К содержанию
РецензированоUZ2026

MAMLAKAT SUG‘URTA BOZORINING RIVOJLANISH BORASIDAGI ISLOHOTLAR SAMARASI Ismatullayeva Munisxon Bori qizi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti magistranti

ISLOHOTLAR SAMARASI · Ismatullayeva Munisxon Bori qizi

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Ushbu tezis O‘zbekistonda sug‘urta bozorida amalga oshirilgan islohotlarning samaradorligini tahlil qilishga qaratilgan. Mamlakat sug‘urta sektoridagi islohotlar asosan regulyator tizimini takomillashtirish, raqamli texnologiyalarni joriy etish va mahsulot diversifikatsiyasini o‘z ichiga oladi. Islohotlarning amalga oshirilishi sug‘urta bozorining o‘sishiga, xizmatlardan foydalanish darajasining oshishiga va iqtisodiy barqarorlikni kuchaytirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Islohotlarning iqtisodiy ta’siri investitsion muhitni yaxshilash, raqamli texnologiyalar orqali xarajatlarni kamaytirish va iqtisodiy o'sishni rag‘batlantirishni o‘z ichiga oladi. Tavsiyalar, regulyator tizimini yanada mustahkamlash, raqamli texnologiyalarni kengaytirish va mikrosug'urta hamda ekologik sug‘urta mahsulotlarini rivojlantirish orqali sug'urta bozorining samaradorligini oshirishga qaratilgan. Kalit so‘zlar: sug‘urta bozori, islohotlar, raqamli texnologiyalar, mahsulot diversifikatsiyasi, mikrosug‘urta, ekologik sug‘urta, regulyator tizimi, investitsion muhit, iqtisodiy barqarorlik, sug'urta xizmatlaridan foydalanish, bozor o‘sishi, xalqaro standartlar, moliyaviy xavfsizlik, xizmat ko‘rsatish samaradorligi, aholi ehtiyoji. Istiqlol yillarida mamlakatimiz sug‘urta bozorining tashkil topishi va sug‘urta faoliyatining rivojlanishi borasida amalga oshirilayotgan islohotlar bugungi kunga kelib o‘zining ijobiy samarasini bermoqda. Sug‘urta bozori faoliyatini rivojlantirish borasida ilmiy va amaliy tadqiqotlarning olib borilishi, sohani bevosita ustuvor darajada rivojlantirishga bosqichma-bosqich rivojlanishga imkoniyat yaratib bermoqda. Shiddatli raqobat muhiti sharoitida mamlakatimiz sug‘urta bozorining ma’suliyat jamiyat va fuqarolar oldida ham yildan-yilga ortib bormoqda. Sug‘urta bozori rivojlanishini belgilab beradigan omillardan biri yalpi ichki mahsulot hajmida sug‘urta mukofotlarining ulushi orqali aniqlanadi. “New Frontier” tashkilotining ma’lumotla- riga asosan jami sug‘urta mukofotlarining yalpi ichki mahsulotga nisbati orqali aniqlanadigan “Sug‘urtaning kirib kelish 35 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference darajasi” ko‘rsatkichi dunyo miqiyosida 6,35 foizni, O‘zbekistonda esa 0,35 foizni tashkil etadi. Sug‘urta tizimi bozor iqtisodiyotiga sharoitida bevosita davlat, fuqarolar va barcha turdagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoya qilishning samarali vositasi aylanadi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar iqtisodiyotga, moliyaga, pul muomalasiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi, iqtisodiy qarashlarda ijobiy fikrlarning shakllanishiga sabab bo‘ldi. 1-rasm. O‘zbekistonda mavjud sug‘urta tashkilotlari soni Yuqorida keltirilgan diagrammada sug‘urta tashkilotlari sonining o‘tgan ikki yil mobaynidagi miqdorlari ko‘rsatib berilgan. Sug‘urta tashkilotlarining umumiy soni 2021-yilda 42 ta bo‘lgan bo‘lsa, shundan 33 tasi umumiy sug‘urta sohasida, 8 tasi esa hayot sug‘urtasi sohasida faoliyat olib bormoqda. Bu ko‘rsatkich 2022-yilda 41 tani tashkil qilgan, ulardan 33 tasi umumiy sug‘urta sohasida, 8 tasi hayot sug‘urtasi sohasida o‘z faoliyatini yuritmoqdalar. Ko‘rinib turibdiki, bir yil mobaynida sug‘urta tshkilotlari soni atigi ikkitaga ko‘paygan. O‘tgan 2021 yil yakuni bo‘yicha yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari hajmi Respublika yalpi ichki mahsulotning 0,5 foizini tashkil etib, aholi jon boshiga sug‘urta mukofotlari o‘rta hisobda 105,8 ming so‘mdan (9,8 AQSH doll.) to‘g‘ri keldi. Bugungi kunda O‘zbekistonda jami 41 ta sug‘urta kompaniyasi mavjud bo‘lib, ularning: 33 tasi – umumiy sug‘urta va 8 tasi – hayot sug‘urtasi sohalarida faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, mahalliy sug‘urta bozorida 5 ta sug‘urta brokeri hamda 5 ta malaka sertifikatiga ega aktuariy o‘z xizmatlarini ko‘rsatmoqda. 1-jadvalda sug‘urta bozorida ixtiyoriy va majburiy sug‘urta turlari bo‘yicha su- g‘urta mukofotlarining hajmi yildan – yilga o‘sib borayotganligini ko‘rish mumkin. So‘ngi ikki yil davomida ixtiyoriy sug‘urtadan tushadigan sug‘urta mukofotlari o‘sish dinamikasi keskin ko‘rinishga ega. 2020-yilda qariyb 2,2 trln.so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2021-yilga kelib bu ko‘rsatkich 3,7 trln.so‘mga 36 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference yetgan. Ko‘rinib turibdiki sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan ixtiyoriy talab yildan – yilga oshib borishi kuzatilmoqda. Majburiy sug‘urta turi bo‘yicha ham sug‘urta mukofotlari 2020-yilda 330 mlrd.so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 2021-yilda 481 mlrd.so‘mni tashkil qilgan. Ushbu sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta mukofotlarini foiz bo‘yicha tahlil qiladigan bo‘lsak. 2020 yilda sug‘urta mukofotlari tarkibida ixtiyoriy sug‘urtaning ulushi 70% ni, majburiy sug‘urtaning ulushi 15% ni va hayot sug‘urtasining ulushi esa 15% ni tashkil etgan. 2021-yilda mos ravishda 68%, 13% va 19% ni tashkil qilgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, hayot sug‘urtasining ulushi yil sayin o‘sib bormoqda. Milliy sug‘urta bozorida sug‘urta mukofotlari singari

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezis O‘zbekistonda sug‘urta bozorida amalga oshirilgan islohotlarning samaradorligini tahlil qilishga qaratilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezis O‘zbekistonda sug‘urta bozorida amalga oshirilgan islohotlarning samaradorligini tahlil qilishga qaratilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
iqtisodiy barqarorlik, sug'urta xizmatlaridan foydalanish, regulyator tizimi, xalqaro standartlar, raqamli texnologiyalar, aholi ehtiyoji., mahsulot diversifikatsiyasi, islohotlar, sug‘urta bozori, investitsion muhit, moliyaviy xavfsizlik, ekologik sug‘urta, xizmat ko‘rsatish samaradorligi, bozor o‘sishi, mikrosug‘urta
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники