К содержанию
РецензированоUZ2022

Bola shaxsini shakllanishi va axloqiy tarbiyani izchil va tartipli amalga oshirishba oilaning o‘rni

AMALGA OSHIRISHBA OILANING O‘RNI · Rahimova D.M. · TDPU tadqiqotchisi

Цифровизация современного образования: проблема и решение · 2022

Аннотация

Yoshlarga oilaviy hayot haqidagi ilmiy bilimlarni berishning ahamiyati shundan iboratki, o‘spirin yoshlarni oilaviy hayotga yetuk qilib shakllantirishda ularda oilaviy munosabatlar to‘g‘risidagi ijtimoiy-psixologik tasavvurlarini shakllantirish, to‘laqonli baxtli oila qurish uchun kasb-hunarga ega bo‘lish zaruratini singdirish, nikohga yetuklik uchun nikoh omillari va oilaning asosiy funksiyalari haqidagi tasavvurlarini shakllantirish orqali ularni oilaviy hayotga tayyorlashga erishish tadqiqotimizda alohida ahamiyatga molikdir. Tayanch tushunchalar: Shaxs, shaxsning psixologik tuzilishi, shaxs rivojlanishi, shaxsning o‘zini anglashi va o‘zini bilishi o‘z xulq–atvorini boshqarishi. O‘zbekiston yangi davr Uchinchi renesans davrga qadam bosayotgan bir pallada Prezidentimizning dono siyosati tufayli Respublikada yoshlarimiz yuksalishiga qaratilgan e’tibor davlat ahamiyatiga molik bo‘lgan masalalar qatorida rasmiy ravishda o‘rin oldi. O‘zbekiston respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyyoyev: “Sizlarga yaxshi ma’lum “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” degan shior keng tarqalib, hayotimizga tobora chuqur kirib bormoqda. Lekin O‘zbekistonimizning mana shunday yorug‘ va farovon istiqbolini bunyod etishdek mas’uliyatli vazifani kim o‘z zmmzsiga oladi? Albatta, faqat zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallagan, mustaqil fikrlaydigan, doimo el-yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘usi bilan yashaydigan siz, aziz yoshlarimiz maydonga dadil chiqib, bugungi kunda hayotning o‘zi oldimizga qo‘yayotgan vazifalarni hal etishga qodirsiz” [1] deb ishonch bildirgani barchamiz uchun yuksak ahamiyatdga egadir. Jamiyatni o‘sib rivojlanishi, unig ravnaqi o‘sib kelayotgan yosh avlodning qo‘lidadir. Yoshlarni ilm va fanni o‘zlashtirishi, ta’lim tizimida kasb-hunarni egallashi bir qatorda endi ularda o‘z shaxsiy hayotlarini rejalashtirish va oila qurishga intilish hissi tarkib topa boshlaydi. Bu davrga kelib yoshlarda oilaviy munosabatlarga turli xil qarashlar paydo bo‘la boshlaydi. Yoshlarni ma’nan va ruhan barkamol etib shakllantirish, ullarning ruhiyatiga to‘g‘ri ta’sir eta olish zaruriyati tug‘iladi. Yoshlarni oila qurishda qoqilmay, balki yetarlicha tasavvurga ega bo‘lib, oilaviy hayotga yetuk qilib shakllantirish, oiladagi deformatsiyalarni oldini olish –hozirgi zamon dolzarb muammolaridan biridir. Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, o‘spirinlar oilaviy hayotga biologik jihatdan yetuk bo‘lishi bilan birga, psixologik jihatdan yetukligi ham kelajakda baxtli oila qurish imkoniyatini kafolatlaytdi. Zero oila mustahkamligi jamiyat mustahkamligidir. Oilaviy munosabatlar haqida O‘zbekistonda ham qator ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan va olib borilmoqda. Olimlar asosan oilaning milliy xususiyatlari yo‘nalishida ish olib borganlar. Oilaviy hayotga yetuklikning ijtimoiy-psixologik omillari masalasi bugun ilmiy muammo sifatida diqqaimiz markazida turibdi. Ayniqsa, keyingi yillarda ajrimlar 227 sonining keskin oshishi oilaviy masalalarga e’tiborni yanada kuchaytirish lozimligini taqozo etmoqda. Hududlar bo‘yicha eng yuqori nikohdan ajrashganlar Toshkent shahri, Sirdaryo, Andijon va Navoiy viloyatlariga to‘g‘ri kelmoqda. Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, oilada farzandlar qancha ko‘p bo‘lsa, ajralish xavfi shunchalik kamayadi. Shu bilan birga joriy yilda oila qurganlar soni o‘tgan yilga nisbatan kamaygan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasida “Oila Jamiyatning asosiy bo‘g‘ini” deb keltirilganidek, kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari borayotgan bu davrda jamiyatning asosiy bo‘g‘ini muhim vazifa bo‘lib hisoblanadi .Oilaviy hayotga yetuklik har bir shaxsda har xil shakllanadi. Shaxsning ma’lumoti darajasi ko‘tarilishi, shuningdek oilaviy sharoitlar ijtimoiy – psixologik tasavvurlarni shakllantiruvchi omil hisoblanadi. Biz, asosan ushbu masalani o‘rganish jarayonida Sharq mutafakkirlarining ilmiy, falsafiy, psixologik qarashlarini asos qilib oldik. Bu haqda Sharq allomalari Abu Nasr Farobiy, Yusuf Hos Hojib, Ibn Sino, Amir Temur, Alisher Navoiy va boshqalar asarlariga murojaat qildik. Farobiyning inson kamoloti, baxti, axloqi, dinga munosabati haqidagi qarashlar, falsafiy tushunchalar, o‘gitlar axloqiy nazariyani boyitdi. Biz ham bu fikrlardan o‘zimizga yarasha xulosalar qilishimiz mumkin. Ya’ni haqiqiy baxt birovning birovga nisbatan g‘ayirligi, zulm yo‘qolgandagina bo‘lishi haqidagi fikrlari oila a’zolarining bir- biriga samimiy munosabatlari, mehru-oqibatlari yana shu oiladagi odamlarning baxtini tashkil qiladi, bundan tashqari, har bir ota-onaning o‘z farzandlari uchun birlamchi ustoz yo‘l ko‘rsatuvchi ekanligi va aynan ular boladagi holatni xulosani keltirib chiqaradi [3]. Oilavuy munosabatlarni turli tomonlarini yoritar ekan, Ibn Sino, avvalambor oila boshlig‘i oldiga qator talablarni qo‘yadi. Oila boshlig‘i deb yozadi u, ham nazariy ham amaliy jihaydan oilada tarbiya masalalarini mukammal o‘zlashtirmog‘i lozim. Agar oila boshlig‘i tarbiyasiz bo‘lsa, u o‘z a’zolarini tarbiyalay olmaydi, oxir oq

Доказательный фрагмент

«Yoshlarga oilaviy hayot haqidagi ilmiy bilimlarni berishning ahamiyati shundan iboratki, o‘spirin yoshlarni oilaviy hayotga yetuk qilib shakllantirishda ularda oilaviy munosabatlar to‘g‘risidagi ijtimoiy-psixologik ta…»

Образец извлечения

Демо-превью

Yoshlarga oilaviy hayot haqidagi ilmiy bilimlarni berishning ahamiyati shundan iboratki, o‘spirin yoshlarni oilaviy hayotga yetuk qilib shakllantirishda ularda oilaviy munosabatlar to‘g‘risidagi ijtimoiy-psixologik ta… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Shaxs, Personality, shaxs rivojlanishi, Личность, управление своим поведением, development of a person, shaxsning o‘zini anglashi va o‘zini bilishi o‘z xulq–atvorini boshqarish, shaxsning psixologik tuzilishi, психологическая структура человека, psychological structure of a person, self-awareness of a person and self-knowledge control of his behavior, развитие личности, самосознание человека и самопознание
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники