Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Malaka oshirish kurslarida tinglovchilarni malakasini oshirish jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llashning samaradoligi
JARAYONIDA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINI QO‘LLASHNING
Цифровизация современного образования: проблема и решение · 2017
Аннотация
Malaka oshirish kurslarida tinglovchilarni malakasini oshirish jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash, bunda axborot- kommunikatsiya xizmatlaridan keng foydalanish, mazkur jarayonga innovatsion shakl, vosita va usullarni joriy etish, buning uchun maxsus tayyorgarligi mavjud bo‘lgan yuqori malakali kadrlar konsaltingini rivojlantirish yo‘llari yoritilgan. Kalit so‘zlar: axborot, malaka, texnologiya, innovatsiya, qayta tayyorlash, rivojlantirish, metod, vosita. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimini joriy etish to‘g‘risida» 2019 yil 27 avgustdagi PF-5789-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining kasbiy bilimi, ko‘nikmalari va mahoratini uzluksiz yangilab borish mexanizmlarini joriy etish, zamonaviy talablarga muvofiq oliy ta’lim sifatini ta’minlash uchun zarur darajada kasbiy tayyorgarlikni oshirish, qayta tayyorlash va malaka oshirishning bevosita hamda kasbiy faoliyatga aloqador bilvosita shakllarini variativ va bir birini to‘ldirish tamoyillari asosida amaliyotga joriy etishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 sentyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish jarayonlarini tashkil etish tartibi to‘g‘risida” 797-son qarori qabul qilindi. Qarorda ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik uslub va texnologiyalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, elektron ta’lim resurslari va multimedia taqdimotlaridan foydalanish borasida chet el tajribasini chuqur va har tomonlama o‘rganib chiqish, chet el tajribasini inobatga olgan holda ta’lim jarayonini yangi mazmunda tashkil qilish uchun yangi o‘quv rejalari va dasturlarini qaytadan ishlab chiqish, ularda an’anaviy maktab ta’limi uslublaridan voz kechib, amaliy mashg‘ulotlar va ishlab chiqarish amaliyoti bo‘yicha soatlar ko‘paytirilishini ta’minlash belgilab qo‘yildi. Mazkur yo‘nalishda qabul qilingan hujjatlarni amalga oshirish bo‘yicha ta’lim tizimida rejalashtirilgan ishlar va tadbirlar majmui innovatsion g‘oyalarning nechog‘li mamlakatimiz hayotiga keng kirib borayotganligidan dalolat beradi. Tinglovchilarni malakasini oshirish jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash, bunda axborot-kommunikatsiya xizmatlaridan keng foydalanish, mazkur jarayonga innovatsion shakl, vosita va usullarni joriy etish, buning uchun maxsus tayyorgarligi mavjud bo‘lgan yuqori malakali kadrlar konsaltingini rivojlantirish muhimdir. Umuman olganda, tinglovchilarning malakasini oshirish 87 muammosi aksariyat mamlakatlar uchun dolzarb hisoblanadi. Ushbu muammoda o‘qituvchining kasbiy talab va ehtiyojlari bir tomondan, jamiyat rivojlanishining talablari ikkinchi tomondan gavdalanadi. Tinglovchilarning malakasini oshirish jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha kompetentliligini oshirish, sub’ektda shakllanishi joiz bo‘lgan kuzatish, taqqoslash, tahlil, analiz, sintez, tajribada sinab ko‘rish, umumlashtirish, xulosalash ko‘nikmalariga ega bo‘lish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Malaka oshirish kurslarida tinglovchilarni kasbiy rivojlanishini tavsiflovchi mezonlar tinglovchilarning dars mashg‘ulotlarini axborot-kommunikatsiya, multimediali vositalar asosida tashkil qilishi, axborot-kommunikatsiya bo‘yicha kompetentliligining muntazam rivojlantirishida o‘z aksini topadi. Bundan tashqari, malaka oshirish tizimida faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilarining kasbiy faoliyat mezonlari ishlab chiqildi. Kasbiy faoliyat mezonlari quyidagilardan iborat: а) malaka oshirish kurslarida faoliyat olib borayotgan o‘qituvchilarning malaka oshirish kursidan keyingi davrda amalga oshiradigan ishlari istiqbol rejasining bajarilish sifati; б) malaka oshirish kursidan so‘ng pedagog malaka toifasining o‘sishi; в) o‘quv jarayoniga axborot-kommunikatsion va innovatsion texnologiyalarni joriy etishi; г) mahorat darslari va seminar-treninglarni o‘tkazishi; д) pedagogning turli ta’lim loyihalari va tanlovlardagi ishtiroki. Malaka oshirishdan keyingi faoliyat samaradorligi monitoringi mazkur faoliyatni takomillashtirish yuzasidan ta’lim muassasasi rahbariyatining navbatdagi malaka oshirish kursida alohida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan yo‘nalishlar yuzasidan takliflar bilan to‘ldirilishi maqsadga muvofiq deb topildi. Ma’lumki, oliy ta’lim tizimida malaka oshirish o‘quv fanlari turkumiga kirgan o‘quv kurslarining maqsadlari – talabalarni ma’naviy madaniyatli, vatanparvarlik his- tuyg‘ulari shakllangan fuqarolar qilib tarbiyalashdan iborat. Chunki, ushbu o‘quv kurslar mazmunida talabalarni harbiy tariximiz haqidagi nazariy bilimlar bilan qurollantirish va shu jarayonda har tomonlama shakllangan shaxsni hamda komil insonni voyaga еtkazish vazifasi amalga oshiriladi. Talabalarning irodasi, ongi, shuuriga ta’sir etib, ularni ma’naviy shakllantirish uchun muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Xuddi shuningdek, ushbu o‘quv kurslarida bilim berish, tasvir – ax
Доказательный фрагмент
«Malaka oshirish kurslarida tinglovchilarni malakasini oshirish jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash, bunda axborot- kommunikatsiya xizmatlaridan keng foydalanish, mazkur jarayonga innovatsion s…»
Образец извлечения
Демо-превьюMalaka oshirish kurslarida tinglovchilarni malakasini oshirish jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash, bunda axborot- kommunikatsiya xizmatlaridan keng foydalanish, mazkur jarayonga innovatsion s… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- навыки, qayta tayyorlash, innovation, information, инновации, tool, method, инструмент, retraining, vosita, переподготовка, rivojlantirish, technology, информация, development, malaka, технологии, innovatsiya, axborot, texnologiya, разработка, metod, skills, метод
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024