Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Axborot-psixologik xavfsizlikka noan’anaviy tahdidlar
Д Полванова (Узбекский государственный университет мировых языков)
Цифровизация современного образования: проблема и решение · 13 · 216–224 · 2006
Аннотация
Ushbu maqolada axborot-psixologik xavfsizlik tahdidlaridan bo‘lgan – bulling va kiberbulling hodisalari psixologik muammo sifatida yoritilgan. Kiberbullingni yuzaga keltiruvchi omillar, sabablar, kiberbullingni an'anaviy zo‘ravonlikdan farqlovchi holatlar, o‘zaro bog‘liqligi, hodisa ishtirokchilarining psixologik holati, oqibatlari yoritilgan. 153 Kalit so‘zlar: bulling va kiberbulling, deviant hulq, fleyming, trolling, bo‘hton, tuhmat, kiberstalking, seksting, griferstvo, sirlarni oshkor qilish, ketfishing, dissing, freyping Internet texnologiyalari jadal rivojlanib borayotgan XXI asrda insoniyat va jamiyat uchun ko‘p qulayliklar yaratildi. Ammo, shu qatorda insoniyatning ruhiy holatiga, sog‘ligiga xavf tug‘diruvchi axborotlarning ko‘payishiga ham olib keldi. Ayni paytda axborotlar oqimi keskin ortib bormoqda. Yosh avlod vakillari internetdan faol foydalanmoqda va bu sohada o‘ziga xos muammolar mavjud. O‘zbekiston yoshlarining axborot psixologik xavfsizligini ta’minlash maqsadida turli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining “Bolalarni ularning sog‘ligiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni ushbu sohadagi munosabatlarni tartibga soladi. Zamonaviy axborot psixologik xafvsizlikka tahdidlarini tadqiq etar ekanmiz, avvalambor, sohada tahlil etib kelinayotgan, bulling va kiberbulling tushunchalarini o‘rganamiz. Maktabda bolalar va o‘smirlar o‘rtasidagi zo‘ravonliklar, kamsitishlar, uyaltirish, ustidan kulish, haqorat qilish kabi holatlarga pedagoglar va psixologlar doimiy ravishda duch keladilar. Bu muammo jahon psixologiya fanida bulling atamasi bilan o‘rganiladi. Nafaqat bir hududda balki bir millat hududida va halqaro miqyosda ham ushbu muammo mavjud. [4] Shu qatorda ta'lim tizimida ushbu muammoni yangi deb bo‘lmaydi. Biz XXI asr-axborot texnologiyalari asrida yashar ekanmiz, bizning asrimizga tegishli psixologik jarohatlash usuli kiberbulling (ing. bull - buqa so‘ziga ma'nodosh tegajoqlik qilish, jahlini chiqarmoq ma'nosini bildiradi) muammosiga duch kelmoqdamiz. O‘smirlar o‘rtasida bulling va kiberbulling hodisalarining yuzaga kelishi va salbiy holatlari oqibatlari yildan-yilga tez sur'atlar bilan o‘sib borayotganligi va tadqiq etilayotgani kuzatilmoqda. Bulling muammolarni tadqiq etish 1970 yillarda norvegiyalik psixolog D.Olveusning chiqishlaridan keyin boshlangan. G‘arb ilm fanida va amaliyotida bulling vaziyatining sabablari, faktorlari, oqibatlari, shaxsga xos xususiyatlari, profilaktikasi, vaziyatga aralashish va bullingni oldini olishga qiziqish 1980 yillarga kelib o‘sib borgan. Rossiyalik mutaxassislar bu muammoga 2000 yillarga kelib e'tibor qaratishgan. Jumladan, V.G.Petrosyan, M.G. Nechaevoy, I.S. Berdisheva, V.I. Vishnevskoy, I.S. Kona, D.A. Kutuzovoy, O. Malantsevoy, A.A. Strel`bitskoy, YE.I. Faynshteyn kabi tadqiqotchilar bulling muammosini o‘rganish bilan bog‘liq ishlarini matbuotda e'lon qila boshlaganlar. [4] Kiberbulling tushunchasiga birinchilardan bo‘lib, Bill Belsi (Bill Belsey) tomonidan ta'rif berilgan. Kiberbulling - bu axborot va kommunikatsion texnologiyalar orqali, (masalan; internet tarmog‘ida, ijtimoiy saytlardagi xabarlar, lahzali xabarlar, elektron pochta xabarlari, mobil telefon, peydjerga jo‘natilgan SMS xabarlar) kabi elektron aloqadan foydalangan holda qasddan, takroriy ravishda, adovat saqlagan holda shaxsni haqorat qilish yoki tahdid qilishdir. [9] Ilmiy jihatdan Kiberbulling muammosi birinchilardan bo‘lib, AQShda 1997 yilda o‘rganila boshlangan. Bu paytda atigi 4 ta shtatda maktabdagi zo‘ravonliklarga qarshi rasmiy harakatlar boshlangan edi. AQShda Kolubayn maktabidagi ommaviy qotillikning ro‘y berishi, ya'ni yuqori sinf o‘quvchilari Xarris va Kliboldning 37 ta o‘quvchini yaralashi va 13 o‘quvchi vafot etgandan so‘ng Amerika psixologlari Assosiatsiyasida Kiberbulling muammosiga bag‘ishlangan jurnalning maxsus soni chop etiladi. Politsiya xodimlarining o‘rganish natijasida aniqlanadiki, o‘smirlar jumladan, Xarris maktabda 154 doimiy xo‘rlash va haqoratlarga uchragan, hattoki u o‘zining ijtimoiy saytida ko‘plab kamsitishlar va jismoniy zo‘ravonlik haqidagi tahdidlarni qabul qilgan. Aynan shu joydan uning jamiyatga qarshi nafrati paydo bo‘lgan va oshib borgan. Xarris o‘z kundaligida uni o‘rab turganlarga, jamiyatga qarshi urush e'lon qilganini yozgan. [1] 2015 yilda Bolalar telefon tarmog‘ining Xalqaro Assotsiatsiyasi(Child Helpline International)ga 16000 dan ortiq kiberbulling hodisasida bolalarning yordam so‘rab qilgan murojatlarini qayd etgan. Ushbu assotsatsiya 2013 yilda Yevroparlamentga kiberbulling murojatlarning 7% ni tashkil etganini o‘z dokladida ko‘rsatib o‘tgan. EU Kids Online II Internetni rivojlantirish fondi proektida ishtirok etgan Rossiyalik olimlar 10% bolalar o‘smirlik davrida kiberbullingdan jabrlanganligini qayd etganlar. Bu va boshqa tadqiqotlar kiberbullingning sezilarli darajada tarqalayotganini va unda o‘smirlarning ishtiroki oshib borayotganligini bildiradi. [14] Xorijlik psixolog olimlar bu
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada axborot-psixologik xavfsizlik tahdidlaridan bo‘lgan – bulling va kiberbulling hodisalari psixologik muammo sifatida yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada axborot-psixologik xavfsizlik tahdidlaridan bo‘lgan – bulling va kiberbulling hodisalari psixologik muammo sifatida yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- dissing, flaming, trolling, defamation, кибер-преследование, кетфишинг, deviant behavior, bulling va kiberbulling, флейминг, фрейпинг, ketfishing, seksting, catfishing, bo‘hton, гриферство, cyberstalking, клевета, sirlarni oshkor qilish, девиантное поведение, раскрытие секретов, deviant hulq, sexting, whistleblowing, kiberstalking, секстинг, frapping, freyping, grifter, издевательства и киберзапугивание, fleyming, троллинг, griferstvo, tuhmat, bullying and cyberbullying, диссинг
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
УчебникиМ.Исаова, Р.Хасанов +32014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024