К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘zbek oilasidagi milliy tarbiya mazmuni

Qurbonova B.N. · TDPU o‘qituvchisi · Boboqulova M.K., talabasi

Цифровизация современного образования: проблема и решение · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada o‘zbek maqolasidagi milliy tarbiya mazmuni, o‘ziga xos qadriyatlari, shajara, umuminsoniy qadriyatlar to‘g‘risida fikr yuritilgan. Kalit so‘zlar: milliy tarbiya, ezgulik, saxovat, muruvvat, ota-ona tarbiyasi, mexr, oila, tarbiya mazmuni. Sharqda azaldan oila ijtimoiy mohiyati bilan o‘ziga xos qadriyat hisoblanadi. U avlodlar davomiyligining, shajaralar uzviyligining o‘ziga xos ko‘rinishidir. Ayni paytda erkak va ayolning birgalikdagi hayotiy taqdiri, saodatli turmushi, hayot farog‘ati va orzu- umidlarning mo‘tabar maskani hamdir. Ana shu maskan qanchalik mehrli, muhabbatli, ezguliklarga yondosh, yaxshiliklar, muruvvat va saxovatlarga asoslansa, u sog‘lom va mustahkam oila muhitini vujudga keltiradi. Bu muhit o‘zining ma’naviy-axloqiy yеtukligi bilan erkak va ayolning o‘zaro munosabatlaridagi holatdan kelib chiqib, oilani muqaddas maskanga – avlodlar va sulolalar qo‘rg‘oniga aylantiradi. Albatta, ikki yoshning qovushishidan iborat holat bu hali to‘laqonli oila emas. Muhabbatli hayotning, birgalikdagi turmushning dastlabki ko‘rinishi, xolos. Farzand tug‘ilgach tom ma’nodagi oila vujudga keladi. Farzand – oilaning mustahkam tayanchi. Uning butun og‘irligi-yu zavqli tomonlarini uyg‘unlashtirib turadigan, ota-onani kelajakka qat’iy ishonch bilan qarashga da’vat etadigan qudratli kuchdir. Bola kichkinaligida torgina makonning zavqi, ota-onaning kelajagi, saodatli hayotining mahsuligina, xolos. U yura boshlab, ostona hatlab ko‘chaga chiqqanidan keyin ijtmoiylasha boshlaydi. Bolalarga qo‘shilib, ulkan jamiyatning kichik a’zosi bo‘lib qoladi. Ana shunda oilaning tarbiyaviy roli, ma’naviy- axloqiy roli oshadi [2, 56]. Sharq turmush tarzi, asosan, axloqqa tayanganligi va yuksak ma’naviy ehtiyojlarni qadriyat darajasida ko‘targanligi bilan alohida ajralib turadi. Oila mas’uliyati, uning ijtimoiy mohiyati xuddi ana shu bilan belgilanadi. Oila katta bo‘ladimi, kichik bo‘ladimi, baribir, u sonidan qat’i nazar mustaqil ijtimoiy makon sifatida o‘z muhitiga, iqlimiga, ma’naviy, axloqiy ob-havosiga ega. Har bir oilaning o‘z aqidalari, turmush tarzi, hayotiy ehtiyojlari mavjud. Ana shu ehtiyojlar va aqidalar turmush tarzidagi an’analar, urf- odatlar va qadriyatlarni qay darajada qabul qilgani va uning asosida o‘z hayotini qurganligini ko‘rsatadi. Farzand – oila tayanchi. Demak, farzand sog‘lom, durkun, jismoniy biologik jihatdan benuqson tug‘ilishi zarur. Ota-ona bunga intilishi shart. Zotan, oilaning fayzi, tarovati, zavqli va mehr-muhabbatli jihatlari ayni ana shu bilan o‘lchanadi. Atoqli adib Chingiz Aytmatovning xulosalariga ko‘ra, ikki haftalik embrion tashqi muhitni his qilar ekan. Hali odam shakliga kirmagan hujayra oila muhiti, hayot murakkabliklari, ziddiyatga to‘la olam, ayniqsa, inson degan nodir, shu bilan birga, ayanchli jonzot taqdiri, hayoti haqida fikr yuritar ekan. Ayrim holatlarda o‘n besh kunlik murtak odam bo‘lib tug‘ilsammikan yoki tug‘ilmasammikan, degan fikrga borar ekan. Bu – dramatizm. Bu – inson degan mubham olamning fojiaviy qismati. Oila esa ana shu dardli qismatni ezgulikka yo‘naltiruvchi mo‘jizaviy makon. Darhaqiqat, inson hayoti hech qachon tugal bo‘lmagan, bo‘lmaydi ham. Shuning uchun donishmandlar bu dunyoni biri kam deb atashgan. Lekin ana shu biri kam, hech qachon tugal bo‘lmaydigan, muammolarga, kelishmovchiliklarga, iztiroblarga to‘la bu dunyoda hayotini mazmunli o‘tkazishga, o‘tayotgan kunidan rozi bo‘lib, hayot zavqi, shavqi va mehr-muhabbatli jihatlarini chuqur his qilgan oila baxtli oila hisoblanadi. Ana shu holatning butun 204 mohiyati, ko‘lami va mazmunini anglashning o‘zi kishini saodatga eltguvchi buyuk qudrat, ma’rifiy kuch, ma’naviy rag‘batdir [3, 112]. Azaldan Sharqda oila, ota-ona tushunchalari muhim qadriyatga aylangan. Ota – padari buzrukvor. Ona – volidayi muhtarama. Bunday sifatlar faqat ulargagina munosib. Ularning oiladagi, butun jamiyatdagi mavqeyini belgilaydi. Ota-onaning o‘zaro munosabatlari oila muhitini shakllantiradi. Darhaqiqat, har bir oila alohida ma’naviy, ruhiy makon. Bu makondagi ob-havo, kayfiyat ota-onaning munosabatidan kelib chiqadi. Farzand dunyoga kelib, ayni ana shu muhitda rivojlanadi, kamol topadi. Shakllangan tarbiya muhitidan oziqlanadi, havosidan nafas oladi. Insonning dunyoga kelib, odam bo‘lib shakllanishida ota-onaning roli oila muhiti bilan bog‘lanib ketgan murakkab psixologik va tarbiyaviy jarayon. Afsuski, biz ba’zan bunga e’tibor bermaymiz. Ota, asosan, moddiyat bilan shug‘ullanadi. Topganini uyiga tashiydi, bolalarining rizqi butun bo‘lsin, deb yuguradi, xolos. Ona esa bolasini yuvib-tarab oziqlantiradi. Afsuski, bu kamlik qiladi. Bunday holatda ota ham, ona ham faqat yuzaki, yashash uchun zarur bo‘lgan vazifani bajargan bo‘ladi. Mehr, qalb qo‘ri, yurak harorati, fikrlash imkoniyatlariga kamroq e’tibor beriladi. Aslida esa tarbiya ana shundan boshlanadi. Qalb uyg‘onmog‘i lozim, ruhiyat uyg‘oq bo‘lmog‘i shart. Rivoyatlarga ko‘ra, bir odam farzandi uch yoshlik bo‘lganda Aflotunning oldiga boradi: “Taqsir, farzandim uch yoshga t

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada o‘zbek maqolasidagi milliy tarbiya mazmuni, o‘ziga xos qadriyatlari, shajara, umuminsoniy qadriyatlar to‘g‘risida fikr yuritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada o‘zbek maqolasidagi milliy tarbiya mazmuni, o‘ziga xos qadriyatlari, shajara, umuminsoniy qadriyatlar to‘g‘risida fikr yuritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
content of education, family, kindness, tarbiya mazmuni, national education, parental education, национальное воспитание, семья, доброта, goodness, щедрость, oila, muruvvat, mexr, содержание воспитания, добро, ota-ona tarbiyasi, ezgulik, saxovat, milliy tarbiya, generosity, родительское воспитание
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники