Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Uchinchi renesans davrida xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish masalalari
OSHIRISH MASALALARI · Mirzayeva F.O. · TDPU dotsenti · Abdulaxadova E.M. · TDPU talabasi
Цифровизация современного образования: проблема и решение · 2004
Аннотация
Ushbu maqolada jamiyatda xotin-qizlarning rolini oshirish, o‘zbek millatining o‘ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, oilaning, oilada esa ayolning o‘rni, gender tenglik va oila masalalari yoritilgan bo‘lib, ularning oilaga bo‘lgan munosabatlari, ijtimoiy hayotdagi roli ko‘rsatib berilgan. Kalit so‘zlar: jamiyat, oila, ayol, gender tenglik, ma’naviyat, millat, an’ana. Uchinchi Renesansga qadam qo‘yayotgan yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida fidokorona mehnatda aynan ayollarimizning alohida o‘rni borligi ko‘ngilda faxr tuyg‘usini yuksaltiradi. Zotan, ayoli e’zozlangan yurtda yashashning o‘zi saodat, shunday emasmi?! “Bir haqiqat ayonki, har qanday xalqning ma’naviy darajasini avvalo shu yurt ayollarining ma’naviy saviyasi belgilaydi. Bugungi kunda dunyoda “fidoyi” degan so‘zga eng munosib bo‘lgan Ona siymosi oldida ta’zim qilamiz. Hayotimiz quvonchi, xonadonlarimiz ko‘rki bo‘lmish aziz ayollarimiz sha’niga eng go‘zal tilaklarimizni izhor etamiz. Ayol siymosi Yaratganning tengsiz mo‘jizasi bo‘lib kelgan va hamisha shunday bo‘lib qoladi", – deydi hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev. Ma’lumki, ayolni e’zozlash, unga ehtirom ko‘rsatish o‘zbek xalqiga xos olijanob xususiyatlardan biri sifatida qarab kelingan. O‘zbek millatining o‘ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, oilaning, oilada esa ayolning o‘rni va ta’siri beqiyosdir. 216 O‘tgan yillarda mamlakatimizning qator xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘lgani inson huquqlari, jumladan, ayollarning huquqlarini himoya qilish sohasida muhim hisoblangan Ayollarga nisbatan barcha turdagi kamsitishlarni tugatish to‘g‘risidagi, Ayollarning siyosiy huquqlari to‘g‘risidagi, Ayol va erkaklarni bir xil qiymatga ega mehnat uchun bir xil rag‘batlantirish to‘g‘risidagi, Onalikni muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiyalar, Pekin platformasi va Harakatlar rejasi kabi xalqaro hujjatlarga qo‘shilishga asos bo‘ldi. Bundan tashqari, gender tenglikni ta’minlash va barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish O‘zbekistonning 2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalarida asosiy maqsadlarning biri sifatida belgilandi. Milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun hamma joyda barcha xotin- qizlarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish, ularga nisbatan zo‘ravonlikning barcha shakllarini, shu jumladan, odam savdosi, jinsiy ekspluatatsiya hamda ekspluatasiyaning boshqa shakllarini, erta nikohlar va zo‘rlab nikohlashni tugatish kabi qator chora-tadbirlar nazarda tutilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 1 martdagi «Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-81-son Farmoniga binoan xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasini, mahalliy xalq deputatlari Kengashlarida esa Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha olib borilayotgan tizimli ishlar bugungi kunda ayollarga bo‘lgan e’tiborning qay darajada ekanligini ko‘rsatadi [1]. Ayollarning huquqlarini himoya qilish sohasida qabul qilingan huquqiy hujjatlar ichida O‘zbekiston Respublikasining "Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida"gi qonuni alohida o‘rin egallaydi. Mazkur qonunda xotin-qizlarga nisbatan jamiyatda uchraydigan barcha turdagi tazyiq hamda jinsiy, jismoniy, ruhiy va iqtisodiy zo‘ravonlikdan himoya qilish mexanizmlari aniq belgilab quyilgan. O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasiga yordam ko‘rsatish, maslahat berish mexanizmi hamda chora-tadbirlari, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish to‘g‘risida axborot olishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining butun hududida tunu kun ishlaydigan, bepul telefon liniyasi tarmog‘i (ishonch telefoni) ishlab turishini ta’minlash tizimi ham joriy qilinganligi o‘z muddatida kiritilgan qoidalardan biri bo‘ldi. Mamlakatimizda xotin-qizlarning nafaqat kundalik turmushda, jamiyatimizda ham mavqei, nufuzi oshib bormoqda. Millatning o‘ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda shubhasiz, oilaning, oilada esa ayolning o‘rni va ta’siri beqiyos. Chunki insonning eng sof va pokiza tuyg‘ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oila bag‘rida va ona tarbiyasi bilan shakllanadi. Yurtimiz xotin-qizlarining jamiyatdagi o‘rni, ularning oilaga bo‘lgan munosabatlari, ijtimoiy hayotdagi roli g‘oyat muhim ahamiyatga egaligi bois ularning mavqei ham har jihatdan yuqori baholanmoqda. Jahon hamjamiyati, nufuzli xalqaro tashkilotlar e’tirofiga ko‘ra, O‘zbekiston ayollar uchun munosib muhit yaratgan mamlakatlar qatoriga kiritilmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, yurtimizda azal-azaldan muhtarama ayollarga yuksak ehtirom ko‘rsatib kelinadi. Mamlakatimiz ta’lim muassasalarida O‘rta Osiyo xalqlarining o‘tmishini o‘rganish va unda ayollarning tutgan o‘rni, maqomi va albatta ma’r
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada jamiyatda xotin-qizlarning rolini oshirish, o‘zbek millatining o‘ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, oilaning, oilada esa ayolning o‘rni, gender tenglik va oila masalalari yoritilga…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada jamiyatda xotin-qizlarning rolini oshirish, o‘zbek millatining o‘ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, oilaning, oilada esa ayolning o‘rni, gender tenglik va oila masalalari yoritilga… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- гендерное равенство, женщина, tradition, family, общество, jamiyat, gender tenglik, семья, spirituality, millat, oila, традиция, ayol, woman, an’ana, nation, gender equality, ma’naviyat, духовность, нация, society
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026