К содержанию
РецензированоUZ2013

Jadid ma’rifatparvari avloniy ijodiy merosi

JADID MA’RIFATPARVARI AVLONIY IJODIY MEROSI · Mirzayeva F.O. · TDPU dotsenti · Darobov R.R. · TDPU talabasi

Цифровизация современного образования: проблема и решение · 2013

Аннотация

Ushbu maqola ma’naviy-ma’rifiy tarbiya g‘oyasining targ‘ibotchisi, jadid ma’rifatparvari Abulla Avloniyning ilm ma’rifat yo‘lida olib borgan ilmiy-ijodiy faoliyati yoritilgan. Kalit so‘zlar: adib, ma’rifat, madaniyat, maktab, ta’lim, tarbiya, teatr, pedogog, san’at, xalq. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Ma’rifatparvar jadidchilik harakati namoyandalarini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoniga binoan, Vatanimiz tarixining g‘oyat murakkab davrida – XX asr boshlarida o‘zining ma’rifatparvarlik faoliyati va fidokorona xizmatlari bilan milliy ta’lim-tarbiya tizimini yaratish hamda yurtimiz istiqloli, xalqimizning ozodligi va erkinligi, kelajak avlodlarning obod va farovon hayotini ta’minlashga qo‘shgan beqiyos hissasini inobatga olib, o‘zbek xalqining san'ati va adabiyoti hamda milliy madaniyatini, xalq ta'limi ishlarini yo‘lga qo‘yishda katta xizmatlar qilib kelgan ma’rifatparvar adib, pedagog, jamoat arbobi Abdulla Avloniy «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlandi. Abdulla Avloniy o‘zbek ziyolilari ichida birinchilardan bo‘lib, o‘zbek xalq teatrini professional teatrga aylantirish uchun 1913 yilda «Turon» nomi bilan teatr truppasini tashkil qiladi. Biroq bu truppaning professonal teatrga aylanishi uchun katta to‘siqlar bor edi. Bu to‘siqlarning asosi Chor hukumati edi, nima uchun chor hukumati bunga qarshilik qilganini barchamiz juda yahshi bilamiz, ammo adibning vatanparvarligi o‘z faoliyatida muhabbati oldida, bu cheklovlar hech ham to‘siq bo‘la olmadi. 252 253 Chor hukumatining mustamlakachilik siyosati xalqning ijtimoiy ongining uyg‘onishiga yordam ko‘rsatuvchi teatrlarning barcha shakllariga qarshi edi. Teatrga ana shunday salbiy munosabatda bo‘lgan bir paytda Avloniyning teatr truppasini tashkil qilish va ijtimoiy mazmundagi pyesalarni sahnalashtirishi uning xalq ma'rifati yo‘lidagi zo‘r jasorati edi. Abdulla Avloniy bunday katta ishni o‘z teatr jamoasi bilan uddalashga erishgan va ular insonlarga ma’naviyat urug‘larini sochishga ularning asil kimning avlodlari ekanligini eslashga yana bir katta dastak bo‘lgan. Avloniy truppa uchun “Advokatlik osonmi?”, “Pinak”, “Ikki muhabbat”, “Portug‘oliya inqilobi” kabi drammalar yozdi, “Uy tarbiyasining bir shakli”, “Xiyonatkor oilasi”, “Badbaxt kelin”, “Jaholat”, “O‘liklar” kabi sahna asarlarini tatarcha va ozarbayjonchadan tarjima qiladi” Ammo bu asarlar nashr qilinmadi adib o‘z aoliyatidan ortga chekinmadi va doimo ilm yo‘lida jonbozlikda еtakchilik qildilar. 1916 yili ozarbayjonlik mashhur aktyor Sidqiy Ruhillo Toshkentga kelib, “Turon” truppasi bilan birga “Layli va Majnun” spektaklini qo‘yadi. Avloniy bu spektaklda Qaysning otasi rolini ijro etadi. Truppa a'zolari bilan Avloniy 1914-1916 yillari Farg‘ona vodiysida gastrollarda bo‘ladi. 1914-1915 yillarda Advakat Ubaydulla Xojayev bilan “Sadoyi Turkiston” gazetasida hamkorlik qildi. Gazetadag she’r va maqolalar Abdulla Avloniyning qalamiga mansub etid va ular tezda katta mavqe’ va e’tibor qozondi. Abdulla Avloniy 1917 yil to‘ntarishiga qadar Turkistonda juda katta ijtimoiy ma'rifiy ishlarni amalga oshirgan jadidlar harakatining ko‘zga ko‘ringan namoyandalaridan edi. Adib o‘z faoliyatini barchaga еtishiga barcha ma’naviy yuksalishini doimo istagan shuning uchun ham ko‘p bora o‘z safarlarini uyushtirgan. Abdulla Avloniy ilg‘or ziyoli kishilar bilan hamkorlikda teatr tomoshalari va matbuotdan tushgan mablag‘larga dunyoviy ilmlarni o‘qitadigan “Usuli jadid”, ya'ni yangicha ilg‘or usuldagi maktablar ochdilar va bu maktablarda xalq bolalarini o‘qitdilar. Ular o‘z millatlaridan еtuk olimlar, bilimdon mutaxassislar, madaniyat arboblari еtishib chiqib, yurtni obod, Vatanni ozod, farovon etishlarini orzu qildilar va bu yo‘lda fidoyilik ko‘rsatdilar. Abdulla Avloniyning vatanga bo‘lgan muhabbatini teatr olamidagi faoliyatidan ham ko‘rib guvohi bo‘lishimiz mumkin. Adib teatrdan tushgan mablag‘ni ezgu ishlarga, maktablaru madrasalar qurish yangi o‘quv asarlar yaratishga sarflaganlar. Adibning bugungi kunda ham ez’zozlanishi, buyuk ma’rifatbarvar deyilishining asosiy sababi ham ularning ezgu buyuk ishlari va mehnatlaridandir. Shu bilan birgalikda “Nashriyot” shirkati tuzib, Xadrada «Maktab kutubxonasi» nomli kitob do‘konini ochdi. Avloniyning maktabi o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalariga ko‘ra mashg‘ulotlarni sinf-dars tizimi asosida o‘z ona tilida olib borilishi bilan eski usul maktablaridan farq qiladi. U o‘z maktabida bolalarga geografiya, tarix, adabiyot, til, hisob-kitob, hikmat kabi fanlardan muayyan ma'lumotlar beradi. Adibning har bir fanda ilg‘or har bir sohada yuqtuqlarga bo‘y ekanligi bilan o‘z maqsadi yo‘lida tinim bilmaganlarini, maqsadlariga erishib nafaqat o‘z hayotlarini, balki o‘z ona vataniga ulkan ishlar qilib, iz qoldirganlarini guvohi bo‘lamiz. Abdulla Avloniy 1917-yil to‘ntarishidan keyin, 1918 yildan boshlab Respublikamizda o‘qituvchilar uyushmasi, qorovullar, tunukachilar, konchilar, hunarmandlar va bosmaxona xodimlarining kasaba uyushmalarini tashkil qilib, ular

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola ma’naviy-ma’rifiy tarbiya g‘oyasining targ‘ibotchisi, jadid ma’rifatparvari Abulla Avloniyning ilm ma’rifat yo‘lida olib borgan ilmiy-ijodiy faoliyati yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola ma’naviy-ma’rifiy tarbiya g‘oyasining targ‘ibotchisi, jadid ma’rifatparvari Abulla Avloniyning ilm ma’rifat yo‘lida olib borgan ilmiy-ijodiy faoliyati yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
art, pedogog, искусство, education, san’at, xalq, человек, madaniyat, воспитание, pedagogue, образование, театр, maktab, teatr, theater, people, культура, писатель, школа, педагог, tarbiya, culture, upbringing, school, adib, просветление, ta’lim, writer, enlightenment, ma’rifat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники