Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOʻLAJAK OʻQITUVCHILARNI TARBIYAVIY FAOLIYATGA TAYYORLASH
BOʻLAJAK OʻQITUVCHILARNI TARBIYAVIY FAOLIYATGA TAYYORLASH · Voxidova N.X. · TDPU professori · Suvonqulova M. · TDPU talabasi
Цифровизация современного образования: проблема и решение · 3-6 · 1993
Аннотация
Maqolada jahonda kechayotgan globallashuv jarayonlari, ta’lim- tarbiya tizimini ilm fan taraqqiyotining eng so‘nggi yutuqlari negizida modernizatsiyalash uchun yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarning tarbiyaviy faoliyatni amalga oshirishlari zarurligi asoslanib, tarbiyaviy faoliyat tushunchasining mazmuni, uning tarkibiy qismlari bayon etilgan. Kalit so‘zlar: ilm, fan, tizim, kompetentsiya, kompetentlik tarkib, qism, ta’lim, standart, samara, maxsus uslubiy, natija, imkoniyat, tarbiyaviy faoliyat. Respublikamizda so‘nggi yillarda “Yoshlarni vatanparvarlik, fuqarolik tuyg‘usi, bag‘rikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta’sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga bo‘lgan qat’iy ishonch va qarashlarga ega shaxs sifatida tarbiyalash, ma’naviy tarbiyani baholashning ilmiy asoslangan indikatorlarini ishlab chiqish” ustuvor vazifalar etib belgilangan. Natijada, ta’lim-tarbiya jarayonlarini ilmiy asoslangan yondashuvlar asosida takomillashtirish, oila, ta’lim tashkilotlari va mahallalarda ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlash, innovatsion yondashuvlar asosida boʻlajak o‘qituvchilarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorlash, ijtimoiy oʻzgarishlarga moslashuvini rivojlantirish hamda mazkur jarayonning huquqiy- normativ, ilmiy-pedagogik, texnik, texnologik ta’minotini takomillashtirish imkoniyatlari kengaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 - yil 28 - yanvardagi “2022-2026 - yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” PF-60- son, 2019 - yil 8 - oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 - yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” PF-5847-son, Farmonlari, 2018 - yil 14 - avgustdagi “Yoshlarni maʼnaviy, axloqiy va jismonan barkamol qilib tarbiyalash, ularni o‘qitish va tarbiyalash tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-3907-son[8], 2020 - yil 6 - noyabrdagi “Taʼlim- 210 tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-4884-son, 2022 - yil 21 - iyundagi “Pedagogik taʼlim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida” PQ-289-son qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 - yil 8 - dekabrdagi “Xalq taʼlimi tizimida taʼlim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 997-son, 2019 - yil 31 - dekabrdagi “Uzluksiz maʼnaviy tarbiya Konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1059-son qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi. Boʻlajak oʻqituvchining kasbiy faoliyatga tayyorlash muammosini oʻrganish jarayonida “tayyorgarlik”, “kasbiy tayyorgarlik”, “pedagogik tayyorgarlik”, “kasbiy- pedagogik tayyorgarlik” “boʻlajak oʻqituvchining tayyorgarligi”, “boʻlajak oʻqituvchining pedagogik tayyorgarligi”, “boʻlajak oʻqituvchining kasbiy tayyorgarligi”, “tarbiyaviy faoliyat” tushunchalarining mazmun mohiyatini yoritishga eʼtibor qaratdik. “Oʻzbek tilining izohli lugʻati”da tayyorgarlik tushunchasining quyidagi ikki xil taʼrifi keltiriladi: funksional (subʼektiv) – shaxsning oʻzini faoliyatni amalga oshirishga qodir deb biladigan, uni bajarishga intiladigan holati hamda mazmuniy (obʼektiv) – subʼektda faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur boʻlgan xossalar, sifatlar, bilimlar va malakalarning shakllantirilganligi. Pedagogik faoliyat – pedagog tomonidan kasbiy maqsadga muvofiq tashkil etiladigan tizimli harakatlarning muayyan shakli. Pedagogik tayyorgarlik esa pedagogik faoliyat uchun tayyorgarlikni koʻzda tutadi. Shu oʻrinda kasbiy tayyorgarlik va pedagogik tayyorgarlik oʻrtasidagi shartli farq haqida toʻxtalib oʻtish lozim. Tahlillar asosida aytish mumkinki, kasbiy tayyorgarlik muayyan faoliyat sohasida belgilangan yoʻriqnomaga asosan vazifalarni bajarish imkonini beruvchi maxsus bilimlar, malakalar va koʻnikmalar tizimini shakllantirish jarayoni va natijasidir. Pedagogik tayyorgarlik esa, tarmoq fanlari yoki maʻlum yoʻnalishga koʻra boʻlajak oʻqituvchilarning kasbiy faoliyatni samarali amalga oshirishiga imkon beruvchi bilimlar, malakalar, koʻnikmalar va kompetentliligini shakllantirish va rivojlantirish jarayoni hamda natijasidir. Boʻlajak oʻqituvchining pedagogik tayyorgarligini shaxs umumiy rivojlanishining tarkibiy qismi sifatida koʻrib chiqish lozim. Chunki yuqorida taʻkidlab oʻtganimizdek, pedagogik tayyorgarlik oʻz oʻrnida pedagogik faoliyatni olib borish uchun shakllantirilgan va rivojlantirilgan kompetentlilikni koʻzda tutadi. Pedagogik faoliyatga tayyorlik tuzilmasining komponentlarini tavsiflagan Z.K.Ismailova[3] uni quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha taqsimlaydi: 1. Psixologik tayyorlik (motivatsion, irodaviy, his-tuygʻu
Доказательный фрагмент
«Maqolada jahonda kechayotgan globallashuv jarayonlari, ta’lim- tarbiya tizimini ilm fan taraqqiyotining eng so‘nggi yutuqlari negizida modernizatsiyalash uchun yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish jarayonida bo‘lajak…»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada jahonda kechayotgan globallashuv jarayonlari, ta’lim- tarbiya tizimini ilm fan taraqqiyotining eng so‘nggi yutuqlari negizida modernizatsiyalash uchun yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish jarayonida bo‘lajak… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- education, effect, competence, kompetentsiya, natija, part, science, образовательная деятельность, kompetentlik tarkib, samara, tizim, эффект, образование, компетенция, система, imkoniyat, часть, opportunity, maxsus uslubiy, system, содержание компетентности, fan, special methodological, возможность, ilm, educational activity, ta’lim, результат, специальная методическая, стандарт, tarbiyaviy faoliyat, qism, result, standard, competence content, standart, наука
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026