Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
M.G.Davletshin asarlarida oʻqituvchi kadrlar tayyorlashni takomillashtirishning psixologik muammolari yoritilishi
З Нишанова (Ташкентский государственный педагогический университет)
Цифровизация современного образования: проблема и решение · 2010
Аннотация
M.G.Davletshin asarlarida oʻqituvchi kadrlar tayyorlashni takomillashtirishning psixologik muammolari yoritilgan. Kalit so‘zlar: kadrlar tayyorlash, oʻqituvchi, psixologik muammo. M.G.Davletshin respublikada oʻqituvchi kadrlar tayyorlash masalasiga oʻzining ulkan hissasini qoʻshgan olim. Ularning g‘oyalari asosida bir necha shogirdlari 122 tomonidan boʻlajak oʻqituvchilarning professiogrammasi, turli fan oʻqituvchilari uchun zarur shaxs va kasb xislatlari oʻrganilgan. Oliy maktabda boʻlajak oʻiqtuvchilarni tayyorlash ishlari turlicha davrlarni oʻz ichiga oladi: A) mutaxassilikni egallash; b) dars berish metodikasini oʻzlashtirish; v) psixologik va pedagogik tayyorgarlik; G) shaxsda kasbiy ahamiyatga ega boʻlgan xislatlarning tarkib topishi; d) pedagogik praktika jarayonida erishadigan amaliy koʻnikma va malakalarga ega boʻlish [3]. Shuningdek, M.G.Davletshin tomonidan pedagogika universtitetlar va instiutlarida yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanidan dasr berishni yanada takomillashtirish vazifalari ham koʻrsatib oʻtilgan. Ma’lumki, bu fan talabalarga bola ruhiyatining taraqqiyot jarayonlarini, turli yosh bosqichlarida bola ruhiyatining muhim xususiyatlarini, ta’lim va tarbiya jarayonida bu xususiyatlar va qonuniyatlarni hisobga olish yoʻllarini tushunib olishga imkoniyat yaratadi. Turli yoshdagi oʻquvchilarning ruhiy xususiyatlarini bilish boʻlajak oʻqituvchiga maktabda ta’lim va tarbiya jarayonini ancha samarali tashkil qilishga yordam beradi. M.G.Davletshin tomonidan talabalarning mustaqil ta’limiga ham katta e’tibor qaratailgan: “ Boʻlajak oʻqituvchining bilish faoliyatini aktivlashtirish maqsadida biz alohida e’tiborni talablarning oʻqish faoliyati bilan ularning mustaqil ilmiy tadqiot ishlarini uzviy birlashtirib, oʻquvchi shaxsining psixologiyasini oʻrganishga qaratmog‘imiz lozimdir. Boʻlajak oʻqituvchi nazariya bilan birga oʻquvchi shaxsining kamol topishi va shaxs sifatida shakllanishining qonuniyatlari haqidagi bilimlar bilan qurollantirib, oʻquv-tadqiqot va ilmiy-tadqiqot ishlariga, ularning mustaqil ishlariga (tavsiya etilgan adabiyotlardan qisqacha bayon, ma’ruzalar yozishga, tadqiqot ma’lumotlarining bayonini tuzishga), aniq metodlarni qoʻllash orqali oʻquvchilarni ruhiy tomondan oʻrganish uchun amaliy ishlarni olib borishga oʻrgatib bormog‘imiz lozimdir” [1; 8-b.]. Talabalarning psixologiya fanlari boʻyicha mustaqil ishlari tarkibiga qizqiqarli savol boʻyicha ma’lumotlar toʻplash, ma’lumotlarni qayta ishlab chiqish, undan foydalanish uchun yozib olish, olingan axborotlarni amalda qoʻllash kabi xilma-xil ishlar kirishi lozim [2]. M.G.Davletshin mustaqil ishlarni uch turga boʻlgan: “Mustaqil ishning birinchi turi yo axborotning kerarli manbai, yoki manbadagi aniq axborotning oʻzi boʻlishi mumkin. Bunga nashr etilgan ma’lumotlarni tanlash, toʻg‘ri moʻljalga kelish va undan oqilona foydlanish, shu bilan birga ma’lumotnomalar bilan ishlash ham kiradi. Mustaqil ishning ikkinchi turi axborotlarni qayta ishlash, undan zarur tomonlarini olib, adabiyot manbalaridagi axborotlarni ma’no jihatdan qayta ishlashdan iboratdir. Mustaqil ishning uchinchi turi – yozib olingan axborotlarni oʻz faoliyatida qoʻllashdan iborat boʻlib, bu talabalarning mustaiql ishlaridagi tugallanuvchi jarayondir” [1; 9-b.]. Psixologiya fanlari boʻyicha olib boriladigan mustaqil ishlar turiga quyidagilarni ham kiritish mumkin: a) yozib olingan ma’ruza ustida ishlash; b) muammo boʻyicha adabiyotlarni oʻrganish; c) amaliy mashgʻulotlarga tayyorlanish; d) nazariy ma’lumotlarni naqadar oʻzlashtirganligini oʻzi sinab koʻrishi; e) amaliy mashgʻulotlarni tashkil etish, psixologiyaning ayrim muammolari boʻyicha oʻtkazildaigan munozaralarga hozirlik koʻrishda ishga bog‘liq oʻyinlarni tayyorlash; f) ma’ruza va referatlar yozish, al’bom koʻrgazmali qurollar va boshqalarni tayyorlash; 123 g) psixologiya kursining asosiy qismlari boʻyicha oʻqituvchi tomonidan berilgan yakka-yakka vazifalarni bajarish; h) talabalarning imkonitlarini hisobga olgan holda ularga yakka-yakka topshiriqlar berish. Maktablardagi ta’limning sifati, yosh avlodga sifatli talim va tarbiya berish, ularning har tomonlama yetuk barkamol avlod boʻlib yetishishi koʻp jihatdan shu yillarda maktabga qanday oʻqituvchilar kelishiga bog‘liqligi ustoz M.G.Davletshin asarlarida ilgari surilgan bosh g‘oya edi. Bu g‘oya hozirgacga oʻzining ahamiyatini yoʻqotgani yoʻq. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Davletshin M.G., Umarov U.M. “Oʻrta va oliy maktabni qayta qurish davrida oʻqituvchi kadrlar tayyorlashni takomillashtirishning psixologik muammolari // Oʻrta va oliy maktabni qayta qurish sharoitida pedagogika instiutlarida oʻqituvchi kadrlar tayyorlashni takomillashtirishning psixologik muammolari. -Toshkent: Universitet. 1991. B.4-11. 2. Nishanova Z.T. Ustozni eslab. // “SHaxsda ilmiy dunyoqarash rivojlanishining psixologik imkoniyatlari va tarbiyaviy jihatlari” mavzusida M.G.Davletshinning 96 yillik tavallud ayyomiga bagʻishlangan ilmiy-amaliy konferensiya materialllar
Доказательный фрагмент
«M.G.Davletshin asarlarida oʻqituvchi kadrlar tayyorlashni takomillashtirishning psixologik muammolari yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюM.G.Davletshin asarlarida oʻqituvchi kadrlar tayyorlashni takomillashtirishning psixologik muammolari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- teacher, педагог, психологическая проблема, oʻqituvchi, подготовка кадров, kadrlar tayyorlash, psychological problem, personnel training, psixologik muammo
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025