К содержанию
РецензированоUZ1985

Yoshlarni kasbga yo‘naltirishda kasbiy maslahatning o‘rni

cognitions. San Diego · CA: Academic Press. · Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Цифровизация современного образования: проблема и решение · 3 · 1985

Аннотация

Maqolada o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha maslahatlar va o‘smirlarda kasb tanlashda yuzaga kelishi mumkun bo‘lgan vaziyatlar haqida so‘z yuritiladi. Kalit so‘zlar: kasbga yo‘naltirish, o‘smirlarda kasb tanlash, kasbiy maslahat, psixokorreksiya metodlari, empatiya, nizo, his-tuyg‘ular. Kasb to‘g‘ri tanlansagina u o‘z egasiga katta baxt, quvonch va ilhom manbasiga aylanadi. O‘z kasbidan mamnun insonlar hayotda juda katta yutuqlarga erishadi. Bu albatta inson uchun ham jamiyat uchun ham juda foydali. Farzandlarimizni yoshligidanoq kasb-hunarga o‘rgatish jamiyatning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Shuningdek ularni kasbga xos tushuncha, tasavvur va bilimlar bilan boyitib borishimiz o‘z samarasini beradi. O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish jarayanida eng avval ularning qobiliyati, iqtidori va mehnati jamiyat manfaatlariga mos tarzda e’tiborga olinishi lozim. Turli sohalarni egallashda qo‘yiladigan talablar va tavsiyalarni, shuningdek o‘zlari tanlagan yo‘nalish bo‘yicha mutaxassis kadrlarni tayyorlaydigan o‘quv muassasalar haqida ma’lumotlar bilan tanishtirib borish o‘z natijasini beradi. 186 Kasbiy shakllanish jarayonining dastlabki va eng muhim bosqichi bo‘lajak kasbni tanlash, aniq bir kasbiy qarorga kelishgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Yoshlarning kasb tanlashida ota-onalar, o‘qituvchi va murabbiylarning shuningdek kasbga yo‘naltiruvchi psixologlarning birgaliktagi faoliyati juda katta ahamiyat kasb etadi. O‘smirlarda kasb tanlashda ortiqcha hayollarga berilish, orzular va qiziqishlarning ko‘pligi sababli kasb tanlash jarayoni noreal hamda o‘zgaruvchanligi bilan xarakterlanadi. Ko‘pchilik o‘quvchilar o‘zlariga to‘g‘ri baho bera olmaganligi sababli, o‘z imkoniyat va qobiliyatlarini past yoki juda yuqori darajada baholaydilar. O‘z-o‘ziga bo‘lgan bahoning noadekvatligi kasb tanlashdagi xatoliklarga, ijtimoiy mehnatga bo‘lgan salbiy munosabat va ziddiyatlarni yuzaga kelishiga olib keladi. O‘smirlar kasb tanlash to‘g‘risida aniq tasavvurlarga ega bo‘lmaganliklari sababli ko‘proq xatoliklar qiladi. O‘zlari tanlagan yoki tanlamoqchi bo‘lgan kasb undan qanday shaxsiy fazilat va sifatlarni talab qilishini barcha o‘smirlar ham birdek anglab etmaydilar. Bu kabi xatoliklarni bartoraf qilishda o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish jarayanida eng avval ularning qobiliyati, iqtidori va mehnati jamiyat manfaatlariga mos tarzda etiborga olinishi lozim. Turli sohalarni egallashda qo‘yiladigan talablar va tavsiyalarni, shuningdek o‘zlari tanlagan yo‘nalish buyicha mutaxassis, kadrlarni tayyarlaidigan o‘quv muassasalar haqida ma`lumotlar bilan tanishtirib borish o‘z natijasini beradi. Psixolog N.S.Pryajnikovning ta’kidlashicha, kasbiy konsultatsiya faoliyatining strategiyasi har doim kasb haqida maslahat beruvchi tomonidan qabul qilingan nazariy- metodologik yo‘nalishga tayanadi. Barcha strategiyalar o‘zining kuchli va kuchsiz tomonlarga ega, ammo ular faqatgina mutaxassisning kasbiy dunyoqarashi bilan mos tushganda samarali bo‘ladi. Psixolog N.S.Pryajnikov tomonidan ajratilgan kasbiy maslahatning bir necha yo‘nalishlarini ko‘rib chiqamiz. Kasbiy maslahat - kasbga yo‘llashning mohiyatini inson ongiga chuqurroq singdirish uchun, shaxsning ishtiyoqi va qobiliyatlariga mos kasb - hunar (ixtisos) tanlashi uchun muhim ob’ektiv va sub’ektiv shart - sharoit yaratish jarayonidir. Kasb egallovchi (tanlovchi) ehtiyoji, o‘qituvchi (murabbiy)ning kasbiy mas’uliyatidan kelib chiqqan holda ilmiy - amaliy xususiyatli yo‘llanmalar berish jarayonidir [1; 173-b]. 1. Testologik yondashuv. Mazkur yondashuvdan kasbga yo‘naltirish o‘zining rivojlanish jarayonini boshlagan. U testlar yordamida o‘rganilgan shaxs sifatlarini kasb talablari bilan moslashtirishga asoslangan. 2. Ratsional nuqtai nazardan yondashuv. Kasbiy va hayotiy yo‘l aniq sxema yoki bexato modelga tayangan halda hisobga olinib faoliyatlarni tashkil etilishini ko‘zda tutadi. 3. Insonparvarlik nuqtai nazardan yondashuv. Bunda shaxsga kasbiy mehnatda to‘liq o‘zini-o‘zi qayta tiklanishiga yordam berishi bilan izohlanadi. 4. Tarbiyaviy yondashuv. Shaxsda fuqoralik pozitsiyasini shakllantiriish va amalga oshirishni talab qiladi. 5. Faollashtiruvchi yondashuv. Uning asosiy maqsadi o‘smirlarni mustaqil anglagan kasbiy va hayotiy o‘zini-o‘zi anglashga tayyorlashdir. 6. Qisman xizmatlar yondashuvi-bunday yondashuv asosida mijozga kichik maslahatlar bilan yordam berish nazarda tutiladi [2; 78-b]. Har bir yo‘nalish bolalar va kattalardagi kasbiy xususiyatlarni o‘rganib chiqishga va kasbiy muammolarni hal qilishga qaratilgan. Bunda biz aynan faollashtiruvchi yondashuv nuqtai nazaridan qaraganimizda o‘rta maktab o‘quvchilarining hammasi ham kasb tanlashga kelganda oqilona va to‘g‘ri yo‘lni topib keta olmasligi, tajribali kattalar tomonidan yordam kerakligini tushunamiz. Chunki ayrimlari jamiyatimizdagi eng nufuzli kasblarni o‘z layoqat va qiziqishlarini hisobga olmay tanlasalar, ba’zilari 187 tavakkalga qo‘l uradilar yoki o‘zlariga keragini to‘liq anglamasdan tashqi ta’sirlar ost

Доказательный фрагмент

«Maqolada o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha maslahatlar va o‘smirlarda kasb tanlashda yuzaga kelishi mumkun bo‘lgan vaziyatlar haqida so‘z yuritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha maslahatlar va o‘smirlarda kasb tanlashda yuzaga kelishi mumkun bo‘lgan vaziyatlar haqida so‘z yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
конфликт, empathy, kasbga yo‘naltirish, nizo, эмпатия, his-tuyg‘ular, psychocorrection methods, career counseling, профориентация, empatiya, career choice for teenagers, o‘smirlarda kasb tanlash, psixokorreksiya metodlari, career guidance, emotions, kasbiy maslahat, методы психокоррекции, conflict, эмоции, выбор профессии для подростков
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники