К содержанию
РецензированоUZ2026

Ta’lim-tarbiya jarayonida innovatsion menejmentni joriy etish

Qodirova N.A. · BuxIU magistranti

Цифровизация современного образования: проблема и решение · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada asosan ta’limda innovatsion menejmentni joriy etish, menejmetining bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi haqida ma’lumotlar yoritilgan. Kalit so‘zlar: menejment, ta’lim, innovatsiya, joriy etish, tizim, pedagogik jarayon, xodim, muassasa, boshqaruv Ta’lim muassasasining pedagogik faoliyatini boshqarish ta’lim muassasasining faoliyat xususiyatiga ko‘ra pedagogik jarayonini rejalashtirish, tashkil etish, rag‘batlantirish, natijalarni nazorat va tahlil qilish maqsadida amalga oshiriluvchi boshqaruv faoliyatidir. Ta’lim muassasalarini boshqarish nazariyasi ta’lim muassasalarining menejmenti nazariyasi bilan boyitildi. Menejment nazariyasi xodimlarga nisbatan ishonch, ularning unumli mehnat qilishlari uchun sharoit yaratish hamda o‘zaro hurmat bilan tavsiflanadi [4]. «Menejment» va «menejer» atamalari hozirgi talqinda korxona va muassasa egalari o‘z mulklari va xodimlarni o‘zlari boshqarganlaridan ko‘ra tanlangan yo‘nalish bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan mutaxassislarni jalb etish afzal ekanligini tushunib yetganlaridan so‘ng paydo bo‘ldi. Bugungi kunda menejer rivojlangan demokratik mamlakatlarda nufuzli kasblardan biri hisoblanadi. Menejment deganda, odatda rahbarlik lavozimiga rasman tayinlangan shaxslarning ishigina tushuniladi. Boshqarishga, shuningdek, murabbiylik ishi ham taalluqli hisoblanadi. Menejment (yoki boshqarish) mavjud minimal imkoniyatlardan maksimal natijalarga erishish maqsadida muayyan xodim yoki guruhga ta’sir etish, ular bilan hamkorlik qilish jarayonidir [5]. Bundan tashqari, olimlar ta’lim menejmetining bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligini ham ta’kidlab o‘tishadi. Ular orasida quyidagi xususiyatlar asosiy hisoblanadi: ta’lim menejmenti «maqsadga muvofiqlik» so‘zi bilan aniqlanadigan ma’naviy o‘lchovga ega; ta’lim menejmenti – bu fan va san’at (chunki bunda insonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar katta rol o‘ynaydi); menejment mazmunida o‘z aksini topadigan shaxs, davlat va jamiyat manfaatlarining o‘zaro dialektik birligi; ta’limni boshqarishda jamoatchilikning faol qatnashuvi [3]. Maktabni boshqarish ishiga maktab inspeksiyasi, ya’ni, vazirliklar va xalq ta’limi bo‘limlarining maktab inspektorlari xizmati yordam beradi. Ular maktab faoliyatini o‘rganadi, ta’lim-tarbiya jarayonining natijalarini tahlil qiladi, ilg‘or tajribalarini aniqlaydi va ularni ommalashtirish chora-tadbirlarini belgilaydi, kamchiliklarni anihlab, ularni bartaraf etish yo‘llarini izlaydi, maktab direktori va o‘qituvchilarga metodik va moddiy yordam ko‘rsatadi. Ta’lim tizimini jamoatchilik asosida boshqarish o‘qituvchilar, o‘quvchilar, ota- onalar va jamoatchilik vakillaridan iborat pedagogik Kengashning umumiy o‘rta ta’lim muassasasi faoliyatini samarali tashkil etishga yo‘naltirilgan faoliyatidir [2]. 219 O‘quvchilar bilim sifati va ta’lim natijalarining davlat ta’lim standartiga muvofiqligini nazorat qilishni ta’minlash uchun joriy, oraliq va yakuniy nazorat bilan birga bosqichli nazorat o‘tkazish ham nazarda tutiladi. Bosqichli nazorat o‘quv yili tamom bo‘lgandan keyin imtihonlar, test sinovlari, sinovlar shaklida amalga oshiriladi. Uning asosida reyting aniqlandi va o‘quvchini navbatdagi sinfga o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinadi. Maktabga bevosita rahbarlik boshqarishning yuqori organlar tomonidan tayinlanadigan direktor, davlatga qarashli bo‘lmagan ta’lim muassasalarida esa muasssis tomonidan amalga oshiriladi. Ta’lim muassasalarining faoliyati, shuningdek, me’yoriy hujjatlardan biri sanalgan Ustav yordamida ham amalga oshiriladi. Ta’lim muassasining Ustavi ta’lim muassasasi faoliyatiga rahbarlik va boshqarish tizimini aniqlovchi hujjatdir. Ta’lim muassasasining Ustavida ta’lim jarayonining quyidagi ikki muhim tarkibiy jihati ajratib ko‘rsatiladi: davlat ta’lim standartida belgilangan bilimlar zahirasini egallash yo‘lida amaliy harakatlarni tashkil etish tartibi; bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilishni tashkil etish (savodxonlik, mustaqil fikrlash hamda masalalarni yecha olishga o‘rgatish) [5]. Shuningdek, ta’lim muassasasining Ustavida muassasani boshqarishga qo‘yiluvchi talablar, o‘qituvchi, o‘quvchilar hamda ta’lim muassasasi rahbarlarining huquq va burchlari ham aniq bayon etib berilgan. Mazkur o‘quv yurtida o‘quvchilar ta’lim standartlari asosida ta’lim olish uchun intilishlari, ta’lim muassasasining pedagogik xodimlari esa yuqori darajada ta’lim berishlari, ta’lim oluvchilarning o‘quv dasturlarini davlat ta’lim standartlari darajasida o‘zlashtirishlarini ta’minlashlari zarur. Ta’lim muassasasi rahbari (direktori) esa o‘quv-tarbiya jarayonining muvaffaqiyatli kechishini ta’min etadi, o‘quv dasturlari talablarining bajarilishini nazorat qiladi, ta’lim-tarbiya ishlarining sifati va samaradorligi, bolalik va mehnatni muhofaza qilish talablariga to‘laqonli rioya etilishi, ma’naviyat ishlarining samarali tashkil qilinishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada asosan ta’limda innovatsion menejmentni joriy etish, menejmetining bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi haqida ma’lumotlar yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada asosan ta’limda innovatsion menejmentni joriy etish, menejmetining bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi haqida ma’lumotlar yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
employee, education, innovation, pedagogik jarayon, tizim, менеджмент, педагогический процесс, institution, образование, menejment, система, работник, внедрение, system, учреждение, xodim, muassasa, ta’lim, innovatsiya, boshqaruv, pedagogical process, joriy etish, implementation, инновация, management
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники