К содержанию
РецензированоUZ2016

Neyrolingvistik dasturlash (NLP) - o‘quvchi onggini dasturlash orqali chet tilini o‘rgatish texnikasi

ORQALI CHET TILINI O‘RGATISH TEXNIKASI

Цифровизация современного образования: проблема и решение · 2016

Аннотация

Neyrolingvistik dasturlash texnikasi zamonaviy chet tilini o‘qitish metodikasi uchun nisbatan yangi termin bo‘lsa-da, uning elementlaridan ta’lim sohasida, xususan, chet tillarini o‘qitishda anchadan beri foydalanib kelinmoqda. O‘z darslarida musiqa, rolli o‘yinlar, jamoaviy til o‘qitish usuli, suggestopediani qo‘llovchi o‘qituvchilar, allaqachon NLPning ahamiyatini idrok etishadi. Chunki neyrolingvistik dasturlash neyronlar hamda psixologiya bilan bog‘liq bo‘lib, har bir o‘quvchining miya faoliyati, har biri alohida shaxs sifatida o‘rganish uslubiga ega ekanligi, va shunga ko‘ra dars o‘tilsa, har birida samarali muloqot uchun imkoniyat mavjud ekanligiga asoslanadi. Kalit so‘zlar: neyrolingvistik dasturlash, texnika, lingvistika, leksika, ong, sezgi, muloqot, yondashuv Neyrolingvistik dasturlash (Neurolinguistic Programming - NLP) tilni subyektiv o‘rganish, muloqot va shaxsiy o‘zgarishning tashqi muloqot modeli hisoblanadi. Ma’lumki, inson tabiati uning ehtiyojlari va tajribasidan kelib chiqib o‘zgarib turadi. Bu model uch asosiy aspekt – nevrologiya (neyronlar), lingvistika (til) va dasturlash (o‘zini tutish) asosida shakllangan. NLP o‘quvchilarga o‘rganayotganlarini yaxshi tushunishda, o‘ylash uslublarini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Har qanday faoliyatni bajarishda NLPning 3 ta fazasidan o‘tiladi: 1) ma’lumotni joylash; 2) ma’lumotni ishlatish jarayoni; 3) ma’lumotni yetkazish [6;142] Birinchi fazada bizning sezgi organlarimiz (ko‘z, quloq, burun, til, teri) orqali miyamizga yetib boradi. U ma’lum bir narsa haqida tasvir, hid, tovush, ta’m, hissiyot ko‘rinishida miyamizni barcha ma’lumot bilan ta’minlaydi. Shu o‘rinda NLPning neyrologik aspekti ishlaydi, chunki bizning neyronlarimiz ma’lumotni tashqi dunyodan 140 ichki dunyoga (miyaga) yetkazib beradi. Ikkinchi fazada NLPning lingvistik aspekti ishga tushadi, ya’ni miya qabul qilingan ma’lumotga o‘zining tabiatiga ko‘ra ramz bera boshlaydi. Shu fazada miya ma’lumot talablaridan kelib chiqqan holda aktiv ishlaydi. Uchinchi fazada miya qayta ishlangan ma’lumotni shunday joylashtiradiki, bu ma’lumotdan kutilgan vazifani bajaradi. Neyrolingvistik dasturlashga turli olimlar turlicha ta’rif berishgan. Jon Grinder “NLPning strategiyasi, quroli va texnikasi inson funksiyalari ichidagi boshqa topilmalardan farqli o‘laroq, aqliylik singari noyob va qadrli funksiyani o‘zida namoyish etish imkoniga ega”, - deydi. O‘Konnor va Jon Seymur NLPni inson dohiyligi haqidagi san’at va ilm sifatida ko‘rishadi. Xuddi shu tarzda, Trevor Grem Uilkins ham uni odamlarning muloqot qilish va bir-biriga ta’sir ko‘rsatish san’ati va ilmi deb ta’riflaydi. Robert Dilts “NLP miya (neyro) va til (lingvistika), hamda ularning bizning jismimiz va ongimizga o‘zaro ta’siri orasidagi fundamental dinamikani tasvirlaydi”, deb tushuntiradi. Tadqiqotlardan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, Neyrolingvistik dasturlash inson fe’l-atvorini uning miyasini dasturlash orqali o‘zgartirishga yordam beradi deb ishonishadi. NLPning asosida sunyektiv tajriba tuzilmasi orqali o‘rganish yotadi. U insonning fikrlash usulini o‘rganadi va uning rivojlanishi uchun talab doirasida o‘zgartirish kiritadi. Ingliz tili darslarida o‘qituvchi kutilgan natijaga erishish maqsadida o‘quvchining xulq-atvoriga ta’sir qilish uchun bir necha usullarni qo‘llashlari ma’lum. Buni NLPning maxsus texnikalari orqali ham amalga oshirish mumkin [6;143]. Bularga quyidagilarni misol qilish mumkin: 1. Langar: Neyrolingvistik dasturlashning bebaho texnikalaridan bo‘lib, hozirgi holatni oldingi vaziyat bilan bog‘laydi. U hozir sodir bo‘layotgan hodisaga turtki bo‘lib xizmat qiladi. Langar bir necha bor takrorlangan stimul orqali shakllantiriladi va rag‘batlantiriladi. Ingliz tili darslarida o‘qituvchi bundan o‘quvchining yanada yaxshiroq tushunishi uchun foydalanishi mumkin. Langar ma’lum bir ma’lumotni eslashda xotiraga ko‘maklashadi. U o‘quvchida o‘rganish uchun ijobiy hisni uyg‘otadi. O‘qituvchi o‘quvchi onggiga belgilar, harakatlar, imo-ishoralar orqali ijobiy tuyg‘uni singdirishi mumkin. 2. Kelgusi qadam: Bu hozirgi noto‘g‘ri vaziyatdan kelib chiqib, kelajakdagi to‘g‘ri vaziyatga o‘zgartira olishni vizualizatsiya (tasavvurda ko‘rish) qilish texnikasi hisoblanadi. U hodisaning hozirgi va kelajakdagi jarayonlari o‘rtasida bog‘liqlik hosil qiladi. U voqea-hodisa, jarayonning salbiy va ijobiy tomonlarini o‘rganib chiqadi va jarayon davomida salbiy jihatlarni ijobiyga o‘zgartiradi[3;272]. NLPning bu texnikasi o‘qituvchiga past o‘zlashtiruvchi sinflarda yuzaga keladigan passiv vaziyatni qo‘lga olishga yordam beradi va o‘quvchilarning bilim darajasini oshirishda bir-birini tushunib ishlash ko‘nikmasi bilan ta’minlaydi. Chunki bu texnika o‘quvchining zaif jihatlariga e’tiborni qaratadi va uni bartaraf etishga zamin yaratadi. 3. Swish (Tebranish/ Chayqalish): NLPda aktiv foydalananiladigan bu mashhur metod salbiy fikrni ijobiy fikrga bog‘lashga undaydi. O‘qituvchi o‘quvchilarga xavotirlanish har qanday vaziyatda salbiy fikr tasavvurotini

Доказательный фрагмент

«Neyrolingvistik dasturlash texnikasi zamonaviy chet tilini o‘qitish metodikasi uchun nisbatan yangi termin bo‘lsa-da, uning elementlaridan ta’lim sohasida, xususan, chet tillarini o‘qitishda anchadan beri foydalanib k…»

Образец извлечения

Демо-превью

Neyrolingvistik dasturlash texnikasi zamonaviy chet tilini o‘qitish metodikasi uchun nisbatan yangi termin bo‘lsa-da, uning elementlaridan ta’lim sohasida, xususan, chet tillarini o‘qitishda anchadan beri foydalanib k… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ong, approach, consciousness, leksika, интуиция, neuro-linguistic programming, нейролингвистическое программирование, общение, texnika, technique, техника, lexicon, intuition, communication, yondashuv, подход, лингвистика, сознание, sezgi, neyrolingvistik dasturlash, lingvistika, linguistics, muloqot, лексика
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники