К содержанию
РецензированоUZ2017

Ta`lim-tarbiya jarayonida boshqaruv faoliyatining kognitiv tahlili

Karimova M.M. · TDPU o‘qituvchisi · Vaspidinova N.A. · TDPU talabasi

Цифровизация современного образования: проблема и решение · 2017

Аннотация

Ushbu maqolada rahbarlarining samarali boshqaruv faoliyati algoritmining kognitiv tahlili haqida ma’lumotlar yoritilgan Kalit so‘zlar: tizim, algoritm, rahbar, faoliyat, funksiya, talab, ta’lim muassasasi. Rahbarlarining asosiy funksiyasi ta’lim muassasasi oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishishda muassasaning xayotiy faoliyatini ta’minlash bo‘yicha boshqaruv yo‘nalishidagi masalalarning ijobiy yechimini topish, hal etish hisoblanadi. Alohida ta’kidlash zarurki, boshqaruv faoliyati yoki ixtiyoriy faoliyat inson-inson munosabati, shuningdek, insonning tashqi muhit bilan munosabatlari, tarbiyaviy munosabatlar shaklida, ya’ni shaxsning ehtiyojlari talablaridan kelib chiqib ko‘zlangan maqsadni amalga oshirishdagi o‘zaro aloqalar shaklida tahlil qilinadi va o‘rganiladi. Faoliyat maqsadi ob’ektiv bo‘lib, o‘z o‘rnida shaxs tomonidan belgilanadi va u faoliyatning asosiy komponenti hisoblanadi [5]. Shuningdek, faoliyat sub’ektni ma’lum bir harakatga keltiruvchi sabablarni aniqlaydi va unda aniq bir shaxsning faoliyati va maqsad ifodalanadi. Ma’lumki, malaka oshirish tizimida boshqaruv faoliyati sub’ektlar tomonidan lavozimi yo‘nalishidagi funksiyalarini bajarishlari jarayonida amalga oshiriladi. Boshqaruv faoliyati oldindan belgilangan xatti- harakatlar majmuasi, shuningdek, boshqaruv jarayoni bosqichlari sifatida ta’lim muassasasi rahbarining maqsadga yo‘naltirilgan funksiyalarining strukgurasi boshqaruv predmetlari orqali belgilanadi. Demak, malaka oshirish tizimida boshqaruv o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ular maqsadga erishishda harakatlar izchilligi bilan belgilanadi. Bu jihatlar o‘z-o‘zidan maqsadga ko‘ra aniqlanmaydi, balki maqsadga erishishdagi shart-sharoitlar orqali belgilanadi [3]. 214 Agar maqsad o‘zgarmasa, u belgilangan vaqtdagi sharoitlar hamda harakatlar tarkibi o‘zgarib boradi. Ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmunini takomillashtirish yo‘nalishidagi ixtiyoriy innovatsion faoliyat mavjud bo‘lgan boshqaruv funksiyalarining ma’lum bir izchillikda amalga oshirilishini talab etadi. Malaka oshirish tizimi muassasani boshqarish funksiyalarini amalga oshirishni rejalashtirishda, eng avvalo, boshqaruvning maqsadi, funksiyalarining mazmun-mohiyati va vazifalari inobatga olinadi [2]. Umumiy maqsadlarga erishishda mazkur funksiyalarni amalga oshirish tizimini tashkil etuvchi vazifalarning bajarilish ketma-ketligi belgilanadi hamda mazkur vazifalarni bajarishda qo‘llaniladigan boshqaruv metodlari tanlab olinib, boshqaruv faoliyati boshqaruvni tashkil etish tamoyillari va konuniyatlariga asosan amalga oshiriladi. Ob’ektiv boshqaruv faoliyati faqatgina maqsadga yo‘naltirilgan harakatlarning to‘liq to‘plami yoki harakatlar zanjiri shaklida mavjud bo‘ladi. Mavjud bo‘lgan mazkur zanjir boshqaruv algoritmini ifodalaydi. “Algoritm” so‘zi jahon ilm-ma’rifatining buyuk namoyandasi, bobomiz Muxammad ibn Muso al-Xorazmiyning nomi bilan bog‘liq bo‘lib, uning matematika fanini rivojlantirgan asarlaridan biri bo‘lgan “Aljabr val muqobala” asari tufayli “Al-Xorazmiy” nomi lotincha transkripsiyada “Algoritm” shaklini olgan.. Boshqaruv algoritmi - bu ta’lim muassasa rahbari boshqaruv faoliyatining ketma-ketligi (izchilligi) bo‘lib, u yettita bosqich: pedagogik jarayonning holati to‘g‘risida ishonchli axborotlar to‘plash, qayta ishlash va ob’ektiv baholash; boshqaruv faoliyati maqsadini belgilash; boshqaruv faoliyatini oldindan ko‘rish (anglash) va rejalashtirish; kadrlar tanlash va joy-joyiga qo‘yish; jamoa faoliyatini nazorat qilish va tashxis; jamoa a’zolarining faoliyatlarini muvofiqlashtirish; ta’lim muassasa faoliyatining rivojlanish moyilligi va dinamikasini aniqlashdan iborat, mazkur bosqichlar izchilligida, boshqaruv metodlari: ma’muriy, ijtimoiy-psixologik, iqtisodiy, shuningdek, axborotlar to‘plash metodlarini qo‘llash yordamida yuqorida keltirilgan funksiyalarning bajarilishi amalga oshiriladi [1]. Rahbari boshqaruv faoliyati davomida o‘z muassasasining faoliyati, ta’lim-tarbiya jarayonining holati, xodimlarning o‘z vazifasiga bo‘lgan munosabati, o‘zaro munosabatlar, umumiy maqsadga erishish uchun amalga oshirilayotgan ishlarning ko‘lami va samaradorligi, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari hamda tashkil etilayotgan darslarning sifati to‘g‘risida yetarli ma’lumotga ega bo‘lishi uchun zaruriy axborotlar to‘plashi lozim [8]. To‘plangan ishonchli axborotlar tahlil qilinishi va umumiy holatni o‘rganilishi boshqaruv faoliyatini o‘zgartirish, takomillashtirishga, ya’ni boshqaruv faoliyatining maqsadini belgilab olishga xizmat qiladi. Axborotlarga asoslangan holda, boshqaruv faoliyatining samaradorligini xam tahlil qilish imkoniyati tug‘iladi va shunga asosan uni takomillashtirish yo‘nalishlari va muassasa faoliyatini yaxshilash uchun amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar belgilanadi [7]. Belgilangan vazifalarni xodimlarning bilimi, ko‘nikma va malakalari, shuningdek, kasbiy tajribalariga ko‘ra taqsimlash amalga oshiriladi, ya’ni zarur hollarda muassasaning faoliyatini, ta’lim-tarbiya jarayonini rivojl

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada rahbarlarining samarali boshqaruv faoliyati algoritmining kognitiv tahlili haqida ma’lumotlar yoritilgan Kalit so‘zlar: tizim, algoritm, rahbar, faoliyat, funksiya, talab, ta’lim muassasasi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada rahbarlarining samarali boshqaruv faoliyati algoritmining kognitiv tahlili haqida ma’lumotlar yoritilgan Kalit so‘zlar: tizim, algoritm, rahbar, faoliyat, funksiya, talab, ta’lim muassasasi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
leader, лидер, образовательное учреждение, спрос, ta’lim muassasasi, function, funksiya, demand, tizim, система, activity, talab, деятельность, system, algoritm, educational institution, алгоритм, algorithm, rahbar, функция, faoliyat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники