать на фонетические, лексические, психологические и социальные проблемы в речи детей. Ключевые слова: онтолингвистика, речевой онтогенез, проблемы речи, индивидуальная речь, внешний фактор. Bolaning barkamol o‘sib ulg‘ayishida nutqiy ko‘nikmaning rivojlanishi katta ahamiyat kasb etadi. Bolalar nutqi zamonaviy tilshunoslikning yangi tarmog‘i sifatida bugungi kunda o‘rganilayotgan yangi soha hisoblanadi. Nutqiy ontogenez shaxsning tug‘ilganidan to umrining oxirigacha nutqiy shakllanishi va rivojlanishi majmuyidir. Nutqiy ontogenez atamasi (grekcha “ontos” (mazmun, mohiyat) + “genez” (rivojlanish) qat’iy ma’noda insoniyat nutqining butun hayoti davomida rivojlanishiga tegishli bo‘lib, ammo amalda bu atama bola nutqining rivojlanishiga nisbatan qo‘llaniladi. Bola nutqining shakllanishi jarayonida turli omillar ta’sirida nutqiy buzilishlar yuzaga kelishi kuzatiladi. Bola nutqi buzilishiga olib keluvchi sabablar bolaning aniq, ravon muloqotga kirishib fikrini ifodalashda hamda tashqi olamga nisbatan o‘z munosabatini bildirishda nutqiy muammolarga olib keladi. Nutqiy muammolar esa bolaning psixologik, ijtimoiy rivojlanishida o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmaydi. 1 09 3 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Kichik yoshdagi bolalar orasida nutq buzilishi bilan bogʻliq muammolar juda koʻp uchraydi. Bunga esa asosan tashqi omillar yoki ota-onalarning eʼtiborsizligi sabab bo‘ladi. Dislaliya nutq buzilishining keng tarqalgan turi boʻlib, bu holatda kichik yoshli oʻgʻil-qizlar ayrim tovushlarni toʻgʻri talaffuz qila olmaydi yoki bir tovushni ikkinchisiga almashtirib, baʼzi paytda uni oʻtkazib yuboradi. Asosan 3-4 yoshli kichkintoylarda uchraydigan bu nutq buzilishida bola oʻz istaklarini toʻliq va aniq bayon eta olsa-da, baʼzi soʻzlarni notoʻgʻri talaffuz qiladi. Masalan “mashina” soʻzini “matina”, “shirinlik” soʻzini esa “tirinlik” deb aytishi mumkin. Dislaliyaning 2 xil – funksional va mexanik turlari bor. Mexanik turiga asosan bola ogʻzidagi nutq apparatidagi (tishlar joylashuvi, jagʻlar shakli) kamchiliklar, tanglayning tartibsiz tuzilishi, qalin lablar sabab boʻladi. Funksional dislaliyani esa bolaning oʻtkir kasalliklarni boshdan kechirganligi, oilada ikki tilda soʻzlashish, farzand nutqini notoʻgʻri tarbiyalash, u bilan kam suhbatlashish, kichkintoy bilan gaplashganda soʻzlarni “bolalarcha” talaffuz qilish va unda fonemik eshitishning yaxshi rivojlanmaganligi kabi omillar keltirib chiqaradi. Mexanik dislaliya tashxisi qoʻyilgan Bolani ortodont va logoped mutaxassislar birgalikda davolashi lozim. Buning uchun kichkintoyga ogʻiz orqali bajariladigan maxsus mashgʻulotlar tavsiya etiladi. Ayrim vaqtlarda esa shifokor koʻrsatmasi bilan jarrohlik amaliyoti qoʻllaniladi. Funksional dislaliya 5 yoshgacha davolanmaydi. Agar bola shu davrga qadar baʼzi soʻzlarni notoʻgʻri talaffuz qilayotgan boʻlsa, u bilan toʻgʻri va ravon soʻzlashish orqali muammoni bartaraf etish mumkin. Bunda kichkintoyga sheʼr yodlatish, qoʻshiq eshittirish yaxshi samara beradi. Biroq bola 5 yoshga toʻlgach ham “quyosh” soʻzini “quyos” deyayotgan boʻlsa, uni shifokorga koʻrsatish zarur bo‘ladi. Mazkur holatda logoped jajji bemorga ogʻiz mashgʻulotlarini oʻrgatish va talaffuz qila olmayotgan tovushlarni toʻgʻri aytishga yordamlashadi. Yaʼni maxsus logopedik yoʻllar bilan bu tovushlarni kichkintoy nutqida mustahkamlaydi. Nutq rivojlanishida quyidagi bosqichlar o‘ziga xos ega: 1. G‘ing‘illash (1-5 oylikdan boshlab ) xarakteristikaga ko‘ra unli tovushlarga o‘xshash ayrim tovushlarni aytish davri bo‘lib, dastlabki bosqich hisoblanadi, va albatta, bu davrda bola tovushlarni talaffuz qilish orqali nutqning dastlabki bosqichini boshdan kechiradi. 2. Bidillash (6-7 oylikdan 10 oylikkacha) tovushlarni o‘zaro qo‘shib, bo‘g‘inlar ketma- ketligi ko‘rinishida talaffuz qilinadi va o‘ziga yaqin odamlarga nisbatan mazmunga ega so‘zlarni aytishdan iborat bo‘ladi (da-da, bu-vi). 5 oylikdan bola tovushlarni eshitadi, lablar harakatini ko‘radi va ularga taqlid qilishga urinadi. Kattalar aytgan so‘zlarni takrorlashga

Доказательный фрагмент

«One of the areas of attention today is considered to be children's speech, and the field of study of Child speech ontolinguistics is one of the disciplines with a new historical basis.»

Образец извлечения

Демо-превью

One of the areas of attention today is considered to be children's speech, and the field of study of Child speech ontolinguistics is one of the disciplines with a new historical basis. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ontolinguistics, speech ontogenesis, speech problems, individual speech, ontolinguistics, speech ontogenesis, ontolingvistika, nutqiy ontogenez, онтолингвистика, речевой онтогенез
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники