Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O’quvchilarni mustaqil ta’lim olish kopmetentligini oshirishda tarix fan to’garaklarining o’rni va ularni tashkil etishda zamonaviy yondashuvlar
К Сабитова (Ташкентский государственный педагогический университет имени Низами)
Цифровизация современного образования: проблема и решение · 4 · 2020
Аннотация
Maqolada umta’lim maktablarida darsdan keyingi mashg’ulotlarni qanday tashkil qilish va tarix fani to’garakalar orqali o’quvchilarni mustaqil ta’lim olishga o’rgatish metodikasi ochib beradilgan. Bundan tashqari mashg’ulotlarda 294 interfaol metodlardan foydalanib o’quvchilarni kreotivivligini oshiradigan hamda tanqidiy fikrlaydigan ijodkor va barkamol shaxs sifatida rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr bildirilgan. Kalit so’zlar: ta’lim, to’garak, tarix, tarbiya, dars, sifat, kompetensiya, interfaol, o’yin, integral. “Biz yashayotgan XXI asrda ta'lim-tarbiya masalasi hayot-mamot masalasiga aylanib bormoqda. Ta'lim-tarbiya mukammal bo‘lsa, xalq shuncha baxtli yashaydi. Ta'lim-tarbiya mukammal bo‘lishi uchun bu masalada bo‘shliq paydo bo‘lishiga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi” - deya ta’kidlagan edilar prezidentimiz Sh.Mirziyoev [1]. Darhaqiqat, O’zbekiston davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri milliy qadriyatlarimiz, ezgu g‘oyalarimiz asosida mustaqil fikrlaydigan, jamiyatga munosib, faol fuqarolik o‘rniga ega bo‘lgan yoshlarni tarbiyalashdir. Hozirgi davrda shaxsni ma'naviy jihatdan barkamol qilib tarbiyalash davlat siyosatining bosh mezoni sifatida ta'limga, shaxs tarbiyasiga alohida e'tibor kuchaytirildi. Bu borada, maktabgacha ta’im va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan “Dars muqaddas”, ”Uzviylik va uzluksiz”, ”O‘rgan-o‘rgat”, ”Murakkab fan o‘rganaman”, ”Yaxshi muallim-sifatli ta'lim” kabi tavsiyalari asosida bir qator ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Ta'lim-tarbiya ishlarining samaradorligi nafaqat o‘quvchining egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalariga, balki o‘qituvchining pedagogik mahoratiga bog‘liq. Bugungi ta'limning rivoji o‘qituvchining o‘z ustida ishlashi, ijodkor bo‘lishi, o‘quvchilarning tayanch kompetensiyala-rini rivojlantirib borishini taqozo etadi. O‘qituvchi bilan o‘quvchi orasidagi munosabat erishilgan yutuqlardan zavqlanish, o‘quv faoliyatiga mas'uliyatli yondashish hamda o‘zaro hamkorlikda ijodiy faoliyatni yo‘lga qo‘yishga undashi kerak. Bugungi kunda umumta’lim maktablarida asosiy dars mashg’ulotlaridan so’ng turli fan to’garaklari jadval asosida samarali tarzda yo’lga qo’yilgan. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish maktabning o’quvchilar bilan olib boradigan o’quv mashg’ulotlaridan tashqari, xilma-xil ta’lim-tarbiya ishlarida namoyon bo’ladi. Sinfdan tashqari ishlar maktab ta’lim-tarbiya jarayonining tarkibiy qismi bo’lib o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini to’g’ri yo’lga qo’yish shakllaridan biridir [2]. Tarix fanini o’zlashtirishda bunday to’garaklarni o’rni katta chunki unda o’quvchilar vatanimiz va dunyo tarixini o’ziga xos jixatlarini, memoriy obidalari tarixiy shaxslar hayoti haqida dars qiziqarli va muhim ma’lumotlarni yangi innovatsion metodlar yordamida o’rganishlari mumkin. Bunday to’garak mashg’ulotlari tarix muzeylarga va tarixiy yodgorliklarga ekskursiyalar tarzida tashkil etiladi. Bundan tashqari tarix fani xonasida o’quvchilarning kichik “Tarix burchagi” tashkil etish va uni o’quvchilar tomonidan yaratilgan turli tarixiy-ijodiy ishlar va buyumlar eksponat shaklida qo’yish ta’lim olishda mazkur fanga yanada qiziqish uyg’otadi. To’garaklar tashkil qilish uchun quyidagi yangi pedagogik texnologiyalarni mashg’ulotlarni sifatli va samrali tashkil etishga yordam beradi. Masalan, to’garak mashg’ulotlarini o’tkazishda “ORAL HISTORIY”(og’zaki tarix) metodidan foydalanish o’quvchilarda mustaqil tarixiy izlanishlar olib borishga o’rgatishda yordam beradi [3]. Bu metod yordamida ular bobo-buvilarida, maxallalari nuroniylaridan, qarindoshlaridagi yoshi ulug’lardan yaqin o’tmish tarixi, boshdan o’tkazganlari og’zaki suhbat jarayonida bilib oladilar so’ngra ular xam eshitgan tarixiy voqea-xodisalarni to’garak jarayonida qolgan o’quvchilarga so’zlab berishadi. Bu jarayonda o’quvchi ajdodlari shajara tarixi, kasbi-kori tarixi va biror siyosiy jarayon yoki voqea-hodisa 295 tarixi haqida qimmatli ma’lumotlarni to’plashlari mumkin. Natijada, o’quvchilarda ijodiy-mustaqil izlanish ko’nikmalari, qolaversa o’g’zaki nutqi rivojlanadi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki to’garaklarni noan’anaviy tarzda tashkil qilish uning samaradorligini oshiradi va ta’lim oluvchilarda fanga bo’gan qiziqishni kuchaytiradi. Noan’anaviy to’garak shakillariga quyidagilar kiradi: Intelektual o‘yin darsi – dars mavzusi bo‘yicha masalalarni hal etish jarayonida o‘quvchilarning faol ishtirok etishini ta'minlash orqali yangi bilimlarni o‘zlashtirishish mumkin. (“Aqliy hujum” metodi) Rolli o‘yin darsi – dars mavzusi bo‘yicha masalalarni o‘rganishda o‘quvchilarga oldindan ma'lum rollarni taqsimlash va dars jarayonida shu rolni bajarishlarini tashkil etish asosida bilimlarni mustahkamlash darsi. (“Men kimman” metodi) Teatrlashtirilgan dars – dars mavzusi bilan bog‘liq sahna ko‘rinishlari tashkil etish orqali dars mavzusi bo‘yicha chuqur, aniq ma'lumotlar berish darsi. (“Pantomima” metodi) Kompyuter darsi – tegishli o‘quv fani bo‘yi
Доказательный фрагмент
«Maqolada umta’lim maktablarida darsdan keyingi mashg’ulotlarni qanday tashkil qilish va tarix fani to’garakalar orqali o’quvchilarni mustaqil ta’lim olishga o’rgatish metodikasi ochib beradilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada umta’lim maktablarida darsdan keyingi mashg’ulotlarni qanday tashkil qilish va tarix fani to’garakalar orqali o’quvchilarni mustaqil ta’lim olishga o’rgatish metodikasi ochib beradilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- интерактив, игра, education, урок, integral, competence, история, history, sifat, dars, качество, interactive, o’yin, образование, кружок, интегральный, компетентность, tarix, kompetensiya, to’garak, circle, game, tarbiya, quality, ta’lim, lesson, interfaol
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026