К содержанию
РецензированоRU2025

SOVET DAVRI MATBUOTIDA DINIY TA’LIM-TARBIYA “ZARARLI UNSUR” SIFATIDA Ganiyeva Sharifaxon Erkinjonovna Toshkent xalqaro islomshunoslik akademiyasi huzuridagi “Ziyo” media markazi katta muharriri

“ZARARLI UNSUR” SIFATIDA · Ganiyeva Sharifaxon Erkinjonovna

Академические исследования в современной науке · 2025

Аннотация

В статье рассматривается освещение в СМИ религиозно- образовательной сферы в нашей стране за последнее столетие и их сравнительные аспекты. Annotation. This article examines the media coverage of the religious and educational sphere in our country over the past century and their comparative aspects. Kalit so‘zlar: diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik, matbuot, ta’lim, tarbiya, maktab. Ключевые слова: религиозная толерантность, межнациональное согласие, пресса, образование, воспитание, школа. Keywords: religious tolerance, interethnic harmony, media, education, upbringing, school. Buyuk ajdodlarimiz qoldirgan donishmandlik an’analari bugungi kunda yangi mazmun va ma’no kasb etmoqda. Ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston yangi davrga, taraqqiyotning mutlaqo yangi bosqichiga qadam qo‘ydi. Bu o‘zgarishlar nafaqat siyosiy yo‘nalishda, balki iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, diniy va ma’naviy sohalarda ham o‘z ifodasini topmoqda. Mamlkatimizda iqtisodiy va ijtimoiy sohalar qatori diniy-ma’rifiy sohada islohotlar jadal rivojlanmoqda. Ushbu sohani takokmillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “Fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlash hamda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-68-son Farmoni asosida diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi1. Mazkur Farmon asosida jamiyatda vijdon erkinligini kafolatlash, diniy bag‘rikenglik, fuqarolararo totuvlik hamda ijtimoiy-ma’naviy 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-68-son Farmoni (https://lex.uz/docs/7486257) 119 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference muhit barqarorligini ta’minlash maqsadida “Bag‘rikeng jamiyat — barqaror davlat” tamoyili ilgari surildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi asosida qabul qilingan “O‘zbekiston – 2030 strategiyasi”2 mamlakatimizda ulkan yangilanishlar poydevorini yaratdi. Bu jarayon xalq bilan hamjihatlikda, fuqarolar manfaatlarini hisobga olgan holda amalga oshirilayotgani tufayli, uning ijobiy samaralari hayotimizning barcha jabhalarida sezilmoqda. Ta’kidlash lozimki, mazkur amalga oshirilayotgan islohotlar xalqimiz va jahon hamjamiyatiga OAV va internet tarmoqlari orqali yetkazilayotganligi ma’lum. Ushbu sohadagi islohotlarni xalqimizning, jahon hamjamiyatiga yetkazilishida ommaviy axborot vositalarining o‘rni beqiyosdir. Ushbu islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini to‘g‘ri yetkazish, insonlarning diniy-ma’rifiy sohadagi bilimlarini shakllantirish ahamiyatli hisoblanidi. Diniy-ma’rifiy sohada mamlakatimizda diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik munosabatlarni saqlashga imkon beradigan o‘ziga xos model yaratilganligi hammamizga ma’lum. Ma’lumki, diniy-ma’rifiy sohadagi ma’lumotlar va bilimlar, adabiyotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘tgan asr davomida Sovet davrida zarali unsur sifatida tushuntirilgan va targ‘ibot qilingan. Sovet davrida diniy-ma’rifiy soha, ta’lim muassasalari xalqimiz ongiga turli darajada samaradorsiz va salbiy omil sifatida bayon etilgan. O‘zbekiston Respublikasining hududi tarixdan tom ma’noda islomiy ilmlar rivojlangan yurt, allomalar voyaga yetgan zamin hisoblanadi. Diniy ta’lim muassasalari haqida so‘z ketganda, aholining talab darajasiga ko‘ra, hamisha madrasa va diniy muassasalarga ehtiyoj bo‘lgan. Shu boisdan ham, yurtimiz hududida diniy ta’lim tizimining rivojlanishi va taraqqiyoti ko‘p asrlik tarixga ega. “Madrasa” so‘zi aslida arabcha so‘z bo‘lib, “dars o‘qitiladigan joy, darsxona” ma’nosini anglatadi. Islomda o‘rta va oliy maxsus diniy o‘quv yurti bo‘lib, ulamolar, maktab va madrasa mudarrislari, din arboblarini tayyorlagan. Bu ta’lim maskanlarida diniy bilimlar bilan bir qatorda, dunyoviy fanlarga ham alohida e’tibor qaratilgan. Musulmon mamlakatlaridagi madrasalar haqidagi ilk ma’lumotlar IX-X asrlarga oid bo‘lib, bu madrasalar Xuroson va Movarounnahrda joylashgan edi. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, Termizdan Abu Iso Termiziy va Muhammad Hakim Termiziy kabi buyuk allomalar yetishib chiqishida IX asr boshlarida Balxda 1 848 ta masjid, 900 ta maktab va 400 ta madrasa bo‘lgani muhim rol o‘ynagan. 2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-son Farmoni (https://lex.uz/ru/docs/6600413) 120 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference XI asrdan boshlab madrasalar yetakchi o‘quv yurtiga aylangan bo‘lib, bungacha ta’lim masjidlarda va xususiy uylarda, shuningdek, mehmonxona, kutubxona va kasalxonalarda olib borilgan. Madrasalar vaqf hisobiga ta’sis etilgan. U yerda mudarrislar va boshqa xizmatchilar maosh, talabalar stipendiya, o‘quv jihozlari (daftar, kitob, qalam va b.) hamda turar joy bilan ta’minlanganlar. XI-XII asrlarda O‘rta Osiyoning barcha yirik shaharlarida bir qancha madrasalar mavjud bo‘lgan. Madrasaga maktabni tugatgan o‘spirinlar

Доказательный фрагмент

«В статье рассматривается освещение в СМИ религиозно- образовательной сферы в нашей стране за последнее столетие и их сравнительные аспекты.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье рассматривается освещение в СМИ религиозно- образовательной сферы в нашей стране за последнее столетие и их сравнительные аспекты. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
religious tolerance, interethnic harmony, media, education, tarbiya, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik, matbuot, ta’lim, maktab.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники