Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YOSHLARGA PSIXOLOGIK BILIMLARNING ZARURIYATI HAQIDA
YOSHLARGA PSIXOLOGIK BILIMLARNING ZARURIYATI HAQIDA · Xodjayeva N.S. · AIFU magistranti
Цифровизация современного образования: проблема и решение · 473 – 485 · 2020
Аннотация
Ushbu maqolada insonlar o‘z sog‘ligini muhofaza qilishi, psixologik savodxonligini asrashi uchun ham psixologik bilimlarga ega bo‘lishi bugungi kunning dolzarb masalalari haqidagi fikrlar yoritiladi. Shuningdek talaba yoshlar bilan psixologlar o‘rtasida ish hamkorligi yetarli darajada emasligi, yoshlarimizning psixologik bilimlarga ega bo‘lishiga ishtiyoqining pastli haqidagi muammolar o‘rganiladi. Mazkur yo‘nalishda Psixolog V.V.Boykoning amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari tahlil qilinadi. “Psixologik yonish” rivojlanishining sabablari, “Psixologik bilimlar” shaxsiy xususiyatlarning shakllanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatib, muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi. Kalit so‘zlar: psixologik savodxonlik, psixologik bilimlar, stress, psixologik zo‘riqish, kasbiy beorlik, psixologik yonish, Professor-o‘qituvchilar, talabalar, psixologik salomatlik. Hozirgi har qanday vaziyatda inson hayot kechirishi uchun psixologik bilimlarning talab darajasida bo‘lishi ijtimoiy zaruratga aylandi. Psixolog mutaxassislarimiz yuzaga kelayotgan salbiy psixologik vaziyatning oldini olish va uni qayta tiklashga alohida e’tibor berib kelmoqda. Insonlar o‘z sog‘ligini muhofaza qilish, psixologik savodxonligini asrash uchun ham psixologik bilimlarga ega bo‘lishi bugungi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi. Bugungi kunda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti odamlardagi kasallikning 45% stress bilan bog‘liq ekanligini ko‘rsatib beradi. Boshqa mutaxassislar esa uning 2 baravar ko‘rsatkichini aytib o‘tgan. Bu ko‘rsatkichlar oldin yoshi katta insonlarda uchrasa, hozir esa talaba yoshlarimizda ham tez-tez psixologik zo‘riqishlarni kuzatamiz. Talaba yoshlardagi psixologik muammolar doimiy charchoqni, ba’zan bosh og‘rig‘ini, uyqusizlikni, sog‘liqning yomonlashganini his qilishi kabi murojaatlari bunga isbot bo‘la oladi. Ish yoki o‘qish ularni qoniqtirmaydi, aksincha, nafratlantiradi. Kishi o‘zini noqulay, qo‘lidan ish kelmaydigandek his qiladi va haqiqatan ham aniq kasbiy yutuqlar pasayadi, shuningdek, chidamlilik hamda zukkolik ham. Ko‘pchilik odamlar hayoti davomida bo‘layotgan nojo‘ya xatti-harakatlardan ruhiy siqilish (depressiya)ni yoki “stress”ni o‘zidan o‘tkazadi. Bunday qiyin vaziyatda qolgan odam o‘zini har xil narsalar bilan chalg‘itishadi. Talaba yoshlar bilan psixologlar o‘rtasida ish hamkorligi yetarli emasmi? Talaba yoshlarimiz psixologik bilimlarga ega bo‘lishiga ishtiyoq yo‘qmi? Shu kabi savollarga javob topish uchun ilmiy izlanishlardan foydalanib maqola tayyorlashni maq’ul ko‘rdik. Shaxsdagi his-hayajonlarning zo‘riqishi «psixologik zo‘riqish» deb aytadigan bo‘lsak, insondagi bu holatida aybdorlik hissi va ezilish kuzatilmaydi, aksincha asabiylashish, tajovuz va g‘azablanish kuzatiladi. Aniqlanishicha, kasbiy “psixologik zo‘riqish” o‘z faoliyatiga jiddiy zarar yetkazadi – ham iqtisodiy, ham ruhiy-hissiyotli. Xususan, juda tajribali uchuvchilar uchish oldidan qo‘rquv his qilishadi, o‘zlariga bo‘lgan 284 ishonchni yo‘qotishadi, bu esa yo shaxsiy drammaga yoki halokatga olib kelishi mumkin. “Psixologik zo‘riqish” ta’sirida uzoq vaqt bo‘lish ruhiy zarbaga olib keladi, unga xos bo‘lgan simptomlar yuzaga keladi. Ular orasida yurak-qon tomiridagi buzilishlar, nevroz, ovqat hazm qilish traktidagi yaralar, immunitetning pasayishi kabilar bor. Befarqlik, “kasbiy beorlik”, mijozlarga va o‘z ishiga nisbatan salbiy munosabat kabilar o‘sib boradi. Ba’zan barchaga nisbatan nafrat, atrofdagilardan, taqdirdan, hukumatdan bekorga norozilik hislari paydo bo‘ladi. Hayot ma’nosiz, bo‘shliqdan iboratday, ish esa jonga tekkanday tuyuladi. Ayniqsa “yoqimsizlik” tuyg‘ulari insonlar bilan bo‘ladigan munosabatlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatib boradi. Natijada esa psixologik yonishning bu ko‘rinishini “kishilardan zaharlanish” deb ham atashadi. Shu o‘rinda aytish joizki, o‘quvchilar, talabalar ham “psixologik yonish”ga moyillikda kam emaslar. Psixologik yonishning sababi nimada? Psixolog V.V.Boykoning fikriga ko‘ra[1], his- hayajonli yonish bu shaxs tomonidan shakllangan ruhiy jarohat ta’siriga javoban his- tuyg‘uning to‘liq yoki qisman yo‘qolishi ko‘rinishidagi ruhiy himoya mexanizmidir. U his- hayajonli, ko‘proq kasbiy qolipga ega. “Psixologik yonish” qisman funksional taxlit bo‘lib, kishiga energetik resurslarni tejab sarflash imkonini beradi. Ayni paytda uning kasbiy faoliyat va hamkorlar bilan munosabatda salbiy ta’siri ham paydo bo‘ladi (hamkor atamasi ostida kasbiy faoliyat sub’yekti tushuniladi, pedagogik faoliyatda bu o‘quvchi yoki talabalardir.). Asab tizimi ba’zi muloqotliligiga ega, ya’ni bir kunda bir kishi to‘liq e’tiborni faqat cheklangan sonli kishilargagina qaratishi mumkin. Agar ularning soni ko‘payib ketsa, charchash paydo bo‘ladi, keyin esa yonishga olib keladi. Boshqa ruhiy jarayonlarda ham xuddi shu limit mavjud (qabul qilish, masalani hal etish, diqqat). Bu chegara juda harakatchan va asab tizimining taranglashuviga bog‘liq, ya’ni uyqusizlik, hal etilmagan muammolar va shu kabi ko‘pgina sabablar tufayli kayfiyatning yana
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada insonlar o‘z sog‘ligini muhofaza qilishi, psixologik savodxonligini asrashi uchun ham psixologik bilimlarga ega bo‘lishi bugungi kunning dolzarb masalalari haqidagi fikrlar yoritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada insonlar o‘z sog‘ligini muhofaza qilishi, psixologik savodxonligini asrashi uchun ham psixologik bilimlarga ega bo‘lishi bugungi kunning dolzarb masalalari haqidagi fikrlar yoritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- преподаватели, стресс, kasbiy beorlik, professional unemployment, психологические знания, психологическое напряжение, psychological strain, psixologik savodxonlik, психологическая грамотность, psychological health, psixologik zo‘riqish, psixologik salomatlik, psychological literacy, психологическое здоровье, psychological knowledge, stress, students, профессиональная безработица, psychological burnout, psixologik bilimlar, психологическое выгорание, psixologik yonish, студенты, talabalar, Professor-o‘qituvchilar, professors
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014