К содержанию
РецензированоRU2026

КАМОЛИДДИН БЕХЗОД – ВЕЛИКИЙ ХУДОЖНИК

KAMOLIDDIN BEHZOD-BUYUK MUSAVVIR · Urayimjonov Yodgorbek Olimjon o’g’li

Современная наука и исследования · 2026

Аннотация

This article is dedicated to the life and work of the great artist Kamoliddin Behzod, who is a major representative of the oriental art, who enlightened the world of sophistication with the magic of the brush. Key words: fine art, music, theater, cinema, Herat, painter, hattot. Tasviriy san’at - eng qadimiy va keng tarqalgan san’at turlaridan biridir. Aslida san’atning turlari juda ko‘p. Ular badiiy adabiyot, musiqa, tasviriy san’at, teatr, kino, xoreografiya, me’morchilik, amaliy bezak kabi boshqa san’at turlari ham mavjuddir. Odatda, haqqoniy borliqni tasviriy obrazlarda, shakllarda fazoviy kenglikda yoki tekislikda (qog'oz yuzasida) aks ettiradigan san’at tasviriy san’at deb ataladi. Tasviriy san’at bu insonni madaniy hordiq chiqarishiga kata hissa qo’shadi. Har bir inson go’zallikni sevadi va unga intiladi tasviriy san’atda rassomlar shu go’zalliklarni o’z asarlari yaratadi. Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekiston xududida oʻrta asrlar sanʼatida musulmon Sharqi mamlakatlarida boʻlgani kabi naqsh — bezak asosiy oʻrinni egallagan. Girih, islimiy naqshlarda uslublashtirilgan oʻsimlik boʻlaklari koʻp ishlatilgan. Oʻrta Osiyoda shakllangan miniatyura maktablari vakillari qoʻlyozma kitoblarga ishlagan rasm va bezaklar boʻyoqlarining uygʻunligi, zamin sifatida manzara va meʼmorlikka eʼtiborning kuchliligi bilan diqqatga sazovor. Oʻrta Sharq 209 sanʼati, jumladan, Hirot, Oʻrta Osiyo miniatyura sanʼatida manzara yuksak darajada namoyon boʻlgan. Ayniqsa, Kamoliddin Behzodning moʼjaz asarlarida manzara, tabiat koʻrinishi mahorat bilan ishlangan. Afsuski, bizgacha Behzodning hayoti, ijodiy faoliyati haqida juda kam malumot saqlanib qolgan Kamoliddin Behzod takrorlanmas ijodi, go`zal san`ati va ajoyib mahorati bilan nafaqat Sharq xalqlari, balki butun dunyo xalqlari madaniyati tarixida sezilarli iz qoldirgan, uning taraqqiyoti uchun barakali hissa qo`shgan zabardas musavvir. Kamoliddin Behzod Hirotda 1455-yilda hunarmand-kosib oilasida dunyoga keldi. Tarixiy manbalarda yozilishicha, uning nomi Behzod bo`lib, Hirot aholisi uni suyub, erkalab Kamoliddin, deb chaqirishgan ekan. Alisher Navoiy uni o`z maktublaridan birida “ustod Behzod” deb ataydi. Manbalarda yozilishicha, Behzod ota-onadan juda erta yetim qolib, taniqli Hirot xattoti va rassomi Mirak Naqqosh Xurosoniy qo`lida tarbiya oladi. O`z davrining mashhur rassomi, miniatyurasoz Mirak Naqqosh uyidagi nigoristonidagi ijodiy muhit, go`zallik va nafosat yosh Behzodni ham san`at va hunarga havas qo`yishga undadi, kelajakdagi taqdiri uchun ijobiy rol’ o`ynadi.Behzod turli ustozlardan tarbiya olgan. Manbalarda Behzod Pir Sayid Ahmad Tabriziy shogirdi, deb ham ko`rsatilgan. Pir Sayid Ahmad Tabriziy esa buxorolik ustod Jahongirning shogirdi, buxorolik Jahongir esa o`z navbatida ustod Gung shogirdi bo`lganligi qayd etilgan. Behzodning asarlaridagi o`ziga xos xususiyatlarda ustozlarning ta`siri kattadir.U yoshligida mashhur san`atkor Sulton Ali Mashhadiy bilan juda yaqin munosabatda bo`lganini xattotning bizgacha etib kelgan quyidagi badihasidan ham bilsa bo`ladi: KAMOLIDDIN BEHZOD 210 XV asrdagi hirot adabiy, badiiy-ilmiy, san`at va madaniyat olamida paydo bo`lgan juda ko`p shaxslar singari Behzodning ham ijodiy kamolotida Alisher Navoiy hal qiluvchi ro’l o`ynagan.Navoiyning shaxsiy kutubxonasida o`sha davrning yetuk san`atkorlari Mirak Naqqosh, Hoji Muhammad kabi musavvirlar, Hofiz Muhammad, Zayniddin Mahmud, Sulton Muhammad Nur kabi xattotlar ijod bilan band bo`lganlar. Behzod shu kutubxonada, ayniqsa, xattot Sulton Ali Mashhadiy va Yoriy Muzaqqib bilan yaqin ijodiy hamkorlikda bo`lgan. Behzod ijodining mavzu doirasi, qahramonlari shu erda Navoiy va boshqa san`atkorlar ijodi ta`sirida kamol topgan. Behzod musavvir sifatida tanilgach, Sulton Husayn saroyida xizmatga chaqirilgan. 1487 yil Sulton Husayn farmoni bilan Behzod saltanat kutubxonasiga rahbar etib tayinlangan. Keyinchalik bu joy o`z davrining badiiy akademiyasiga aylanadi. Uni mutaxassislar “Nigor xonayi Behzod” yoki “Behzod akademiyasi” deb ataganlar. Manbalarda berilgan ma`lumotlarga ko`ra, 1520 yilda Shoh Ismoil yosh shahzoda Tahmosibga rasm o`rgatish uchun Behzodni o`z saltanati poytaxti Tabriz shahriga taklif etadi. 1522-yil esa maxsus farmon bilan rassomni o`z kutubxonasidagi kitob aqli (kotib, naqqosh, muzahhib, javdalkash, halkor, zarko`b, dojuvardsho`y va boshqalar)ga mutasaddi etib tayinlaydi. Behzod Tabrizda istiqomat qila turib san`atkor sifatida hayotida yana bir bor jasorat ko`rsatdi. hurbatda, g’oyat ruhiy azoblarda, ona shahridan olisda turib yana bir nafis tasviriy san`at maktabini bunyod etadi. Hirotdagidek bu erda ham o`z atrofiga iste`dodli rassom, naqqosh va boshqa hunarmandlarni to`pladi, ularga qunt bilan rahnamolik qilib, o`zining sehrgar san`atining sir- asrorlarini o`rgata boshladi.Tabrizda Sulton Muhammad, Oho Mirak, Mir Mansur Musavvir, Mir Said Ali singari o`nlab iste`dodli musavvirlarni tarbiyaladi. Manbalarda berilgan ma`lumotlarga ko`ra, Behzod Safaviylar saroyiga juda yaqin, podsho sa

Доказательный фрагмент

«This article is dedicated to the life and work of the great artist Kamoliddin Behzod, who is a major representative of the oriental art, who enlightened the world of sophistication with the magic of the brush.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article is dedicated to the life and work of the great artist Kamoliddin Behzod, who is a major representative of the oriental art, who enlightened the world of sophistication with the magic of the brush. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
fine art, music, theater, cinema, Herat, painter, hattot, tasviriy san’at, изобразительное искусство
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники