Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘quvchilarda ijtimoiy kompetensiyalarni rivojlantirishning mazmuni
. Муслимов Н.А. · Муталипова М.Ж. · Абдуллаева Қ.М. Бўлажак
Цифровизация современного образования: проблема и решение · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarini ijtimoiy kompetensiyalar, respublikamizda umumiy o‘rta ta’lim maktablari tayanch kompetensiyalari, o‘quvchilarda ijtimoiy kompetensiyalarni rivojlantirishda vitagen ta’lim texnologiyalardan foydalanish, vitagen ta’lim texnologiyalarning mazmuni, ta’lim- 83 tarbiya jarayonini samaradorligini ta’minlashdagi ahamiyatining pedagogik-psixologik shart-sharoitlari yoritib berilgan. Kalit so‘zlar: vitagen ta’lim texnologiya, malaka talab, ijtimoiy kompetensiya, tayanch kompetensiyalar, o‘quvchilar, ijtimoiy kompetentlik, o‘quv faoliyatini rag‘batlantirish, muvaffaqiyat holatini yaratish, o‘z-o‘zini anglash, o‘z-o‘zini baholash, hayotiy tajriba. Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasidagi tub islohotlar yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etish izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda, ayniqsa, o‘quvchi-yoshlarni turli axborot xurujlaridan himoya qilish, ularda axborotga to‘g‘ri, tanqidiy munosabat madaniyatini shakllantirish bugungi kunning eng dolzarb masalasiga aylangan. Bu borada belgilangan barcha vazifalarni qisqa vaqt ichida amalga oshirish mushkul, albatta. Barcha o‘quvchi-yoshlar va professor-o‘qituvchilarda axborot bilan ishlash, unin tahlil qilish ko‘nikmalari yetarli darajada rivojlangan, deya olmaymiz. Shu va qator boshqa omillarni inobatga olgan holda, oliy ta’limni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida ham o‘quvchi-yoshlarni turli axborot xurujlari, yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishi, ular tomonidan ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etilishi holatlarining oldini olish, ta’lim-tarbiyaning ta’sirchan usullari, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishda ularning qiziqishini e’tiborga olish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash vazifasi qo‘yilgan [1]. Albatta, bu borada e’tiborga molik chora-tadbirlar belgilanib, amalga oshirilmoqda, izlanishlar davom etmoqda. Shunga qaramasdan, nima uchun o‘quvchi- yoshlarimizning dunyoqarashi va xulq-atvori, ta’lim olishga bo‘lgan munosabati o‘zgarmayapti? – desak, insoniyatni asrlar davomida bosh qotirishga majbur qilib kelayotgan muammoli savolni o‘rtaga tashlagan bo‘lamiz. Shaxs tarbiyasi o‘ziga xos murakkab jarayon. U amalga oshishi uchun bir nechta muhim omillarni talab qiladi. Tarbiya tizimiga to‘g‘ri va ijodiy yondashuv, tarbiyaning doimiyligi, tarbiya uchun jamiyat a’zolarining birdek mas’ulligi, tarbiyaning shaxsiy ibratga asoslanishi lozim. ”Tarbiyachi – ustoz bo‘lishi uchun boshqalarning aql idrokini o‘stirishi, ma’rifat ziyosidan bahramand qilishi, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib yetishtirishi uchun eng avvalo, tarbiyachining ana shunday yuksak talablarga javob berishi va ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo‘shlishi kerak” [4]. Davlat va jamiyat hayotini modernizatsiyalash jarayonlarining harakatga keltiruvchi kuchi, O‘zbekistonning bugungi va istiqboldagi izchil taraqqiyotining bosh omili bo‘lgan insonning ma’naviyatini va kasbiy salohiyatini yuksaltirishda o‘qituvchilarning tajribasi va mahoratini yanada takomillashtirish muhim ahamiyatga ega. O‘qituvchi bugungi kunda ta’lim va tarbiya berayotgan shogirdlarining kamoloti bilan mamlakatimiz kelajagiga ulkan poydevor qo‘yadi. Bugungi kun o‘qituvchisi o‘z ustida tinimsiz mehnat qiladigan, har tomonlama keng fikrlaydigan, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini samarali qo‘llay oladigan ijodkor shaxsga, yoshlarning yuragiga chuqur kirib boradigan yuksak fazilatlar egasiga aylanishini hayotning o‘zi taqozo etmoqda. Shu nuqtai nazardan, hozirgi kunda o‘qituvchining pedagogik mahoratini yanada oshirish muammosi davr talabidir. Respublikamizda va xorijda ta’lim texnologiyalari bilan bir qatorda tarbiya texnologiyalarini ishlab chiqishga ham alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Respublikamiz olimlaridan M.Quronov (“Bir tahdidga besh zarba”) [2], 84 R.J.Ishmuxammedov (“Amaliyotda jamoaviy ijodiy ishlar”) [3], Sh.T.Ergasheva (axloqiy tarbiya texnologiyasi), Z.Salieva (ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish texnologiyasi) [4] singari olimlar tomonidan ayrim tarbiya texnologiyalari ishlab chiqilgan. Biroq respublikamizda yaxlit moslashuvchan tarbiya texnologiyasi yaratilmagan edi. Mazkur muammoga javob sifatida pedagogika fanlari doktori N.M.Egamberdieva tomonidan “Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishning tarbiya texnologiyasi”ni ishlab chiqib amalga oshirildi [5]. Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishning tarbiya texnologiyasining tasnifiy xususiyatlaridan uning qo‘llanilishi darajasi va tavsifiga ko‘ra umumpedagogik darajadan mikrotexnologiya ko‘rinishida namoyon bo‘la olishi ma’lum bo‘ladi. Texnologiyaning ana shu xususiyatini asos qilib olgan holda, undagi to‘rt bosqich (motivatsion, mazmunli
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarini ijtimoiy kompetensiyalar, respublikamizda umumiy o‘rta ta’lim maktablari tayanch kompetensiyalari, o‘quvchilarda ijtimoiy kompetensiyalarni rivojlantirishda…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarini ijtimoiy kompetensiyalar, respublikamizda umumiy o‘rta ta’lim maktablari tayanch kompetensiyalari, o‘quvchilarda ijtimoiy kompetensiyalarni rivojlantirishda… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- skill requirement, creation of a state of success, ijtimoiy kompetentlik, vitagen ta’lim texnologiya, o‘z-o‘zini baholash, hayotiy tajriba, самооценка, life experience, o‘quvchilar, обучающиеся, квалификационная потребность, базовые компетенции, ijtimoiy kompetensiya, students, самосознание, vitagen education technology, malaka talab, basic competences, motivation of educational activities, self-evaluation, muvaffaqiyat holatini yaratish, технология образования vitagen, o‘z-o‘zini anglash, создание состояния успешности, social competence, жизненный опыт, self-awareness, tayanch kompetensiyalar, o‘quv faoliyatini rag‘batlantirish, мотивация учебной деятельности, социальная компетентность
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025