К содержанию
РецензированоUZ2026

YO‘NALISHLARINI SHAKLLANTIRISH Abdukaxarova Dilrabo Abdulla qizi Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti magistri Mamatova Gulshan Amankulovna Ilmiy maslahatchi

YO‘NALISHLARINI SHAKLLANTIRISH · Abdukaxarova Dilrabo Abdulla qizi · Mamatova Gulshan Amankulovna

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

Qadriyat - voqelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy axloqiy, madaniy ma’naviy ahamiyatini ko‘rsatish uchun qo‘llanadigan tushuncha. Inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan barcha narsalar, masalan, erkinlik, tinchlik, adolat, ijtimoiy tenglik, ma’rifat, haqiqat, yaxshilik, go‘zallik, moddiy va ma’naviy boyliklar, an’ana, urf-odat va boshqalar qadriyatlar hisoblanadi. Ijtimoiy fanlarning qaysi sohasida qadriyatga doir tadqiqot olib borilgan bo‘lsa, bu tushunchaga shu jihatdan ta’rif berishga intilishgan. Holbuki qadriyat aksiologiyaga xos kategoriyadir. Qadriyatni aksiologiya nuqtayi nazaridan talqin qilish uni kategoriya sifatidagi mohiyati, mazmuni, obyektiv asosi, namoyon bo‘lish shakllari va xususiyatlarini o‘rganish imkonini beradi. Qadriyat kategoriyasi faqat buyum va narsalarning iqtisodiy qimmatini emas, jamiyat va inson uchun biror ahamiyatga ega bo‘lgan voqelikning shakllari, holatlari, narsalar, voqealar, hodisalar. talab va tartiblar va boshqalarning qadrini ifodalash uchun ishlatiladi. Ijtimoiy jarayonlar ta’sirida kishilarning qadriyatlar to‘g‘risidagi qarashlari o‘zgarib boradi. Tarixiy zaruriyatga qarab goh u, goh bu qadriyat ijtimoiy taraqqiyotning oldingi safiga chiqadi. Mas, yurtni yov bosganida - ozodlik, imperiya hukmronligi nihoyasida - istiqlol, urush davrida - tinchlik, tutqunlikda - erkinlik, kasal yoki bemorlikda - sihat-salomatlikning qadri oshib ketadi. Qadriyatlar ijtimoiytarixiy taraqqiyot mahsuli sifatida o‘z tarixiy ildizi, rivoji, vorislik jihatlariga ega. Qadriyatlar mehnat, ishlab chiqarish sohasidagi faoliyat, insonlar o‘rtasidagi munosabatlar uchun foyda keltiradigan narsalar, hodisalar, xatti- harakatlar majmuasi sifatida yuzaga kelib, ayrim kishilar, ijtimoiy guruhlar faoliyati, xatti-harakatini ma’lum yo‘nalishga buradigan, tegishli me’yorga soladigan ma’naviy hodisaga aylanadi. Qadriyatlar umumbashariy, milliy, shaxsiy bo‘lishi mumkin. Olam, tabiat va jamiyatning eng muhim tomonlarini, qonun-qoidalarini, aloqadorliklarini ifodalaydigan qadriyatlar umumbashariy xususiyatga ega. Bunday qadriyatlar o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydigan, abadiy qadriyatlardir. Muayyan bir elat, millat, xalqning hayoti, turmush tarzi, tili, madaniyati, ma’naviyati, urf-odat va an’analari, o‘tmishi va kelajagi bilan bog‘liq 22 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference qadriyatlar milliy qadriyatlardir. Inson, uning faoliyati, turmush tarzi, e’tiqodi, umr ma’nosi, odobi, go‘zalligi bilan bog‘liq qadriyatlar shaxsiy qadriyatlardir. Qadriyatlar komil insonni tarbiyalashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Qadriyat – inson va jamiyat maʼnaviyatining tarkibiy qismi, olamdagi voqealar, hodisalar, jarayonlar, holatlar, sifatlar, talab va tartiblarning qadrini ifodalash uchun ishlatiladigan tushuncha; “Qadriyatshunoslik (aksiologiya)”ning eng asosiy kategoriyasi. Bu kategoriya oʻzida qadr asosining nafaqat qimmatini, balki ijtimoiy ahamiyati, falsafiy-aksiologik mazmuni, jamiyat va inson uchun qadrini ham ifodalaydi. Aksiologlar undan har qanday narsa, shu jumladan, insonning ijtimoiy qadrini, ahamiyatini ifodalaydigan umumiy va universal kategoriya sifatida foydalanadilar. Qadriyat turli sohalarda xilma-xil maʼnoda qoʻllanadi. Qadriyat soʻzining turfa xil maʼnoda ishlatilishi unga berilgan taʼriflarning turlicha boʻlishiga olib kelgan. Ijtimoiy fanlarning qanday sohasida qadriyatga doir tadqiqot olib borilgan boʻlsa, bu tushunchaga shu jihatdan taʼrif berishga intilish odat tusiga aylangan. Holbuki, qadriyat kategoriyasi aksiologiya (qadriyatshunoslik)dan boshqa fanlarning birortasi uchun ham xususiy kategoriya emas. Kundalik muloqot, OAV xabarlarida qadriyat, milliy qadriyatlar, umuminsoniy qadriyatlar kabi soʻzlar koʻp qoʻllanadi. Madaniy boyliklar, yodgorliklar, maʼnaviy meros, anʼana, urf-odatlarga nisbatan ham qadriyatlar iborasini umumiy atama sifatida ishlatish hollari uchramoqda. Qadriyat iborasining kundalik hayotdagi maʼnosi kishilar oʻrtasidagi muloqotda, OAV xabarlarida oʻziga xos tarzda namoyon boʻlmoqda. Kishilar hayot va faoliyati jarayonida muqarrar surʼatda oʻzlari uchun qadriyat kasb etgan narsalarga duch keladilar, ularning ahamiyati, foydasi va qadrini anglashga, baholashga intiladilar. Bundan tashqari, odamlar oʻzlari ishonib, gohida intilib, qiziqib yoki orzu qilib yashaydigan maqsad, orzu yoki ideallarga nisbatan ham qadriyat tushunchasi qoʻllaniladi. Xullas, kundalik hayotda koʻpchilik tomonidan qoʻllanadigan qadriyat iborasi odamlar uchun biror zarur ahamiyat kasb etadigan obyekt, narsa, hodisa va boshqaga nisbatan ham ishlatiladi. Qadriyatni aksiologiya nuqtai nazaridan talqin qilish uning kategoriya sifatidagi mohiyati, mazmuni, obyektiv asosi, subyektiv jihatlari, namoyon boʻlish shakllari va xususiyatlarini oʻrganish imkonini beradi. Tabiat va madaniyat buyumlarining inson ehtiyojini qondirishi va uning maqsadlariga xizmat qilishi taʼkidlanganda, asosan, ularning foydasi, qimmati nazarda tutiladi. Haqiqatan ham, buyumlarn

Доказательный фрагмент

«Qadriyat - voqelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy axloqiy, madaniy ma’naviy ahamiyatini ko‘rsatish uchun qo‘llanadigan tushuncha.»

Образец извлечения

Демо-превью

Qadriyat - voqelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy axloqiy, madaniy ma’naviy ahamiyatini ko‘rsatish uchun qo‘llanadigan tushuncha. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ijtimoiy fanlarning, fanlarning sohasida, sohasida qadriyatga, qadriyatga doir, doir olib, olib borilgan, tushunchaga jihatdan
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники